Sezgi

Sezgi — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi taxlili.

Materiyaning sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar tana Sezgisi (tuyish), koʻrish Sezgisi, eshitish Sezgisi, hid bilish Sezgisi, taʼm bilish Sezgisi va boshqa turlarga boʻlinadi. Sezgi fizik, fiziologik, psixologik jarayonlarda paydo boʻladi. Fizik jarayonda har qanday narsa va hodisalar Sezgi aʼzolariga taʼsir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qoʻzgʻaydi. Fiziologik jarayonda qoʻzgʻalish nervning oʻtkazuvchi yoʻli orqali bosh miya poʻstining tegishli markaziy hujayralar tizimiga oʻtadi. Psixologik jarayonda nerv qoʻzgʻalishida bizga taʼsir etgan qoʻzgʻovchining analizi paydo boʻladi va u sintezga aylanadi — Sezgi paydo boʻladi. Sezgi aʼzolari miya katta yarim sharlari faoliyati bilan bogʻliq. Insonda voqelikni bilishda koʻrish Sezgisi yetakchi oʻrinni egallaydi. Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin:

1) ekstroretseptorlar — bular organizm sirtida boʻladi, ularga koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, tuyish Sezgilari kiradi;

2) interoretseptorlar — tanamiz ichidagi Sezgilar, bularga ichak, jigar, oʻpkadagi Sezgilar kiradi;

3) propriretseptorlar — muskul, pay, boylamlarda boʻladi. Sezgilarning hammasi oʻziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega.

Sezgilarning umumiy qonuniyatlari Sezgilarning yuzaga kelishi ma‘lum qonuniyatlarning asosida yuz beradi.

Tags:

Bosh miyaEshitishHid bilishKoʻrishMiyaNerv markaziOlamTaʼm bilish

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

AllergiyaUyushiq boʻlaklarKimyoOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiKonfutsiylikIzohli lugʻatAdabiyotMetrologiyaKlinik qon tahliliSoʻz turkumlariSaʼdiy SheroziyEkosistemaYorugʻlikPedagogik psixologiyaOrttirilgan immun tanqisligi sindromiIjtimoiy tarmoqUran (sayyora)Oʻzbekiston iqlimiFonetik oʻzgarishlarOʻzbek milliy akademik drama teatriTopishmoqKushon podsholigiVatanIkki eshik orasiAvtomobil yoʻliKriptovalyutaGemoglobinFundamentalizmPsixikaMaktabOʻzbekistonda taʼlimUsmonlilar imperiyasiInternetHamletOʻtkir HoshimovTranzistorFoydaXurshid DavronTemirKasallikBosh SahifaMotivatsiyaMuhammad FuzuliyMuhammad Sodiq Muhammad YusufBuxoro viloyatiIssiqlikOt (hayvon)Sharq falsafasiVodorodHajmIbroyim YusupovAnton ChexovPaleolitTushunchaShifokorDiniy tashkilotPedagogikaAdabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxatiKonstitutsiyaUfq (trilogiya)Moliya tizimiRobotUygʻonish davriFeʼlTilOʻzbekiston bosh vaziriYogʻGerontologiyaBoborahim MashrabArablarning O‘rta Osiyo istilosiQizil kitobDoriJismoniy tarbiyaXamsaAlisher NavoiyYuklamaQoraqalpogʻiston🡆 More