Janubiy Amerika: Qitʼa

Janubiy Amerika — Gʻarbiy yarimsharning janubiy qismidagi materik, Amerika qitʼasining janubiy yarmi.

Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani oʻrab turadi. Shimolida Panama boʻyni orqali Shimoliy Amerika bilan tutash, janubida Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi 5100 km. Janubiy Amerika tarkibiga Shamolsiz orollar, Trinidad orol, Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos orollari kiradi.

Janubiy Amerika
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari
Maydoni 17,850,000 km²
Aholisi 420,458,044 (2016)
Aholi zichligi 21.4/km2
Etnoxoronim Janubiy Amerikalik
Davlatlar 13 ta
Tillar ispancha, portugalcha, inglizcha, fransuzcha, nemischa va boshqa asosiy tillar
Vaqt mintaqalari UTC-2dan UTC-5gacha
Yirik shaharlar São Paulo
Lima
Bogotá
Rio de Janeiro
Santiago
Karakas
Buenos Aires
Salvador
Brazilia
Fortaleza

Maydoni 17,85 million km², orollar bilan birga hisoblaganda esa 18,28 million km². Aholisi 420 millionni tashkil qiladi aholisi soni boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda (Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikadan keyin) turadi.

Tabiati

Janubiy Amerikaning qirgʻoqlari kam parchalangan. Shimolida Venesuela qoʻltigʻi, gʻarbida Guayakil, janubi-gʻarbida fordlar, janubi-sharqida La-Plata, San-Xorxe va boshqa qoʻltiqlari bor.

Relyefi va geologik tuzilishi

Janubiy Amerikaning sharqida oʻrtacha balandlikdagi yassitogʻliklar, baland tekisliklar, past tekisliklar, gʻarbida materikni gʻarb va shimol tomondan oʻrab turgan And togʻlari (oʻrtacha balandligi 5000-6000 m, eng baland joyi — 6960 m, Akonkagua togʻi) joylashgan. And togʻlari sharqida Janubiy Amerika platformasining Gviana yassitogʻligi (Neblin togʻi, 3014 m) va Braziliya yassitogʻligi (Bandeyra t 2890 m) bor. And togʻlari va yassitogʻliklar oralarida uchlamchi va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan Orinoko, Amazonka, La-Plata payettekisliklari va Ichki tekisliklar (Pampa, Gran-Chako, Ikki daryo oraligʻi va boshqalar) joylashgan. Materikning chekka janubi-sharqida mezokaynozoy choʻkindi jinslari va muz keltirgan yotqiziklar bilan qoplangan qadimiy Patagoniya platformasi bor. Janubiy Amerika materigi 2 asosiy strukturali boʻlak — markaziy qismidagi Janubiy Amerika platformasi va materikni shimoli - gʻarb va janubidan oʻrab turgan And burmali togʻ mintaqasidan iborat.

Janubiy Amerika platformasi arxey, proterozoy eralarida va qisman kembriy davrida birlashgan turli yoshdagi bloklardan tuzilgan. Fundamentining eng yirik koʻtarilmalari — Gviana, Gʻarbiy Braziliya va Sharqiy Braziliya qalqonlaridir. Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlari arxey va quyi proterozoyning chuqur metamorfiklashib oʻzgargan (deformatsiyalashgan) qatlamlaridan, shuningdek, oʻrta va yuqori proterozoy granitlaridan tashkil topgan. Sharqiy Braziliya qalqoni kembriygacha davrda xreil boʻlgan alohida bloklardan iborat boʻlib, yuqori proterozoyning geosinklinal burmali sistemasi bilan oʻrab olingan. Keng Amazonka botigʻi proterozoy oxiri — paleozoy boshlarida vujudga kelib, Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlarini ajratib turuvchi katta siniq zona boʻylab joylashgan. Meridian boʻylab choʻzilgan boshqa botiq Sharqiy Braziliya qalqonini Gʻarbiy Braziliya qalqonidan ajratib turadi;uning oʻrta qismi — San Francisco botigʻi, asosan, proterozoy oxirida shakllangan. Shimoliy va janubiy botiqlar — Maranyan (Paranaiba) va Parana sineklizalari oʻrta va yuqori paleozoy va mezozoyda vujudga kelgan. Janubiy Amerika platformasining janubiy qismida quyi paleozoy fundamentini oʻz ichiga olgan Patagoniya platformasi ancha yosh. Unda ikkita koʻtarilma — Shimoliy Patagoniya va Janubiy Patagoniya, ikkita bukilma: Neuken-SanMatias va Chubut-San-Horhe mavjud.

