Biznes Reja

Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha.

Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi.

Biznes rejada loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar (xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakkllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi.

Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi („birinchi rahbar“), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

BiznesMoliyaTadbirkorlik

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Erkak jinsiy aʼzosiNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiMineralOʻpkaMushukKuzatishAbdulla QahhorHujayraDavlat byudjeti daromadlariOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiQonAnatomiyaHomilaQon ketishiOilaErich Maria RemarqueTexnologiyaKasallikSoʻz birikmasiFavvoraTaʼlimAlpomishBemorni parvarish qilishIchki sekretsiya bezlariQon bosimini tushiruvchi moddalarToʻlepbergen QayipbergenovElektr tokiIshlab chiqarish samaradorligiSingapurDifferensial tenglamaJaloliddin ManguberdiMakroiqtisodiyotXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiMantiqSkeletYarimoʻtkazgichMenejmentAmerika Qoʻshma ShtatlariAFC Futzal Osiyo Kubogi 2024Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiKitobZotiljamMicrosoft OfficeQoʻshma gapRegiston maydoniShavkat MirziyoyevHavoning ifloslanishiOila tarbiyasiIdrokIrodaQadimgi RimAuditSuvchechakOltinEkotizimMuskullarIchki yonuv dvigateliQonun (huquq)Jangi loyYahudiylikKelishikFalsafaAtomAxborot texnologiyalariMuzeyVitaminlarOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)Farhod va ShirinFuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariDaromadAllohning 99 nomiSaylov tizimiTovarLipidlarYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiGeografik axborot tizimiReabilitatsiyaYevrosiyo🡆 More