Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 245 187
AQSh iqtisodiyoti – oʻta yuqori darajada rivojlangan aralash iqtisodiyot. Amerika Qoʻshma Shtatlari dunyodagi eng katta nominal YIMga hamda juda katta iqtisodiy boyliklarga egalik qilib, hozirda dunyo mamlakatlarining xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha hisoblangan yalpi ichki mahsuloti boʻyicha Xitoydan keyingi ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Mamlakat yaqin vaqtlarga qadar aholi jon boshiga hisoblangan YIM (nominal) boʻyicha dunyoda sakkizinchi oʻrinni egallab turgan, ammo 2022-yil holatiga koʻra, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YIM boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinni qayd etdi. AQShning 2022-yildagi nominal YIM hajmi jahon iqtisodiyotining 25,4 foizini, XQP boʻyicha YIM hajmi esa taxminan 15,6 foizini tashkil etdi. Qoʻshma Shtatlar dunyodagi eng taraqqiy etgan texnologik va innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlardan biri sanaladi. AQSh firmalari texnologik yutuqlarda, ayniqsa, sunʼiy intellekt, kompyuter, farmatsevtika, tibbiyot, aerokosmika va harbiy texnika sohalarida yetakchi oʻrinlarni band etib turibdi. AQSh dollari xalqaro savdoda eng keng qoʻllaniladigan yetakchi valyuta boʻlib, u mamlakat iqtisodiyoti, barqaror hukumati, armiyasi hamda neft-dollar tizimiga mos standart valyuta sifatida qoʻllanilishi sabab dunyo boʻylab keng tarqalgan. (Davomi...)
Makroiqtisodiyot — (grekcha: μακρός — „uzun“, „katta“, οἶκος — „uy“ va νόμος — „qonun“) iqtisodiy hodisalar va ularning harakatini bir tizim deb oʻrganuvchi iqtisodiyot nazariyasining boʻlimi. Mamlakatning iqtisodiy holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigʻindisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroiqtisodiyot oʻrganadigan obyektlar hisoblanadi. Oʻz ichiga hududiy, milliy va xalqaro iqtisodiyotlarni qamrab oladi.
Makroiqtisodiyot mikroiqtisodiyot bilan birgalikda iqtisodiyot fanidagi 2 eng muhim boʻlimlarni tashkil etadi. Mikroiqtisodiy darajada hal etib boʻlmaydigan muammolar makroiqtisodiyotda koʻrib chiqiladi. Makroiqtisodiy taʼlimotlar rivojlanishida 10 dan ortiq maktab tashkil topgan. Ular paydo boʻlgan davlati va asoschilarining gʻoyalariga koʻra farq qiladi. Makroiqtisodiyot termini birinchi marta Ragnar Frisch tomonidan 1934-yil, 14-avgustda qoʻllanilgan. „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida keltirilgan gʻoyalari uchun zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes hisoblanadi. (Davomi...)
Odina masjidi – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida saqlanib qolgan eng qadimiy meʼmoriy yodgorlik. Masjid 1380-yillarda bunyod etilgan. Odina masjidi Registon majmuasiga kirgan meʼmoriy inshootlardan biri hisoblangan. Masjid Qarshi qal’asining markazida joylashgan. Amir Temur 1385–1386-yillardagi yurishi paytida Samarqanddan kelishda Qarshining markazida usbu masjidni bunyod ettirgan. Hozirda masjid Qarshi shahrining „Eski shahar“ qismidagi Odina bogʻida joylashgan. Meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabrdagi farmoyishiga muvofiq, 2021-yil Odina masjidida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilgan. Masjid tarixiy manbalarda „Nasaf Katta jomeʼ masjidi“ (Masjidi Kalon) nomi bilan ham tilga olingan. Xalq orasida Odina masjidi deb ataladi. (Davomi...)
Soʻnggi tanlangan roʻyxat
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxati
Bitta oldingi tanlangan roʻyxat
This article uses material from the Wiki O‘zbek article Bosh Sahifa, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply. (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
#Wikipedia® is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.