Emotsiya (frans.
lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subyektiv reaksiyalari. E. qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. E. ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. E xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida E. salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida E.ga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy E. paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. E. oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. E. bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegaraskni kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun E.lar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar oʻzining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bogʻliq boʻladi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Emotsiya, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.