Janubiy Amerikaning gʻarbidagi 9000 km ga choʻzilgan And togʻlari oʻzining geologik tarixi va tuzilishi bilan farq qiluvchi bir necha sistemadan iborat. Ular alp burmalanishi (mezo-kaynozoy) davrida shakllangan, shu bilan birga, togʻ asosi mezo-kaynozoydan oldin vujudga kelgan sharqiy togʻ tizmalarini ham oʻz ichiga oladi. Gʻarbiy tizmalar mezozoypaleogen yotqiziqlari va qalin vulqon jinslaridan hosil boʻlgan. Bu joylarda tez-tez halokatli zilzilalar boʻlib turadi (Maye, Chili (1960) va Peru (1970) zilzilalari). And togʻlarining koʻpgina choʻqqilari harakatdagi va soʻngan vul qonlardir (Misti, Chimboraso, Kotopaxi, Sakama va boshqalar). Koʻpgina tizmalarda doimiy qor va muzliklar (maydoni 25 ming km² chamasida) uchraydi. And togʻlarining markaziy qismidagi tizmalari orasida, 3500-4600 m balandlikda choʻl iqlimli plato — punalar bor.

Foydali qazilmalari

Gviana va Braziliya yassitogʻlarida temir, marganets, boksit, nodir metallarning yirik konlari, And togʻlarining etaklari va togʻ oraliklaridagi botiklarda neft, yuqorirogʻida mis, polimetallar, qoʻrgʻoshin, molibden, volfram, platina konlari bor. Selitra, yod va bromning yirik konlari topilgan.

Iqlimi

Janubiy Amerikani ekvator kesib oʻtgan, uning katta qismi ekvatorga yaqin. Materikda 6 iqlim mintaqasi (ekvatorial, shimoliy subekvatorial, janubiy subekvatorial, tropik, subtropik va moʻtadil mintaqalar) mavjud. Amazoniya va Kolumbiyaning gʻarbida doim sernam va issiq, Ekvatorial And togʻlarining Ekvador va Kolumbiya janubidagi qismida togʻekvatorial iqlim. Materikning chekka shimoliy va markazi, Ichki tekisliklar shimoliy va Ekvador gʻarbi yoz sernam, qish quruq boʻladigan subekvatorial issiq mintaqada. Tropik issiq mintaqadagi Braziliya yassitogʻligining sharqida yil boʻyi sernam. Gran-Chakoda oʻrtacha kontinental, Markaziy And togʻlari va 5°-28° j. k.

