Rentabellik

Rentabellik (nem.

rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. R. korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. R. foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun R.ning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida R.ni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish, i.ch.ni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejab-tergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish (aylanma kapital), mehnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchi-xizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intilishni paydo etadi) R.ni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshqarib boriladi. Shu maqsadda R. monitoringga yuritiladi.

Ahmadjon Oʻlmasov.

Manbalar





Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Pul-kredit siyosatiBiznes rejaMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliYevropaYalligʻlanishYulduzAngliyaHomiladorlikdan saqlanishNamangan viloyatiAzotMicrosoft PowerPointOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiUndosh tovushlarInvestitsiyaSalib yurishlariTezisOrfoepiyaOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Tovush (tilshunoslik)Chingiz AytmatovKoʻkyoʻtalYunon faylasuflariBugʻdoyIssiqlik oʻtkazuvchanlikBozor iqtisodiyoti modellariInsultBrauzerJadidchilikTBC Bank (Oʻzbekiston)Inson yuragiGenetikaReleGermaniyaUmar XayyomYurak-qon tomir kasalliklariBankBiosferaGermaniya ta'lim tizimiBahorKuntugʻmishAdobe PhotoshopInterpolInfeksion kasalliklarQadriyatHamid OlimjonZulfiyaNutq madaniyatiBiotsenozOyat al-KursiKecha va kunduzMovarounnahrMedia madaniyatiUvaysiyMuhammad Sodiq Muhammad YusufAvstraliyaOʻzbekiston Mustaqilligi kuniOʻzbeklarDin falsafasiChatqol biosfera qoʻriqxonasiTasviriy sanʼatUglerodQon ketishiTemirAbdulla QahhorVijdon erkinligiSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiOt (soʻz turkumi)Ahmad al-FargʻoniyXudoyberdi ToʻxtaboyevYordamchi soʻzlarEkologiyaQon guruhlariVaboKompyuterOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariQunut duosiYerBuxoroMicrosoft Office🡆 More