Toʻldiruvchi

Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bilan ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi.

U oʻzi bogʻlangan soʻz kesimga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, Toʻldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz Toʻldiruvchi va vositali Toʻldiruvchi Vositasiz Toʻldiruvchi tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obʼyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroqlariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali Toʻldiruvchi joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakat holat bevosita yoʻnaltirilmagan obʼyektni anglatadi. Masalan: Akamga shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bn yozdi.

olisdagi_odam tomonidan to'ldiruvchiga berilgan tasnif va ma'lumot. Toʻldiruvchi fe'lga bog'lanib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagidir. MASALAN: Bu 𝘀𝗼'𝘇𝗱𝗮𝗻 Usmon ajablandi.E'tibor bering: Men undan (kimdan?) so'radim. Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? Gulidan (nimadan?) ko'zini (nimani?) uzmayin singlim asta javob berdi: — O'qituvchimga (kimga?) To'ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog'lanadi. Agar u bog'langan so'z kesim bo'lib shakllanolmagan bo'lsa, ana o'sha so'z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo'lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo'lakning bo'lagi bo'ladi. Masalan: Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so'rog'iga javob bo'lib, kesimga bir butun holda bog'lanadi. Shunday qilib, to'ldiruvchilar kesimga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1) mustaqil to'ldiruvchi 2) nomustaqil to'ldiruvchi. Esda saqlang: 1)To'g'ridan-to'g'ri kesimga bog'lanib keluvchi to'ldiruvchilar mustaqil to'ldiruvchi sanaladi.2) Kesim vazifasida kelmagan fe'lga tobe bog'lanib kelgan to'ldiruvchilar nomustaqil to'ldiruvchilar deyiladi.

To'ldiruvchi ikki guruhga bo'linadi: 1) Vositasiz to'ldiruvchi 2) Vositali to'ldiruvchi 1) Vositasiz to'ldiruvchi belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllar bilan ifodalangan to'ldiruvchidir. Kimni? nimani? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlar bilan birikma hosil qiladigan fe'llar o'timli fe'llardir: Qarilari kutadi mehmon (ot), pazandasi yopadi shirmon (ot) ... 2) Vositali to'ldiruvchi hokim so'zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'lib keladigan kengaytiruvchilaridir. Vositali to'ldiruvchi jo'nalish, chiqish, ba'zan o'rin-payt kelishiklari yoki uchun, bilan, orqali, xususida kabi ko'makchilarni olgan so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanad: Qizg'ish – pushtidan to'qroq, qizildan ochroq rang. ...

Tags:

Tilshunoslik

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

PankreatinEldor ShomurodovBiologiyaMoliya bozoriRobototexnikaTovushHarakatOngHomiladorlikdan saqlanishOrttirilgan immun tanqisligi sindromiFotiha surasiModal soʻzlarLisaTelegramMaktabgacha taʼlimGerman tillariOʻzbekistonda taʼlimKislorodMikroorganizmlarQoʻshma gapZotiljamBuxoroAutizmXiva xonligiQuyoshKatta qon aylanish doirasiAtirgullar ochdi chiroyVijdon erkinligiOʻsimliklar fiziologiyasiOmonimlarSuyak sinishiBoburnomaShom namoziMifologiyaKapalaklarTafakkurKalsiyAxborot xavfsizligiAmir TemurKubUrgʻuKoʻmakchiJinsiy aʼzolarQon bosimini tushiruvchi moddalarKollapsItaliyaDiversifikatsiyaMehnat resurslariNodiraJanubiy Koreyada taʼlimGrafika (tilshunoslik)ChingizxonVitr namoziErtakAniqlovchiFizioterapiyaAQSHda taʼlimMoliyaBoʻlinish alomatlariMatematikaHong KongOʻzbek tiliOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiUnli tovushlarOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiMorfemaTemuriylar shajarasiFalsafiy antropologiyaShizofreniyaKuchMazmun va shaklMehrobdan chayonOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariXulosa chiqarishSiydik ajratishXaritaAlgoritmKommunikatsiyaKonsepsiya🡆 More