Riode-Janeyro shahridagi Pandi Asukar togʻi orasidagi sohilda choʻl iqlimi. Subtropik mintaqaning sharqi (Urugvay, Ikki daryo oraligʻi va Pampaning sharqi)da iqlim doim sernam, yoz issiq, qish iliq, markazi (Pampaning gʻarbi, Kordilyera togʻlari etagi)da kontinental, yozda tez-tez jala yogʻib turadi, gʻarbi (Chilining oʻrta qismi)da Oʻrta dengizga xos, yoz quruq, qish seryogʻin. Moʻtadil mintaqaning gʻarbi (Patagoniya, And togʻlari)da yil boʻyi sernam, salqin; sharqi (Patagoniya)da moʻtadil kontinental iqlim. Eng koʻp yogʻin And togʻlarining Kolumbiya gʻarbi va Chili janubidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlariga yogʻadi (yiliga 5000 mm gacha). Amazoniya gʻarbi, Gviana va Braziliya yassitogʻlarining sharqiy yon bagʻri va Parana platosida yiliga 2000- 3000 mm, materik sharqining 35° j. k.gacha boʻlgan qismida 1000-2000 mm, Patagoniya va Kordilyera etaklarida 150-250 mm yogʻin yogʻadi. Tinch okean sohilining 22-27° j. k.lar orasida Atakama choʻli bor. Subtropik va oʻrta kengliklar hamda togʻ tropik iqlimli oʻlkalarda harorat mavsumga qarab oʻzgarib turadi. Materikning janubiy tropikkacha boʻlgan hamma shimoliy tekislik qismida oʻrtacha oylik temperatura 20-28°. Eng yuqori temperatura Gran-Chakoda kuzatilgan (47°). Qishda (iyul) oʻrtacha oylik temperatura Braziliya yassitogʻligida 12-16°, Pam-pada 6-10°, Patagoniya platolarida 0° (eng past temperatura −35°).

Ichki suvlari

Yirik daryolari — Amazonka (havzasining kattaligi va sersuvligi bilan Yer yuzida 1-oʻrinda), Parana, Orinoko, Urugvay, Magdalena, San-Fransisko va boshqa Atlantika okeani havzasiga mansub. And togʻlari ikki okean oʻrtasidagi asosiy suvayirgichdir. Daryolar, asosan, yomgʻirdan, togʻlardan boshlanadiganlari esa qor va muzliklardan suv oladi. And togʻlarining yil boʻyi sernam joylaridan oqib tushuvchi daryolar katta gidroenergiya resurelariga ega. And togʻlaridagi daryolar serostona, sharshara (dunyodagi eng baland — Anxel sharsharasi, 1054 m) koʻp. Ichki oʻlkalarda daryolarning transport ahamiyati katta. Yirik koʻllari Patagoniya, And togʻlari va Chilining oʻrta qismidadir. Markaziy And togʻlarida dunyoda eng baland yirik tektonik koʻl — Titikaka joylashgan. Materikning shimoliy va janubi-sharqida lagunakoʻllar (Lagoa-Mirin, Patus, Marakaybo) bor.

Tuproq va oʻsimliklari

Janubiy Amerikaning 40° janubiy kenglikgacha boʻlgan katta qismi neotropik oblasti, janubiy qismi Antarktika oblastiga mansub. Materikning shimoliyda doim yashil oʻrmonlar, savanna va butalar hamda laterit tuproqlar katta maydonni egallagan. And togʻlarida balandlik mintaqalari aniq sezilib turadi. Ekvatorial sernam oʻrmon — gileyalar, asosan, Amazoniya va Kolumbiya gʻarbida joylashgan, ularning tuprogʻi podzollashgan laterit tuproq. And togʻlarining tekisliklarga tutashgan yon bagʻirlarida togʻ gileyalari, yuqoriroqda daraxtsimon paporotnik va bambuklar, xin va koka daraxtlari, togʻ tepasida boʻtalar oʻsadi, 3200 m balandlikdan togʻ ekvatorial oʻtloqlari boshlanadi. Ekvatorial oʻrmonlardan janubiy va shim.da subekvatorial oʻrmonlar joylashgan.

