Arslon

Arslon yoki sher (lotincha: Panthera leo) mushuksimonlar oilasiga mansub turdir.

Uzunligi 240 sm gacha (urgʻochisi kichikroq), ogʻirligi 280 kg gacha boʻladi. Yuz qismi choʻziq, dumining uchida uzun qora qildan iborat popugi bor. Tanasi kalta jun bilan qoplangan, erkaklari tanasining oldingi qismi (boʻyni, koʻkragi va yuzi)dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi. Rangi sargʻish, yoli qoramtir tusda. Qadimgi areali Afrika (gʻarbidan tashqari), Yevropa (Bolqon yarim oroli, Zakavkaze — Armaniston) hamda Osiyoni (Arabiston yarim oroli, Kichik, Old va Janubiy Osiyo — Sharqda Hindistongacha) oʻz ichiga olgan. Individlar soni va areali keskin kamayib ketgan, hozirgi areali asosan Markaziy Afrikaning qoʻriqlanadigan hududlari va qisman Janubiy Osiyodan iborat.

Arslon
Arslon
Arslon
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Turlari: P. leo
Binar nomi
Panthera leo
(Linnaeus, 1758-yil)
Arslon

Arslon choʻl, savanna va daryo yaqinidagi oʻrmonlarda istiqomat qiladi. Poligam, oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3—4 tadan bolalaydi. Homiladorlik davri 4—5 oy, 6—7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. Arslon kechasi guruh boʻlib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador arslon odamga ham hujum qilishi mumkin. 70 yilgacha yashaydi. Arslon hamma joyda muhofaza qilinadi; hind kenja turi (P. L. persica) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar




Tags:

AfrikaArmanistonBolqon yarim oroliHindistonLotin tiliMarkaziy AfrikaMushuksimonlarOsiyoYevropa

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Voyaga yetmaganlar javobgarligiAsrga tatigulik kunZaxmIqlimTaxallusHajmTemuriylarZardushtiylikDasturlash tiliLotin tiliDiniy ekstremizmShaxsAbdulla AvloniyPayvandlashToʻldiruvchiAtmosferaBirlashgan Millatlar TashkilotiKamoliddin BehzodOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiBogʻlovchiYouTubeQonun (huquq)HissiyotEronKlinik qon tahliliBosh SahifaHisobotFizikaFuqarolik jamiyatiParlamentBirlashgan QirollikTib qonunlariMirzo UlugʻbekYogʻSterilizatsiya (mikrobiologiya)GloballashuvAmerika Qoʻshma ShtatlariHamletBuxoro viloyatiTurizmAdvokaturaIso MasihIchki sekretsiyaToshkent viloyatiJahon tillariTeatrTahajjud namoziSiyosiy partiyalarBankDunyoqarashIzohli lugʻatMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliSakrashGigiyenaMarsTinish belgilariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati (2020–2025)TurkmanistonGerman tillariRus tiliToʻmarisPopulyatsiyaKorxonaSanʼatOntogenezSodda gapOʻzbekiston daryolariQon kasalliklariAxborot texnologiyalariQadimgi MisrZilzilaForobiySintaksisUfq (trilogiya)OybekQogʻozSinonimlarIqtisodiyot🡆 More