Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti — AQSh Konstitutsiyasiga muvofiq, AQSh davlat va ijroiy hukumat boshligʻi hamda AQSh armiyasi va floti bosh qoʻmondonidir.
AQSh Prezidenti AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan qonun loyihalariga (bill) veto lar kiritishga haqli.
Ushbu mansab AQSh Konstitutsiyasiga 1787-yil, yaʼni Konstitutsiya qabul qilingan yilda kiritilgan. Birinchi AQSh Prezidenti 1789-yil George Washington boʻldi.
Joriy AQSh Prezidenti - Joe Biden. U 2021-yil 20-yanvardan ushbu lavozimga 46-prezident boʻlib rasman kirishdi.
AQSh Prezidentligiga saylov kuniga qadar 35 yoshdan kam boʻlmagan, kamida 14 yil AQShda yashagan AQSh fuqarolar saylanishi mumkin. Shuningdek, ushbu fuqaro AQShda tugʻilgan boʻlishi shart. AQSh Prezidenti vakolati muddati 4 yil boʻlib, bir kishi ikki martadan ortiq (surunkali yoki tanaffus bilan boʻlishidan qatʼiy nazar) ushbu lavozimga saylanishi taʼqiqlanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article AQSh prezidenti, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.