Lyanos-Orinoko tekisligining jan., Magdalena payettekisligi, Braziliya yassitogʻligining shimolidagi qizil tuproqli yerlarda sernam savannalar, materikning shimoliy chekkasi va Braziliya yassitogʻligining shim.-sharqidagi qiziljigarrang va qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda sukkulent va butazor quruq savannalar bor. Boʻz jigarrang tuproqli Gran-Chakoda siyrak daraxtli quruq oʻrmonlar koʻproq. Subtropiklarning tuproq-oʻsimlik zonalari, xuddi Shimoliy Amerikadagi kabi, asosan meridional yoʻnalishda. Subtropik oʻrmonli dasht zonasidagi qizgʻish-qora tuproqli yerlarda qaragʻay oʻrmonlari, savannalar, Kordilyera togʻlari etagidagi boʻz tuproqli chala choʻl va choʻllarda tikanakli boʻta va kaktuslar oʻsadi. Patagoniyadagi boʻz tuproqli chala choʻllarda butalar, Janubiy And togʻlaridagi qoʻngʻir tuproqlarda aralash qalin oʻrmonlar bor. Janubiy Amerika oziqovqat mahsulotlari, dori-darmon, sanoat xom ashyosi va qimmatbaho yogʻoch beradigan oʻsimliklar (shokolad daraxti, kakao, xin va qizil daraxtlar, geveya, kebracho va boshqalar)ga boy.

Hayvonot dunyosi neotropik oblastga mansub. Bu oblast Janubiy Amerikada materikning shimoliy katta qismini oʻz ichiga olgan Gviana-Braziliya kichik oblasti va janubiy tekisliklar hamda And togʻlarini (Ekvadorgacha) oʻz ichiga olgan Patagoniya-And kichik oblastiga boʻlinadi. Endemik hayvonlar (nandu tuyaqushi va boshqalar) koʻp. Qalin oʻrmonlarda keng burunli maymunlar, yalqov, chumolixoʻr, daraxt jayrasi (koendu), xaltali kalamush (opossum), kinkaju ayigʻi, koʻrshapalaklar va boshqa yashaydi. Yerda yashovchi hayvonlardan qalqondor, tapir, yaguar, qora choʻchqa, oʻrmon iti, hozirgi zamondagi eng yirik kemiruvchi — suv choʻchqasi (kapibara) bor. Daryolarida dare delfini (iniya), timsoh, baliqlarning 2000 tacha turi va daraxt baqalari yashaydi. Qushlar (toʻtilar, kolibri, kondor va boshqalar) hamda sudralib yuruvchilar (zaharli va boʻgʻma ilonlar, kaltakesaklar) koʻp. Endemik hasharotlar (ulkan kapalaklar, chumolilar), savannalarda kiyik, nandu tuyaqushi, kemiruvchilar bor. Materikning janubiy qismidagi ochiq dasht va chala choʻllarda puma, kiyik, pampa mushugi va tulkisi, magellan iti, yoldor boʻri; kemiruvchilardan vidra, botqoq nutriyasi, mara, tuko-tuko, qushlardan burgut, palamedeya va boshqa yashaydi.

Geografik tadqiqotlar tarixi

11-asrda Abu Rayhon Beruniy Gʻarbiy yarim sharda, yaʼni Atlantika okeanining ortida katta quruqlik boʻlishi kerak deb bashorat qilgan. Amerikaning yevropaliklarga rasman kashf qilinishi Hindistonga, yaʼni Sharqiy va Jan. Osiyoga gʻarbdan suv yoʻli orqali borishni maqsad qilgan X. Kolumb ekspeditsiyasidan boshlandi. 1498-yilda X. Kolumb Trinidad orol va Janubiy Amerikaning Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohilini, 1499—1501-yillarda A. Nino (A. Oxeda va A. Vespuchchi bilan birga) va R. Bastidas boshchiligidagi ispan ekspeditsiyalari materikning butun shimoliy sohillarini, 1500-yilda ispanlardan V. Ya. Pinson va D. Lepe boshliq ekspeditsiyalar hamda portugal P. Ya. Kabral ekspeditsiyasi sharqiy sohilini kashf etdi. 1507-yilda lotaringiyalik haritashunos M. Valdzemyuller janubiy materikni florensiyalik Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif qildi. 1541-yildan keyin bu nom Shimoliy Amerika uchun ham rayem boʻldi.

