Xalqaro Tashkilot: Davlatlararo yoki nodavlat tusdagi birlashma

Xalqaro tashkilotlar — davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri.

Xalqaro tashkilotlar XIX asrda vujudga keldi va ikkinchi jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.

Xalqaro Tashkilot: Davlatlararo yoki nodavlat tusdagi birlashma
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi (Shveysariya) vakolatxonalari, bu dunyodagi eng koʻp xalqaro tashkilotlarga mezbonlik qiladigan shahar.

Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va shu kabi nomlar bilan ataladi.

Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.

Xalqaro tashkilotlar:

Manbalar




Tags:

AssotsiatsiyaHamkorlikIkkinchi jahon urushiMadaniyatUstav

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ReabilitatsiyaBirinchi yordamNavoiy viloyatiMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliParijOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)BoburnomaRossiya imperiyasiOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiOlmaFoydaUygʻonish davriQidiruv tizimiHindistonKurashMehnat muhofazasiShavkat MirziyoyevSinfdan tashqari ishlarOscar WildeOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiXurshid DavronPiramida (matematika)StatistikaDifferensial tenglamaDoriMineral ozuqalarAndijon viloyatiMuhammad Sodiq Muhammad YusufErkak jinsiy aʼzosiViruslarBronxial astmaBotir QodirovYulduz UsmonovaMendel qonunlariSoʻz turkumlariTranzistorMuhammadInsoniylikYer osti suvlariYaponiyada taʼlimJigarMetodQoraqalpogʻiston bayrogʻiYalpi ichki mahsulotOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiOdil YoqubovQozogʻistonNavroʻzAbu Ali ibn SinoGepatit B viruslariFurqatAngliyaItaliyaKommunikatsiyaAvstraliyaBasketbolKonsepsiyaSinonimlarAnalizatorlarKosmonavtikaToshkentFan-texnika taraqqiyotiDiniy tashkilotKonfessiyaOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiInterpolFaoliyatYurak-tomir sistemasi kasalliklariQurilish materiallariMotivatsiyaBuyuk ozodlik xartiyasiOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiPedagogikaBirlashgan Arab AmirliklariQon ketishiLinzaJamiyatChingiz AytmatovBiologiya🡆 More