Yurak-Tomir Sistemasi Kasalliklari

Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari.

Ular juda koʻp va xilma-xil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi).

[[Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz) va boshqalar oqibatida kelib chiqadi (qarang [[Yurakning ishemik kasalligi).

Arterial gipertoniya Yu,t.s.k. orasida eng keng tarqalgani boʻlib, katta yoshli odamlar orasida koʻp uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi koʻpincha oʻlim yoki nogironlikka sabab boʻladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi.

Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi.

Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi. [[Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi yurakning oʻtkazuvchi sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat.

Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan ogʻriq sezgilari ham paydo boʻladi. Ateroskleroz va gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan boʻlib, aksariyat ular birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan, buyrak arteriyasi, miya tomirlari (qarang Insult), qoʻloyoqning periferik tomirlarini ham zararlaydi. Arterial tomirlarning yalligʻlanishi — arteriitlar koʻproq infeksion (masalan, zaxm, sepsis) va allergik (qarang Zardob kasalligi) hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Klinik shakli obliteratsiyalovchi endarteriit, aorta panarteriiti va h.k. Venalarning varikoz kengayishi va tromboflebit vena tomirlarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan.

Yurak yetishmovchiligi yurakning oʻziga yuklangan toʻla hajmdagi funksional yuklamani bajara olmasligini koʻrsatuvchi patologik belgilar (terining koʻkarishi, nafas qisishi, oyoq shishib qolishi va boshqalar) bilan namoyon boʻladi; biror ish qilayotganda nafas qisib qolishi patologik alomat hisoblanadi.

Oʻtkir yurak yetishmovchiligi — juda xavfli, lekin kamdan-kam uchraydi. U kutilmaganda yoki toʻsatdan nafas qisib, boʻgʻilish (qarang Yurak astmasi) xuruji bilan kechadi.

Koʻpchilik Yurak-tomir sistemasi kasalliklarisk. oqibatida yurak muskulining qisqarish funksiyasi hamda tomirlar devori muskul qavatining qisqarish quvvati susayadi. Natijada organizmda qon aylanishi buziladi. Bu omillarning qay biri ustun boʻlishiga qarab yurak yoxud tomir yetishmovchiligi vujudga keladi.

YU.t.s.k. (gipertoniya kasalligi, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi)ni muntazam va oʻz vaqtida davolash yurak kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi vositalaridan hisoblanib, uni kardiologiya fani oʻrganadi.

YU.t.s.k.ni aniqlash, davolash, oldini olish va boshqalar kardiorevmatologik markazlarda hamda dispanserlarda amalga oshiriladi. davolash reabilitatsiya, yaʼni salomatlikni qayta tiklashdan iborat. Hozirda yurak-qon tomir xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak hamda yirik tomirlar tuzilishidagi tugʻma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya yoʻli bilan davolanadi.

Adabiyot

  • Sharopov Oʻ.B., Gʻafforova F.K., Shodmonov U.I., Ichki kasalliklar, T., 2003.

Mahmud Pirnazarov.


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Gʻarb falsafasiRossiyaUygʻonish davriSalohuddin al-AyyubiyOʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiMitozXivaKlinik qon tahliliQuyon (hayvon)Devonu lugʻotit turkKvadratGeografiyaKomaYoʻl belgilariArab xalifaligiKubEmailChumolilarSonlar roʻyxatiOlimpiada oʻyinlariGepatit CAnafilaktik shokBiologiyaMarkaziy OsiyoAmir TemurOgahiyVaqt oʻlchov birliklariStatistikaTexnologiyaKoʻchirma gapHunarmandchilikIntegratsiyaAbdurauf FitratNavroʻzKompyuter tarmogʻiStol tennisiJigar sirroziOʻpkaRuhlar isyoniJargonYuklamaYalligʻlanishTurk xoqonligiBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiRim imperiyasiHTMLYangi usul maktablariBuyuk Ipak yoʻliQalqonsimon bezOʻzbekiston siyosiy partiyalariTinch okeaniTurkmanistonSinonimlarXlorBurunJarrohlikBosimYengil atletikaGʻazalMassajAdabiyotNATOYevropa davlatlari roʻyxatiAniqlovchiDinShom namoziOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiGepatitPsixologiya tarixiAhmad al-FargʻoniyOyMustaqillikInvestitsiyaAvstraliya (qitʼa)AntiseptikaBoʻlinish alomatlariQashqirlar makoniPokiston🡆 More