1516-yilda ispan dengizchisi X. D. Solis Urugvay va Parana daryolarining quyi oqimidagi yerlarni oʻrgandi. 1520-yilda F. Magellan boshliq ispan ekspeditsiyasi yana ham janubroqqa suzib bordi va Patagoniya (hozirgi Magellan) boʻgʻozi orqali oʻtib Tinch okeanga chiqdi. Boʻgʻozning janubiy sohilini Magellan Olovli Yer deb atadi. Janubiy Amerikaning Tinch okean sohillarini ham 1522-58 yillarda ispan dengiz ekspeditsiyalari oʻrgandi. 1578-yilda ingliz F. Dreyk Olovli Yerning arxipelag ekanligini aniqladi. 1592-yilda ingliz D. Deyvis Atlantika okeanining 52° j. k.da „Deva Yeri“ ni tadqiq qildi. D. Strong „Yangi yer“ ni oʻrganib, uni Folklend orollari deb atadi (1690). Janubiy Amerika sohillarini mustamlakaga aylantirish va ichki qismlarini bosib olish indeyslarni koʻplab oʻldirish va plantatsiyalarda qul qilib ishlatish bilan birga davom etdi. Mustamlakachilar boylik qidirish maqsadida materikni turli yoʻnalishlarda kesib oʻtdilar.

Janubiy Amerikaning Shim.-gʻarbiy va Ekvatorial And togʻlarini hamda Orinoko daryosi havzasini olimlardan A. Gumboldt va fransuz E. Bonplan kompleks oʻrgandilar (1799—1802). Materik asosan 19-asr 1-yarmidan har tomonlama tadqiq qilina boshlandi. Janubiy Amerikada rus sayyoxlaridan A. S. Ionin (1889-92), N. M. Albov (1895-96), G. G. Manizer (1914—1915) va N. I. Vavilov (1932—1933) boʻlgan.

Aholisi

Amerika yevropaliklarga maʼlum boʻlgunga qadar Janubiy Amerika aholisi indeys qabilalari va xalqlaridan iborat edi. Ular bundan 17-20 ming yil ilgari Osiyodan Bering boʻgʻozi, Shimoliy Amerika orqali kirib borgan deb hisoblanadi. Janubiy Amerikaga yevropaliklar kelgach, mahalliy aholining koʻpchiligi yuqumli kasalliklar, shafqatsiz ekspluatatsiya va boshqa sabablar tufayli qirilib ketgan. Janubiy Amerikaning hozirgi axolisi Yevropadan koʻchib borganlarning avlodlari va metislardan (Afrikadan keltirilgan qullar bilan mahalliy indeyslarning aralashuvidan) tashkil topgan.

Antropologik jihatdan Janubiy Amerika aholisi har xil: unda yevropoid, mongoloid, ekvatorial (negravstraloid) irklar aralashib ketgan. Kreol, metis, mulat va sambo aholi guruhlari paydo boʻlgan.

Janubiy Amerika aholisining koʻpchiligi, asosan, portugal va ispan tillarida gaplashadi. Pekin yirik mahalliy xalq (kechua, aymara va atsteklar) oʻz ona tillarini saqlab kelmoqda. Afrikadan keltirilgan negr avlodlari oʻz ona tilini saqlamagan.

Janubiy Amerika aholisini etnik xususiyatlari va tarqalishiga koʻra shartli ravishda uchga bulish mumkin: 1. Boliviya, Peru, Paragvay va Chilida, asosan, metis, indeys, yevropaliklar avlodi yashaydi. 2. Urugvay va Argentina aholisining koʻpchiligini yevropaliklar tashkil etadi. 3. Indeys, metis, yevropaliklar avlodidan tashqari soni va etnogenezi jihatdan koʻpchilikni tashkil qilgan negrlar Braziliya, Kolumbiya, Benesuela va Ekvadorda yashaydi. Janubiy Amerika aholisining koʻpchiligi, asosan, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Negrlar va mulatlar oʻrtasida katolitsizm bilan birga afrikaliklarning anʼanaviy dinlari va odatlari saqlanib kelmoqda. Togʻlik joylarda yashovchi indeyslarning ayrim qabilalarigina ibtidoiy diniga eʼtiqod qiladi.

