Pishloq

Pishloq — sutni ivitib, ishlov berish yoʻli bilan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti.

Sigir, qoʻy, echki, buyvol yoki ot sutidan yoki ularning aralashmasidan ishlab chiqariladi. Tarkibida 15—27% yengil hazm boʻladigan oqsil, shu jumladan, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, 20—32% yogʻ, shuningdek, kalsiy, fosfor tuzlari va vitaminlar (1,5—3,4%) bor. 100 g oliy nav P. kaloriyasi 350—400 kkal ga teng . P. parhez va shifobaxsh xususiyatga ega, yengil va deyarli toʻla hazm boʻladi. Sutni ivitish usuliga qarab, shirdon P.i va qatiq pishlogʻi tayyorlanadi. Shirdon P.i ning qat-tiq, shoʻr va yumshoq xillari bor. Qat-tiq P. (Shveysariya, Rossiya, Gollandiya, Kostroma, Yaroslavl P.lari va boshqalar) konsistensiyasi muloyim, yumshogʻiniki (Medinsk, Rokfor, Dorogo-buj P.lari va boshqalar) moysimon. Shoʻr P. (brinza, Tushin P.i va boshqalar) namakobda yetilishi bilan boshqa P.lardan farq qiladi. Qatiq P.ga qizdirilgan P. va boshqa kiradi. P.ning 700 ga yaqin xili maʼlum boʻlib, kimyoviy tarkibi, ma-zasi turlicha. Oʻzbekistonning sut sanoati korxonalarida yumshoq pishloq va brinza ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Dunyoda yuzdan ortiq pishloq turlari bor. Ular bir-birlaridan qaysi hayvondan sut olingani, qancha saqlangani, qancha miqdorda yogʻi borligi va hokazo sifatlari bilan farqlanadi. Rangi sargʻish-yashildan qizilgacha boʻlishi mumkin. Baʼzi pishloqlarda kavaklar hosil boʻladi. Pishloq oʻz tarkibida yogʻ, oqsil va kalsiy, fosfor minerallarini uzoq vaqt saqlay olgani uchun ushbu moddalarga muhtoj odamlar uchun foydalidir.

Pishloq
Emmentaler pishlog‘i.

Mashhur turlari

“Taste atlas” — retseptlar, oziq-ovqat tanqidchilari sharhlari va tadqiqot maqolalari e'lon qilinadigan, an’anaviy taomlar bo‘yicha nufuzli xalqaro ma'lumotnomasi doimiy yangilanib turuvchi dunyodagi eng mashhur 100 ta pishloqning 2023-yil uchun reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra birinchi o'ntalikka quyidagi turlar kiritildi:

  1. Motsarella (Mozzarella) — yangi tayyorlangan, oq, yengil, Italyancha pishloq.
  2. Chedder (Cheddar) — yarimqattiq, sarg'imtir, ommabop Inglizcha pishloq.
  3. Feta (Feta) — nordonroq ta'mli, echki sutidan tayyorlanadigan, an'anaviy Yunoncha pishloq.
  4. Rikotta (Ricotta) — mayin, tvorogsimon, zardobdan tayyorlanadigan, Italyancha pishloq.
  5. Parmezan (Parmigiano Reggiano) — qattiq, o'tkir ta'mli, Italyancha pishloq.
  6. Gauda (Gouda) — qattiq, sigir sutidan tayyorlanadigan, Gollandcha pishloq.
  7. Bri yoki Bri de Mo (Brie de Meaux) — yumshoq, oq mayin mog'orli, Fransuzcha pishloq.
  8. Panir (Paneer) — namakobda yangi tayyorlangan, yumshoq, Hidncha pishloq.
  9. Gorgonzola (Gorgonzola) — ko'k rang mog'orli, mashhur Italyancha pishloq.
  10. Kamamber yoki Normandcha Kamamber (Camembert de Normandie) — yumshoq yog'li, sho'rroq ta'mli, mog'orli, Fransuzcha pishloq.

Manbalar

Tags:

BuyvolEchkiFosforKalsiyOqsilQoramolQoʻyYilqiYogʻ

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Jinsiy aʼzolarSakrashQoraqalpoqlarOyat al-KursiDarsAnton ChexovFutzalGap boʻlaklariGerontopsixologiyaChigʻatoy ulusiTilBotir QodirovSamarqandIkki nuqtaBuxgalteriya balansiJadidchilikDinning funksiyalariAbbosbek FayzullayevIshlab chiqarishni tashkil etishYunon faylasuflariEgaInflatsiyaIqbol MirzoJarohatXitoyYotoq yaraTadbirkorlikOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiBuyuk Ipak yoʻliIdrokJinsiy aloqaBuxoro xonligiMusa JalilLoyihalashIslom Karimov24-aprelEmotsiyaGrafika (tilshunoslik)Soʻz birikmasiAbdulhamid ChoʻlponSilInson tanasiStressOʻzbekiston tarixiBuxoro viloyatiTenglamaQayta tiklanadigan energiyaPsixologiyaGloballashuvBoʻlinish alomatlariKlinik qon tahliliAdabiy tilXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiKorrupsiyaReabilitatsiyaRossiyaOscarAndijon viloyatiSayyoraZokirovlar oilasiManipulyatsiyaAhmad YassaviyFermentlarKanadaOshqozon-ichak kasalligiMehnat muhofazasiTurkiston general-gubernatorligiElektron hukumatIqtisodiy oʻsishTelevideniyeInsultTuproqMadaniyatForobiyPunktuatsiyaShaharDorivor oʻsimliklarSanitariyaYalligʻlanish🡆 More