Stress

Stress (inglizcha: stress — „bosim“, „kuchlanish“, „tanglik“) — odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik holati.

Stress — bu gomeostazni buzish bilan tahdid qiluvchi turli ekstremal omillar taʼsirida yuzaga keladigan tananing oʻziga xos boʻlmagan reaktsiyasi va asab va endokrin tizimlar faoliyatida stereotipik oʻzgarishlar bilan tavsiflanadi. Organizmda har xil taʼsirotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. „stress“ terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim stress holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular taʼsirida organizmda roʻy beradigan oʻzgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qoʻrquv, qattiq tovush, oʻta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar taʼsirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, taʼsir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bogʻliq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, his-tuygʻu koʻpincha stressor vazifasini oʻtaydi va u fizik stressor taʼsiriga zamin tugʻdiradi. Odamda bir xil kuchdagi stress ham xavfli, ham ijobiy boʻlishi mumkin. Shuning uchun maʼlum bir darajadagi Stresslarsiz faol hayot kechirib boʻlmaydi, chunki stresslar boʻlmasligi bu oʻlim bilan barobar degan edi, Hans Selye. Demak, stresslar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham boʻlishi mumkin (eustress), bu holat organizm imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy taʼsirotlarga chidamliligini oshiradi (masalan, infeksiyalar, qon yoʻqotish va boshqalar), maʼlum bir somatik kasalliklar (masalan, yara kasalligi, allergiya, yurak kasalliklari va boshqalar) kechishini yengillashtiradi yoki bemorning ulardan form boʻlishiga yordam beradi. Zararli stresslar (distress) organizm rezistentligini pasaytiradi, koʻpgina kasalliklarning kechishini ogʻirlashtiradi. Stress taʼsirida kasalliklar paydo boʻlishida organizmning dastlabki holati katta ahamiyatga ega. Masalan, gipertoniya kasalligi bilan ogʻrigan bemorda stress ogʻirroq, yaʼni gipertonik krizlar bilan kechadi.

Hans Selye, stress natijasida rivojlanadigan kasalliklar yo stressorning kuchli taʼsir etishi, yoki gormonal tizimning „notoʻgʻri“ reaksiya berishiga bogʻliq deb hisoblagan. Chunki ayrim hollarda distress uncha kuchli boʻlmagan stressor taʼsirida yuzaga keladi. Stressning organizmga ijobiy yoki salbiy taʼsir etishi organizmning ushbu stressorga nisbatan reaksiyasiga bogʻliq. Stress xrlatini faol oʻzgartirishga qaratilgan choralar organizm chidamliligini oshiradi va natijada kasallik rivojlanmaydi yoki, aksincha, faol kurashish boʻlmasa, moslashish sindromi susayib, ogʻir holatlarda organizmni nobud boʻlishigacha olib kelishi ham mumkin. Organizmdagi hamma oʻzgarishlarni nazorat qilishda miyadagi katexolaminlar miqdori katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, nerv sistemasi organizmning stressga reaksiya berish holatini belgilaydi (qarang Neyrogumoral regulyasiya).

Hozirgi „stress“ termini juda keng maʼnoda tushuniladi, masalan, nerv sistemasi boʻlmagan quyi hayvonlar, hatto oʻsimliklarda ham suv miqdori yoki harorat keskin oʻzgarsa, ularda kechayotgan fiziologik jarayonlar buziladi.Stress (ing. Stress — taranglik)

Manbalar


Tags:

Ingliz tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

LugʻatYan Amos KomenskiyMustaqil davlatlar hamdoʻstligiMahdiyDoʻstlikQon aylanishiYengil atletikaOʻzbek urugʻlariOt (hayvon)MisrSeks-ramzBibixonimBurchModdalar almashinuviIchki sekretsiyaQoʻqon xonligiFonetikaAshtarxoniylarTasavvufMetodTilshunoslikBirinchi yordamShaxmatOʻtkan kunlarOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiKislota va asoslarNATORossiyaKartoshkaKurashMakroiqtisodiyotAfrikaMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliJanubiy Afrika RespublikasiBlackpinkAyollar xatnasiYulduz UsmonovaTemuriylar shajarasiMuhammad ShayboniyYaxshilik va yomonlikSunʼiy yoʻldoshOʻzbek tilining izohli lugʻati (2022)KosmonavtikaSudKalila va DimnaBirlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolariDramaUxlatuvchi dorilarUrgʻuOʻzbeklarTaroziBosimIkki eshik orasiQushlarBiznes rejaMulk surasiXorazm Maʼmun akademiyasiSaid AhmadPublitsistikaLeksikologiyaOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiKvadrat metrManipulyatsiyaDunyoning yetti moʻjizasiSezgiSaljuqiylar imperiyasiTahajjud namoziToshkent hayvonot bogʻiMoliyaViyadukTemuriylar imperiyasiTabiatni muhofaza qilishInternetAQSh dollariNerv sistemasiFalastin DavlatiUmurtqa pogʻonasiGey🡆 More