Siyosiy boʻlinishi

Janubiy Amerikaning hozirgi siyosiy haritasi, asosan, koʻpgina davlatlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashi va Ikkinchi jahon urushidan keyingi siyosiy va ijtimoiy oʻzgarishlar natijasida vujudga keldi.

Janubiy Amerika mamlakatlari

Bayroq Gerbi Nomi Maydoni
(km2)
Aholisi
Aholi zichligi
(kishi/km2)
Poytaxt Davlatning rasmiy tilidagi nomi
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Argentina 2,766,890 39,537,943 14 Buenos Ayres Argentina
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Boliviya 1,098,581 10,461,053 9.8 Sukre Bolivia
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Braziliya 8,511,965 186,112,794 21 Brazilia Brasil
Andoza:Country data CHL Andoza:Coat of Arms Chili 756,950 16,136,137 21 Santiyago Chile
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Ekvador 283,560 13,363,593 47 Kito Ecuador
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Gayana 214,970 765,283 3 Jorjtaun Guyana
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Kolumbiya 1,138,910 42,954,279 37 Bogota Colombia
Andoza:Country data PRY Andoza:Coat of Arms Paragvay 406,750 6,347,884 15 Asunson Paraguái
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Peru 1,285,216 27,925,628 21 Lima Perú
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Surinam 163,270 438,144 2 Paramaribo Suriname
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Urugvay 176,220 3,318,535 18.65 Montevideo Uruguay
Janubiy Amerika: Tabiati, Relyefi va geologik tuzilishi, Foydali qazilmalari  Andoza:Coat of Arms Venesuela 912,050 26,749,000 29 Karakas Venezuela
Jami 12 17,850,000 [n] 420,458,044[n] 21.4

Adabiyotlar



Manbalar

Havolalar


Tags:

Janubiy Amerika TabiatiJanubiy Amerika Relyefi va geologik tuzilishiJanubiy Amerika Foydali qazilmalariJanubiy Amerika IqlimiJanubiy Amerika Ichki suvlariJanubiy Amerika Tuproq va oʻsimliklariJanubiy Amerika Geografik tadqiqotlar tarixiJanubiy Amerika AholisiJanubiy Amerika Siyosiy boʻlinishiJanubiy Amerika mamlakatlariJanubiy Amerika AdabiyotlarJanubiy Amerika ManbalarJanubiy Amerika HavolalarJanubiy AmerikaAmerika qitʼasiAntarktidaAtlantika okeaniGʻarbiy yarimsharPanamaShimoliy AmerikaTinch okeani

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzbekiston Mustaqilligi kuniStatistikaBetonQitʼaAdvokaturaYorugʻlikEmotsiyaAvstraliyaBahorOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiIlmiy tadqiqotEkologik omillarPsixologiyaYengil atletikaSurxondaryo viloyatiFundamentalizmFutbolGandbolKosmonavtikaKoʻkyoʻtalRevmatizmTabiat resurslariBilimEva ElfieShimoliy AmerikaTemur tuzuklariElektr dvigatelOrqa miyaOvqatdan zaharlanishKutubxonaSuyakQayta tiklanadigan energiyaDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiOrtopediyaOʻzMESodda gapSpirtlarIqbol MirzoOʻzbekiston viloyatlariKalsiyGʻulomjon YoqubovPopulyatsiyaKonstitutsiyaFizioterapiyaOʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiNeptunMisElektromagnit maydonLudwig van BeethovenBuyrak usti bezlariRentabellikArastuJigarYevropaJadidchilikTafakkurAnnotatsiyaOʻsimliklar fiziologiyasiNodiraMakroiqtisodiyotVoyaga yetmaganlar javobgarligiElektr zanjiriLeksikologiyaSomoniylar davlatiHavoAsalariInson huquqlariMetodologiyaTeatrIqlimPedagogikaBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaMenejmentChatqol biosfera qoʻriqxonasiEmailFC BarcelonaMusiqa cholgʻu asboblariUran (sayyora)Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti🡆 More