Xudoyberdi Toʻxtaboyev

Xudoyberdi Toʻxtaboyev (1932-yil 17-dekabr, Oʻzbekiston tumani–2021-yil 21-mart) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991).

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Qoʻqon pedagogika bilim yurtini (1949), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1955). Oʻrta maktabda oʻqituvchi va direktor (1955–1958), „Toshkent haqiqati“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1958–1962), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1962–1970) gazetasida, „Guliston“ jurnalida (1970–1972), „Yosh gvardiya“ nashriyotida (1972) boʻlim mudiri va bosh muharrir oʻrinbosari (1974–1976), „Gulxan“, „Yosh kuch“ jurnallarida bosh muharrir (1977–1980), „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1980–1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Badiiy ijod bilan XX asr 50-yillarida shugʻullana boshlagan. Ilk hikoyalar toʻplami — „Shoshqaloq“ (1961). „Felyetondan keyin“ (1962), „Sir ochildi“ (1963), „Sehrli qalpoqcha“ (1964) singari qissalari, „Muhabbat qoʻshigʻi“ (1967), „Jonginam, shartingni ayt“ (1969), „Konizar yulduzlari“ (1978), „Omonboy bilan Davronboy sarguzashti“ (1974) va boshqa asarlar muallifi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning oʻlimi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yoʻllar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli koʻzlar“ (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning oʻziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yoʻsinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev oʻzbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari rus, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib, 28ta mamlakatida nashr etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Xudoyberdi Toʻxtaboyev
Tavalludi 17-dekabr 1932-yil
Vafoti 21-mart 2021-yil(2021-03-21)
(88 yoshda)
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Janr Sarguzasht, tarixiy asarlar
Shoh asari „Sariq devni minib“, „Mungli koʻzlar“
Mukofotlari Xudoyberdi Toʻxtaboyev Xudoyberdi Toʻxtaboyev Xudoyberdi Toʻxtaboyev

Oʻzbek bolalar yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev 2021-yil 21-mart kuni 88 yoshda vafot etdi. Shavkat Mirziyoyev yozuvchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Manbalar

Tags:

FelyetonFransuz tiliIngliz tiliMungli koʻzlarNemis tiliOʻzbekistonQoʻqonRus tiliToshkentYumor

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

SovunFarhod va ShirinMicrosoft WordToʻldiruvchiTemuriylar tarixi davlat muzeyiOt (hayvon)XamsaVikipediyaModdaShaxsiy gigiyenaIrsiy kasalliklarAmir TemurYevrosiyoAntibiotiklarMuzeyOʻlmas UmarbekovOʻlchov birligiSanoatYevropaQoʻshilgan qiymat soligʻiTeatrSilindrTabiatZaharlanishYurak poroklariKimyoviy reaksiyaDoriAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiQon aylanishiJamiyatModdalar almashinuviEhtimollar nazariyasiSudNerv sistemasiIssiqlik oʻtkazuvchanlikXavfsizlik texnikasiSiydik ajratishSinkveyinOrganik kimyoTaqvimElastiklikOlmoshYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiHinduiylikTib qonunlariKartoshkaOliy nerv faoliyatiYurak-qon tomir kasalliklariMakroiqtisodiyotTohiriylar davlatiElektr tokiKanadaQazo namoziDunyoning yetti moʻjizasiTub sonlar roʻyxatiHayzJarrohlikTarbiyaNafasBozor iqtisodiyotiga oʻtishHissiyotKompetensiyaManchester City F.C.GoʻdakMuzlik davriOgʻirlikUglevodlarYalligʻlanishEmotsiyaOltinHasharotlarGerontopsixologiyaBirlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasiKosmik kemaTabiatni muhofaza qilishImom al-BuxoriyUsmonlilar imperiyasiSodda gapMovarounnahr🡆 More