Buyuk Ozodlik Xartiyasi

Buyuk ozodlik xartiyasi (Lotincha Magna Carta („Buyuk xartiya“) yoki Magna Carta Libertatum („Buyuk ozodlik xartiyasi“)) 1215-yil Angliyada imzolangan muhim xujjat.

Bu ayni paytda dunyo tarixini oʻzgartirgan voqelik sifatida ham qabul qilinadi. Buyuk ozodlik xartiyasi qirolning vakolatlarini qisqartirishga qaratilgan eng dastlabki xujjatlardan biri sanaladi. Shu bilan birga xujjatda baron va ruhoniylarga ayrim yengilliklar beriladi. Qirol ruhoniylarning erkin sayloviga aralashmaydi. Oʻz vasallaridan keragidan ortiq toʻlov talab qilmaydi va baronlarni oʻzboshimchalik bilan qamay olmaydi. Ritsar va shaharliklar, shuningdek dehqonlarga ham maʼlum yengilliklar beriladi. 63 moddadan iborat boʻlgan bu xujjatga koʻra davlat amaldorlarining dehqonlar haq-huquqlarini himoya qilishi, belgilangan miqdordan ortiqcha xizmat va toʻlov olish taʼqiqlanishi belgilab qoʻyiladi. Ammo xujjatning bu moddasiga deyarli amal qilinmaydi. Nima boʻlgan taqdirda ham „Buyuk ozodlik xartiyasi“ bugungi konstitutsiyaviy tuzumga oʻtishdagi ilk qadamlardan biri sifatida qabul qilinadi.

Buyuk Ozodlik Xartiyasi
Imzolangan sanasi 1215
Imzolangan joyi Salisbury monastiri
Tomonlar Ioann va Angliyaning 25 baroni
Tillari Inglizcha

Xujjatning qabul qilinishiga imkon bergan omillar.

Buyuk ozodlik xartiyasining qabul qilinishiga yoʻl ochib bergan omillar ayni vaqtda Angliyaning Normandiya tomonidan istilo qilinguniga qadar davom etadi. 150 yildan beri tinimsiz davom etib kelayotgan qirol va baronlarning kurashlari qirol Ioann Xll davrida yanada chigallashib ketadi. Baronlarning kuchini sindirish uchun qirol Ioann qoʻlidagi barcha imkoniyatni sinab koʻrishga harakat qiladi. Bundan gʻazablangan baronlar Fransiya bilan boʻlgan urushdan magʻlubiyatga uchragan Ioannga qarshi ochiqdan-ochiq urush qilishga qaror qilishadi. Baronlarning maqasadi koʻproq yer-mulk, imtiyoz hamda koʻproq qal’alarni qoʻlga kiritish edi. Oʻz talablarini yozma ravishda qirolga topshirishga kelishib olgan baronlar, qoʻygan talablari qirol tomonidan rad qilingan taqdirda, kuch ishlatishga kelishib olishadi.

Buyuk ozodlik xartiyasining eʼlon qilinishi

Shu tariqa baronlar 1215-yilda qirol bilan uchrashishadi. Uchrashuvdan soʻng qirol bu talablarni tez orada koʻrib chiqishini va ijobiy javob berishini aytadi. Lekin, soʻzida turmaydi. Bunga javoban baronlar qirolga qarshi bosh koʻtarishadi. Angliyaning yirik shaharlarini egallab olgan baronlar qirolni bu xujjatni imzolashiga majbur qilishadi. Yangi farmonga koʻra qirolning cheklanmagan hokimiyatiga barham beriladi. Va, unda qirol va baronlarning vazifasi aniq belgilab olinadi. Farmon ayni paytda baronlarga juda katta imtiyozlar beradi. Oddiy xalq esa bu kabi imtiyozlardan mosuvo boʻlib qolaveradi. Ayni paytda dehqonlarning yer bilan birga qoʻldan-qoʻlga oʻtish tizimi davom etadi. Oddiy fuqarolardan koʻproq yuqori tabaqa vakillarining huquqlarini oʻzida jamlagan xujjat qirolning vakolatlarini koʻproq baronlar va ruhoniylar foydasiga cheklab qoʻyadi. Buyuk ozodlik xartiyasining 39-moddasi eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Bu modda bugungi kundagi qonunchilik asoslarining tamal toshini qoʻyganligi bilan ham ajralib turadi. Bu moddada shunday deyilgan: "Hech qaysi ozod inson mamlakat qonunlaridan tashqari hibsga olinishga yoʻl qoʻyilmaydi, mol-mulki musodara qilinmaydi, qonundan tashqari deb eʼlon qilinmaydi, surgun qilinmaydi, unga hech qanday shaklda zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi" Ioann, qirolning vakolatlarini qisqartirilishga qaratilgan ushbu xujjatni tasdiqlashdan boshqa chorasi qolmagan edi. Xujjatda mamlakatdagi 25 baronning qarori qirol farmonidan ustun ekanligi belgilab qoʻyiladi. Ammo keyinchalik bu xujjatga tomonlarning amal qilmaganligi tufayli papa Inokentiy lll tomonidan bekor qilinadi. Bu esa „Birinchi baronlar urushi“ga sabab boʻladi.

Buyuk ozodlik xartiyasining natijalari

U davrga qadar hokimiyat mutloq qirolga tegishli degan qarash hukmron edi. Buyuk ozodlik xartiyasi qabul qilingandan soʻng Lordlardan tashkil topgan parlament qirol bilan birga mamlakatni boshqara boshlaydi. Bu ayni paytda cherkovning hukmronligiga ham katta zarba boʻlgandi.

Manbalar

Tags:

Buyuk Ozodlik Xartiyasi Xujjatning qabul qilinishiga imkon bergan omillar.Buyuk Ozodlik Xartiyasi Buyuk ozodlik xartiyasining eʼlon qilinishiBuyuk Ozodlik Xartiyasi Buyuk ozodlik xartiyasining natijalariBuyuk Ozodlik Xartiyasi ManbalarBuyuk Ozodlik XartiyasiAngliyaBaronLotin tiliQirolRitsarlarRuhoniy

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Suvni tozalashAzonOltingugurt (mineral)ItaliyaVijdon erkinligiOngElektr kuchlanishProteinlarQonun (huquq)NafasAmper qonuniTurizmOʻzbekiston mobil telefon kodlariRuxshona MatkarimovaDunyoqarashOntogenezOʻtkan kunlarJizzax viloyatiShaxmatDunyoning yetti moʻjizasiHolInson skeletiDramaSuvchechakKislorodImom al-BuxoriyGruziyaIshlab chiqarish harajatlariMakroiqtisodiyotOng (psixologiya)Ishlab chiqarishMadaniyatMinetBirlashgan QirollikQon guruhlariRadioaktiv parchalanishAbu Bakr SiddiqOʻzbekistonda paxta ishiSezgiErkak jinsiy aʼzosiShizofreniyaKartoshkaMaqolaYurakXaritaBjangiOltinMehnat tarbiyasiToʻldiruvchiFonetik oʻzgarishlarKecha va kunduzSoliqFutbol tarixi69HomilaVirusli gepatitYahudiylikIntellektWilliam ShakespeareParazitologiyaBoburnomaIkkinchi jahon urushiHayvonlarQalqonsimon bezUglerodAllohning 99 nomiFermentlarQushlarMotiv (psixologiyada)Bronxial astmaAzotJarrohlikMaktabgacha taʼlimQuloqAnemiyaKuydirgiYusuf Xos Hojib🡆 More