Ordovik Sistemasi: Paleozoy erasining pastdan 2 sistemasi

Ordovik sistemasi (DAVRI), ordovik (lot.

Geoxronologik shkala mln
yil
avval
Eon Era Davr 0
F
a
n
e
r
o
z
o
y
Kaynozoy Toʻrtlamchi 2,58
Neogen 23
Paleogen 66
Mezozoy Bor 145
Yura 201
Trias 252
Paleozoy Perm 299
Karbon 359
Devon 419
Silur 444
Ordovik 485
Kembriy 539
Kembriygacha Proterozoy Neo-
proterozoy
Ediakariy 635
Kriogeniy 720
Toniy 1000
Mezo-
proterozoy
Steniy 1200
Ektaziy 1400
Kalimiy 1600
Paleo-
proterozoy
Stateriy 1800
Oroziroy 2050
Ryasiy 2300
Sideriy 2500
Arxey Neoarxey 2800
Mezoarxey 3200
Paleoarxey 3600
Eoarxey 4000
Katarxey 4600
Manba

Ordovices — Buyuk Britaniyaning hozirgi Uels hududida yashagan qad. kelt qabilasi nomidan) — paleozoy erasining pastdan 2davri. Ordovik sistemasi radiologik metod boʻyicha hrz. davrdan 490±15 mln. yil avval boshlanib, 435±10 mln. yil avval tugagan va taxminan 67 mln. yil davom etgan. Ordovik sistemasi dastlab 1879-yilda ingliz geologi Ch.Lapuors tomonidan Buyuk Britaniya hududida ajratilgan. Ordovik sistemasi mustaqil davr sifatida fakat 1960-yilda Xalqaro geologik kongreseda qabul qilingan. Ilgari koʻp mamlakatlarda uni silur sistemasi (davri)ning quyi boʻlimi sifatida qoʻllaganlar. Ordovik sistemasi 3 boʻlim (quyi, oʻrta, yuqori) va 6 yarus (tremadok, arenig, llanvirn, llandeyl, karadok va ashgil) dan iborat. Ordovik sistemasining boʻlim va yaruslarga aj-ratishda hamma tomonidan tan olingan boʻlinishi hozirgacha yoʻq. Ordovik sistemasi barcha qitʼalarda va koʻpincha orollarda ajratilgan. Ordovik sistemasining boshlanishi Yer yuzasining choʻkishiga toʻgʻri kelib, koʻpgina hududlar dengiz suvi bilan krplangan. Dengiz transgressiyasining maksimumi oʻrta ordovik boʻlimlarida mavjud boʻlgan. Yuqori Ordovik sistemasi kaledon burmalanishi tufayli dengiz suvlari bilan qoplangan maydonlar kamayib, yangi yirik qurukliklar vujudga kelgan. Bu davrda dengiz havzasi ikki turli boʻlgan: birinchi-si turgun platforma strukturalarida tuzilgan epikontinental dengiz havzalaridan iborat; ularda, asosan, ohaktosh, gil, kvarsli qum yotqiziqlari tarqalgan; ikkinchisi esa geosinklinal strukturalarga xos boʻlib, qum, gil va graptolitli slanetslar hamda suv osti vulkan jinslari koʻp. Vulkan jinslari Uels, Appalachi, Qozogʻiston, Shimoliy Tyanshan va boshqa geosinklinal oblastlarida uchraydi.

Ordovik sistemasi dengiz yotqiziqlarida graptolit, trilobit, boshoyoqli mollyuskalar, yelkaoyoqlilar, peletsipoda, foraminifera va boshqa umurtqasiz jonivorlar qoldigʻi uchraydi. O.yeda dengiz tipratikani, ostrakoda, mshankalar, bulutlar mavjud boʻlgan va umurtqalilar paydo boʻla boshlagan. Oʻsimliklardan koʻkyashil suvoʻtlar koʻp tarqalgan boʻlib, birinchi bor yuksak oʻsimliklar vujudga kelgan. Kembriy davrida-gidek, bu davrda ham bakteriyalar ni-qoyatda koʻp edi. Oʻrta Osiyoda Ordovik sistemasi yotqi-ziklari Shimoliy va Janubiy Tyanshan, Chat-qol, Turkiston, Zarafshon, Olay, Nurota va Qizilqumdagi Tomditov, Boʻkantov togʻlarida maʼlum. Ordovik sistemasi yotqi-ziklarida neft (AQSH), yonuvchi slanets (Estoniya), fosforitlar (Leningrad viloyati), ordovik intruziyalarida oltin va boshqa metallar (Qozogʻiston) uchraydi.

Manbalar




Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ObligatsiyaOʻlatRuhiy kasallikGʻafur GʻulomOʻzbekiston daryolariGlobusSkeletSeks-ramzInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunArslonButunjahon oʻrgimchak toʻriMonopoliyaXulosa chiqarishTinch okeaniMorfemaDavlat poytaxtlari roʻyxatiWilliam ShakespeareMeningitYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiSanʼatUfq (trilogiya)Oʻzbek tiliOyBuddizmTamagirlikMustaqil davlatlar hamdoʻstligiSportOʻzbekiston mobil telefon kodlariOsiyo davlatlari roʻyxatiOngAbdulhamid ChoʻlponGulliverning sayohatlariInternet tarixiUygʻonish davriAutizmBritaniya imperiyasiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiChingiz AytmatovSoliqIngliz tiliKonfutsiylikIrodaHamid OlimjonFutbol tarixi69 (jinsiy poza)AfgʻonistonKelishikPulYomgʻirBorliqAbu Ali ibn SinoYaponiyaLaylatul-qadrBosimZaxmAxborot xavfsizligiQogʻozEritmalarOkeanMaktabSamarqandIjtimoiy tarmoqBuxoro viloyatiHissiyotNitrobirikmalarBahorMirzo UlugʻbekBiriktiruvchi toʻqimaKoinotNuriddin XoliqnazarovSoʻz yasalishiMoliya tizimiIlonlarQashqirlar makoniTarovih namoziAmudaryoYahudiylik🡆 More