Klinik Qon Tahlili

Klinik qon tahlili- qon tarkibidagi gemoglobin, eritrozit, leykozit, trombozitlar, rang koʻrsatkichni baholab beruvchi vrachlik analizi hisoblanadi.

Analiz yordamida leykozitar formula va eritrozitlar choʻkish tezligini baholash, anemiya va yalligʻlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Analiz uchun barmoq yoki venadan qon olinadi. Qon tarkibida asosan qizil qon tanachalari-eritrozitlar, oq qon tanachalari-leykozitlar, qon plastinkalari-trombozitlar mavjud boʻlib, ular qonning 50 % ni tashkil qiladi. Qonning qolgan suyuq qismi plasma, elektrolitlar va qonning ivish faktorlari, plasmoproteinlardan iborat. Qon tanachalari va qonning suyuq qismining nisbati gemotokrit koʻrsatkich hisoblanadi. Leykozitlar oq qon tanachalari boʻlib, asosan immun sistemaning bir qismidir, (normada 3,5-9,8)ular organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi. Organizmdagi oʻlgan hujayralarni chiqarib tashlaydi. Leykozitlar miqdori yalligʻlanishda, allergiyada, leykemiyada koʻpayib ketadi-leykozitoz kuzatiladi, aksincha virusli infektiyalarda qizamik, grippda, zaharlanganda leykozitlar miqdori kamayib ketadi-leykopeniya paydo boʻladi.

Qizil qon tanachalari eritrozitlar boʻlib, normada 4,5-5,6 boʻladi, eritrozitlar vazifasi organ va tukimalarga kislorod etkasib berishdir. Eritrozitlar miqdori kislorod etishmovchiligida, stresslarda, organizmda suyuqlik miqdori kamayganda ortib ketadi. Qon yoʻqotishda, anemiyada, yani temir moddasi etishmaydigan anemiyalarda esa eritrozitlar miqdori kamayib ketadi. Gemoglobin qonga rang beruvchi modda boʻlib oʻzida kislorodni biriktirib olish hususiyatiga ega. Normada 13,5-17,5. Leykozitar formula bu leykozitlar turinig bir-biriga nisbatan prozent nisbatidir. Rang koʻrsatkichi esa eritrozitlarning gemoglabinga toʻyinish darajasidir, normada 0,90-1,10. agar 0,80 dan kam boʻlsa gipohrom anemiya, 1,10 dan yuqori boʻlsa giperxrom anemiya hisoblanadi. Temir etishmovchiligi bilan bogʻlik anemiyada gipoxrom anemiya, vitamin B12 etishmovchiligida esa giperxrom anemiya boʻladi. COE-eritrozitlar choʻkish tezligi organizmning patologik holatining indikatoridir. Normada 8-12 mm/s.COE ning tezlashishi yuqumli yalligʻlanish kasalliklarda, kollagenozlarda, buyrak kasalliklarida, endokrin kasalliklarda, anemiya, oʻsma kasalliklarida uchraydi.COE ning sekinlashishi esa giperbilirubinemiya, oʻt kislotalari miqdori ortganda, qon aylanishining oʻtkir etishmovchiligida, eritremiya, gipofibrinogenemiyada kuzatiladi. —— Qiska bioximik analizlar: Glyukoza-3,30-6,1mm/l, qand miqdorining ortishi qand kasalligini olib keladi. Mochevina-2,5-8,3mm/l, ortib ketishi buyrak faoliyati buzilishidan darak beradi. Umumiy bilirubin-8,5-20,0 mkm/L, gemoglabinning parchalanishidan hosil boʻladi. Bilirubin miqdori 27mkm/l dan ortib ketsa tanada sargʻayish sodir boʻladi. Umumiy oqsil miqdori-65-85 gr/l.Jigar hastaliklarida umumiy oqsil miqdori ortib ketadi. Gemoglobinning kamayishi (kamqonlik) — sabablari

   Anemiya    Leykemiya    Tug’ma qon kasalliklari (o’roqsimon hujayrali anemiya, talassemiya)    Temir etishmasligi    Vitaminlarning etishmasligi    Qon yo’qotish 

Manbalar

https://mymedic.uz/tashxis/tahlillar/umumiy-qon-tahlili/

Tags:

AllergiyaAnemiyaBakteriyaGemoglobinQonVirus

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OIVTemuriylarKoʻchirma gapYorugʻlikBudjetKoʻzMazhabTemuriylar imperiyasiBoburnomaIrsiy kasalliklarXorazm viloyatiZaxmPul islohotlariAvestoIchan qalʼaMoliyaLeksikologiyaUygʻonish davriVatanHindistonYalligʻlanishXufton namoziOʻzbekiston Mustaqilligi kuniTeatrAdobe Spark VideoTabiatni muhofaza qilishKislorodAxborot xavfsizligiOila tarbiyasiIntellektNuqtali vergulKurashAK-74Gepatit AProtsessorAbulfayzxonHarbiy unvonlarGidrosferaRadioaktiv parchalanishForobiyArastuAsr namoziMicrosoft AccessInnovatsion faoliyatAbdulla QahhorBosh miyaAbdulhamid ChoʻlponAnvar ObidjonSpektrMenejmentQuyosh tizimiKoʻp nuqtaOdamToʻldiruvchiFoydali qazilmalarMexanizmShishaNastarinMaktabgacha taʼlimAlbert EinsteinIqbol MirzoAbu Ali ibn SinoAbulfayzxon (drama)Ufq (trilogiya)SuvHomiladorlikdan saqlanishNafas olish tizimiAniqmas integralOʻzbekistondagi muzeylarKoreya RespublikasiHamid OlimjonOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiShaxmatQidiruv tizimiSaudiya ArabistoniJamgʻarmalarKasbOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiAnilingus🡆 More