Quddus

Quddus, Iyerusalim (arabcha: القُدس‎ al-Quds, ivritcha: יְרוּשָׁלַיִם‎ Iyerushalaim, osuriylarning mix yozuvlarida Ursalimmu; qadimgi Misr yozuvlarida Shalam, Oʻrta Osiyoda Quddusi Sharif nomi bilan maʼlum) — falastin shahari.

Oʻlik dengizning gʻarbidagi chala choʻlli yassitogʻlikda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojtangan. Quddus — musulmon, yahudiy va xristianlarda "muqaddas shahar" hisoblanadi.

Quddus
Skyline of Quddus
Quddus
Quddus
31°46′44″N 35°13′32″E / 31.77889°N 35.22556°E / 31.77889; 35.22556 G O 35°13′32″E / 31.77889°N 35.22556°E / 31.77889; 35.22556 G O
Hukumat
 • mer Nir Barkat
Zichligi 6183 kishi/km2
[[File:|290px|Quddus xaritada]]
Quddus

Quddus haqidagi dastlabki maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Dastlab Rushalimum (Shalim xudosi shahri), yozma manbalarda miloddan avvalgi 15-asrdan Urushalaim nomi bilan tilga olingan. Iyerushalaim qad. yahudiylar tilida "tinchlik shahri", arabcha alQuds — "muqaddas" shahar maʼnolarini anglatgan. Shahar qad. va oʻrta asrlarda turli davlatlar (Yahudiylar podsholigi, Rim imperiyasi, Vizantiya, Arab xalifaligi, usmonli turk saltanati) tarkibida boʻlgan.

1920—47-yillarda Falastin hududidagi inglizlar mandatining maʼmuriy markazi. 1947-yil 29-noyabrdagi BMT qaroriga muvofiq mustaqil maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. 1948—49 yillardagi arab-isroil urushi natijasida Isroil (gʻarbiy qismi) bilan Iordaniya (sharqiy qismi) oʻrtasida ikkiga boʻlindi. 1950-yilda Quddusning gʻarbiy qismini Isroil hukumati BMT qaroriga xilof ravishda mamlakat poytaxti deb eʼlon qildi. 1967-yilda zolim Isroil vahshiylarcha Quddusning sharqiy qismini ham bosib oldi va 1980-yil 30-iyulda Quddusni "abadiy va boʻlinmas poytaxt" deb eʼlon etdi. BMT'ning (1967 — 71) qarorlariga muvofiq Quddus boʻyicha barcha anneksiyalar bekor qilingan.

Shahar 2 qism: eski shahar va yangi shahardan iborat. Eski shahar 16-asrda qalʼa devori bilan oʻralgan. Musulmon, yahudiy va xristianlar dahalari ajralib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan ellinizm va rim davri hamda arab madaniyati yodgorliklaridan Qubbat as-Sahro, alAqso masjidlari va cherkovlar, qalʼalar saqlangan. 19-asrning 2-yarmidan qurila boshlagan yangi shaharda zamonaviy binolar, universitet majmuasi, tibbiyot markazi, milliy muzey, yahudiy universiteti (1918) va boshqa bor.

Manbalar

Havolalar



Tags:

Arab tiliIvrit tiliMisr

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

PulsQuyoshAtmosferaJinoyatKapitalDezinfeksiyaKitobRobototexnikaInstagramIqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siriSuvGandbolKlaviaturaXurshid DavronMaʼnaviyatKanadaSimmetriyaYurak-oʻpka reanimatsiyasiAdobe PhotoshopFarmoyishKushon podsholigiPunktuatsiyaYurakZamburugʻlar22-aprelOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiUfq (trilogiya)AvestoSiyosiy partiyalarGermaniyaDavlatlar pul birliklari roʻyxatiRim imperiyasiHayvonlarIssiqlikJahon tillariEpik turYulduzInflatsiyaIssiqlik oʻtkazuvchanlikChingiz AytmatovRahmat FayziyOPECParlamentInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunAntibiotiklarAholi daromadlariHarbiy unvonlarQayta tiklanadigan energiyaXarakter (obraz)Lorents kuchiOʻzbekiston siyosiy partiyalariAbdulhamid ChoʻlponXalqaro birliklar tizimiFoydali qazilmalarJanubiy OsiyoPeshob ajralishining buzilishi143AniqlovchiStatistikaDavlatNamangan viloyatiTabiatni muhofaza qilishSWOT tahliliMazmun va shaklBuyrakMagnitMatnHadisOʻqituvchiAbdurauf FitratTemuriylarTerrorizmInterpolRivojlanishKonstitutsiyaHaykaltaroshlikTasavvufImmunitet🡆 More