Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot.

1991-yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzolashdi. 1993-yil dekabrda MDHga Gruziya qoʻshildi. 1993-yil yanvarda MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi
MDH bayrogʻi
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi
MDH emblemasi
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi
Qisqartma MDH
Turi Xalqaro hukumatlararo tashkilot
Ishga tushgan sanasi 8-dekabr, 1991-yil (32 yil avval) (1991-12-08)
Joylashuvi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Belarus Belarus, Minsk

Rossiya bayrogʻi Rossiya , Moskva
Aʼzolari

9 aʼzo davlatlar,

1 kuzatuvchi davlat
Vebsayti https://e-cis.info
Til(lar)i rus tili
CIS (orthographic projection, only Crimea disputed).svg

MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.

Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi
MDHning 20 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi

Aʼzolar

Bu tashkilotga 9 mustaqil davlat aʼzodir:

Davlat Imzoladi
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Armaniston 21-dekabr 1991
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Ozarbayjon 21-dekabr 1991
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Belarus 8-dekabr 1991
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Qozogʻiston 21-dekabr 1991
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Qirgʻiziston 21-dekabr 1991
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Moldova 21-dekabr 1991
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Rossiya 8-dekabr 1991
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Tojikiston 21-dekabr 1991
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Oʻzbekiston 21-dekabr 1991

Kuzatuvchi davlat:

Tashkilotni tark etgan davlatlar:

Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan:

  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Mongoliya MDHning baʼzi strukturalarida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.
  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi  Afgʻoniston 2008-yili MDH tarkibiga kirish hoxishini bildirdi, MDHning „Parlamentlararo Assambleya“sida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.

Oʻzining MDH tarkibiga kirishini xohlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan MDH kelishuvni amalga oshirmagan. Bular quydagilar:

Tarixi

1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSRning tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) tashkil topdi. MDH ga asta-sekin 12 respublika aʼzo boʻLib kirdi. Boltiqboʻyi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga oʻz hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari koʻrsatkichi nasib etdi.

1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon boʻla boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomoni dan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida boʻlishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi.

MDHning 2017-yilgi sammiti

MDHning barcha sammitlari

MDHning barcha aʼzolari (alfavit boʻyicha)

Manbalar

Adabiyotlar

  • Oʻzbekistonda politologiya [2001-yil 18-oktabrda Toshkent shahrida oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari], T., 2002; Neshatayeva T. N., Mejdunarodnie organizatsii i pravo. Novie tendensii v mejdunarodno-pravovom regulirovanii, M., 1999.

Havolalar




Tags:

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi AʼzolarMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi TarixiMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ManbalarMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi AdabiyotlarMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi HavolalarMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi1991-yilBelarusRossiyaUkraina

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Ogʻirlik oʻlchov birliklariIngliz tiliOtamdan qolgan dalalarMorfemaAtmosferaIrodaOʻqituvchiBrauzerGlobal muammolarHamid OlimjonRefleksiyaKasallikPsixoanalizMineral oʻgʻitlarJanubiy Koreyada taʼlimTelevideniyeHadisQoʻqon xonligiInfeksion kasalliklarRovochIqlimOʻsmalarSimmetriyaAdvokaturaKislorodSuverenitetMorfologiyaTemuriylarBoburArastuInvestitsiyaAl-XorazmiyMicrosoft PowerPointJigarDunyo aholisiAxborot texnologiyalariStenokardiyaJanubiy AmerikaElektrolizXalqaro Turkiy Madaniyat TashkilotiQoʻshilgan qiymat soligʻiAbu Rayhon BeruniyBiologiyaQuyoshMoliya tizimiOila tarbiyasiMicrosoft OfficeDavlat tiliVoleybolGrammatikaKreditOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiHamza Hakimzoda NiyoziyMetodTibbiyotYarimoʻtkazgichTojikistonKonfutsiylikRahmat FayziyAbulfayzxon (drama)Oʻzbekistonda taʼlimIssiqlikdan kengayishYalpi milliy mahsulotBuyrakBozorHissiyotHujayraIshsizlikOʻzbekistonKoinotOhm qonuniAzotMetallarKasrSoʻz birikmasiShaxmatQon aylanishiMehnat tarbiyasiUndalma🡆 More