Qurbaqa

Qurbaqalar – dumsiz suvda va quruqlikda yashovchilar oilasi.

Uzunligi 2–25 sm. Koʻpchilik qurbaqalarning tishlari qisman yoki butunlay reduksiyaga uchragan. Tanasi keng, oyoqlari baqalarga nisbatan kalta. 21 urugʻi, 300 dan ortiq turi bor. Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Ular orasida tropik Afrikada tarqalgan tirik tugʻuvchi qurbaqalar eng sodda tuzilgan. Koʻpchilik (200 ga yaqin) turlari asl qurbaqalar urugʻiga kiradi. Asl qurbaqalarning koʻz qorachigʻi vertikal joylashgan; orqa oyogʻi barmoqlarida suzgich pardalar qoldigʻi bor; koʻzidan keyinroqda yirik quloqoldi, tanasining orqa tomoni boʻylab mayda zahar bezlari joylashgan. Yevrosiyoning oʻrmon va dasht mintaqasida uzunligi 20 sm keladigan oddiy, yaʼni kulrang qurbaqalar, choʻl, dasht, oʻrmon va togʻlarida (4 800 m gacha balandlikda) esa koʻk qurbaqalar keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida faqat koʻk qurbaqalar (uzunligi 14 sm gacha) uchraydi.

Qurbaqa
Qazilma davri: 200-0 Ma
yura davrihozirgacha 
Qurbaqa
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Suvda va quruqlikda yashovchilar
Turkum: Qurbaqalar
Qurbaqa

Aksariyat qurbaqalar – quruqlik hayvonlari, baqalarga nisbatan kuchsiz sakraydi va yomon suzadi; sekin qadamlab harakat qiladi. Oqshomlari faol hayot kechiradi. Turli xil hasharotlar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Quruqlikda qishlaydi. Koʻpchiligi suvga, ayrim turlari quruqlikka 1200 dan 7000 gacha tuxum qoʻyadi. Qurbaqalar bogʻ va poliz ekinlariga ziyon keltiradigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Janubiy Amerikaning mahalliy aholisi aga qurbaqalari zaharini oʻq-yoylarga surishgan. Qurbaqalarning 6 turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Havolalar


Tags:

AfrikaAntarktidaBaqalarChoʻlDashtDumsiz amfibiyalarOʻrmonOʻrmon zonalariOʻzbekistonning hayvonot dunyosiSuvda va quruqlikda yashovchilarTirik tugʻishTogʻTropik mintaqalarTur (biologiya)Urugʻ (zoologiya)YevrosiyoZahar bezlari

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

JazoirAstronomiyaYevrosiyoParallelepipedPulOʻzbekistonda taʼlimMilligramm27-martBirlashgan Millatlar TashkilotiAromatik uglevodorodXitoyQuyoshSterilizatsiya (mikrobiologiya)EnergiyaViruslarQitʼaOʻtkan kunlarKoreya RespublikasiZaharlanishKvantOksidlar (birikma)Buyuk geografik kashfiyotlarDampvalley-Saint-PancrasBozor iqtisodiyotiFonetik oʻzgarishlarMuhammadDiversifikatsiyaLeksikologiyaIchki sekretsiyaOrfoepiyaMakroiqtisodiyotOvqatlanish gigiyenasiInsultJinsiy aʼzolarGidrostatikaIqtisodiyot tushunchasiMusiqaDarajaFutbolShaxmat tarixiReferendumBosh SahifaHuquqOt (soʻz turkumi)Ovqat hazm qilishIslom KarimovBoʻlinish alomatlariOptikaJadidchilikEpilepsiyaHomiladorlikJigarMicrosoft WordReklamaTilVatanRadioaktivlikOvqat hazm qilish tizimiYurakSourAʼrof surasiSirdaryoTutash idishlarIntegratsiyaIjtimoiy tarmoqTalab va taklifBolalar adabiyotiOʻsimliklar fiziologiyasiGeometriyaUfq (trilogiya)KapalaklarBilimNafas organlariAppenditsitLoyihaVegetativ nerv sistemasiKalla suyagi🡆 More