Joe Biden: AQShning 46- hamda amaldagi prezidenti

Joseph Robinette „Joe“ Biden, Jr.

Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Biden bungacha 1973-yildan 2009-yilga qadar Delaver shtatidan senator hamda 2009-yildan 2017-yilga qadar 47-vitse-prezident vazifalarini bajargan.

Joe Biden
Joe Biden: Dastlabki hayoti, Saylov tarixi, Galereya
Rasmiy portret (2021)
46-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2021-yil
Vitse-prezident Kamala Harris
Oʻtmishdoshi Donald Trump
47-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil
Prezident Barack Obama
Oʻtmishdoshi Dick Cheney
Vorisi Mike Pence
AQSh senatori (Delawaredan)
Mansab davri
3-yanvar 1973-yil – 15-yanvar 2009-yil
Oʻtmishdoshi J. Caleb Boggs
Vorisi Ted Kaufman
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Joseph Robinette Biden Jr.

20-noyabr 1942-yil (1942-11-20) (81 yosh)
Scranton, Pennsylvania, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Demokratlar (1969—hozirgacha)
Turmush oʻrtogʻi
  • Neilia Hunter
    (turm. 1966; vaf. 1972)
  • Jill Jacobs (turm. 1977)
Bolalari
  • Beau
  • Hunter
  • Naomi
  • Ashley
Ota-onasi
  • Joseph Robinette Biden Sr.
  • Catherine Eugenia Finnegan
Alma mater
  • Delaware universiteti (bakalavr)
  • Syracuse universiteti
Kasbi
  • Siyosatchi
  • huquqshunos
  • muallif
Imzosi Joe Biden: Dastlabki hayoti, Saylov tarixi, Galereya
Vebsayti

Biden Pennsylvania shtatining Scranton shahrida tugʻilib oʻsgan. 1953-yili Biden oʻn yoshligida oilasi bilan Delaver shtatidagi New Castle Countyga koʻchib oʻtadi. U 1968-yilda Syracuse universitetini tamomlab, huquq boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Delaware universitetiga oʻqishga kirdi. 1970-yilda u New Castle County Kengashiga senator etib saylandi va buning ortidan AQSh tarixida oltinchi eng yosh senator boʻldi. Keyinchalik, 1972-yilga kelib, Biden Delawaredan AQSh senatori etib saylandi, bu paytda u 29 yoshda boʻlgan.

2008-yilgi prezidentlik saylovlarida Biden Barack Obamaning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, John McCain va uning yordamchisi Sarah Palin ustidan gʻalaba qozonishdi. Obama va Biden 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida Mitt Romney va uning yordamchisi Paul Ryan ustidan gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylanishdi.

Biden 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod boʻlib, AQSh prezident Donald Trump bilan raqobatlashdi va gʻalaba qozondi.

Dastlabki hayoti

Joseph Robinette Biden Jr. 20-noyabr 1942-yili Pennsylvania shtatining Scranton shahridagi St. Mary shifoxonasida dunyoga keldi. Onasi — Catherine Eugenia „Jean“ Biden (qizlik familiyasi Finnegan), otasi — Joseph Robinette Biden Sr. Katolik oilada toʻngʻich farzand boʻlgan Bidenning bir singli — Valerie hamda ikki ukasi — Francis va James mavjuddir. Jean irland kelib chiqishga, Joseph Sr. Esa ingliz, fransuz va irland kelib chiqishga ega boʻlgan.

Saylov tarixi

Saylov natijalari
Yil Lavozim Partiya Biden uchun ovozlar % Raqib Partiya Ovozlar %
1970 New Castle County Council, 4-okrug Demokratlar 10,573 55 % Lawrence T. Messick Respublikachilar 8,192 43 %
1972 AQSh senatori Demokratlar 116,006 50 % J. Caleb Boggs Respublikachilar 112,844 49 %
1978 Demokratlar 93,930 58 % James H. Baxter Jr. Respublikachilar 66,479 41 %
1984 Demokratlar 147,831 60 % John M. Burris Respublikachilar 98,101 40 %
1990 Demokratlar 112,918 63 % M. Jane Brady Respublikachilar 64,554 36 %
1996 Demokratlar 165,465 60 % Raymond J. Clatworthy Respublikachilar 105,088 38 %
2002 Demokratlar 135,253 58 % Raymond J. Clatworthy Respublikachilar 94,793 41 %
2008 Demokratlar 257,484 65 % Christine O'Donnell Respublikachilar 140,584 35 %
2008 Vitse-prezident Demokratlar 69,498,516
365 ta ovoz (270 ta ovoz kerak)
53 % Sarah Palin Respublikachilar 59,948,323
173 ta ovoz
46 %
2012 Demokratlar 65,915,795
332 ta ovoz (270 ta ovoz kerak)
51 % Paul Ryan Respublikachilar 60,933,504
206 ta ovoz
47 %
2020 Prezident Demokratlar 81,268,924
306 ta ovoz (270 ta ovoz kerak)
51 % Donald Trump Respublikachilar 74,216,154
232 ta ovoz
47 %

Galereya

Nashrlar

Kitoblar

Book contributions

Broshyuralar

  • Biden, Joseph R., Jr., and Les Aspin, William Louis Dickinson, Brent Scowcroft (1982). Arms Sales: A Useful Foreign Policy Tool? American Enterprise Institute. AEI Forum 56. Moderated by John Charles Daly.

Maqolalar

Manbalar

Havolalar

Tags:

Joe Biden Dastlabki hayotiJoe Biden Saylov tarixiJoe Biden GalereyaJoe Biden NashrlarJoe Biden ManbalarJoe Biden HavolalarJoe Biden1942-yil20-noyabrAQShAQSh prezidentiAmerikalikDelaverDemokratlar partiyasiSiyosatchiVitse-prezident

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

HajmVirusli gepatitEmailFundamentalizmLondonOʻzbekistonElektrolizSakrashTilVatanHamid OlimjonKonusFalsafaDunyoning ishlariBuxoro arkiTasavvufAleksandr PushkinInflatsiyaKislorodIzohli lugʻatAjiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻliMagnit maydonAbdulhamid ChoʻlponAdabiyotNafas olish tizimiOlimpiada oʻyinlariTeriHujjatFransiyada ta'limBakteriyalarAholi daromadlariIkki nuqtaTranzistorQurʼonKompetensiyaQonun (huquq)Ekologik omillarDiniy tashkilotNerv sistemasiSirdaryoMetodOrttirilgan immun tanqisligi sindromiNigeriyaQandli diabetKuntugʻmishEritmalarSoʻz turkumlariAtomPIRLSAdobe PhotoshopXalqaro terrorizmZulfiyaSudralib yuruvchilarAtom yadrosiSalib yurishlariMisJanubiy Afrika RespublikasiOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiMikroskopWilliam ShakespeareFonetika69 (jinsiy poza)FeʼlGrafika (tilshunoslik)TovarOʻzbekiston siyosiy partiyalariTinish belgilariAtmosferaRuhlar isyoniSuvni tozalashKompyuter tarmogʻiAQSHda taʼlimAbdulla QodiriySimfoniyaNavroʻzSharq falsafasiOʻzbekiston Mustaqilligi kuniTermiziy Abu IsoYoʻl belgilari🡆 More