Oʻzbek Tili: Turkiy tillar oilasiga kiruvchi til

Oʻzbek tili (Oʻzbekcha) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi til.

Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga koʻra davlat tili hisoblanadi.

Oʻzbek tili
Oʻzbek Tili: Oʻtmishi, Grammatikasi, Soʻzlar tuzulishi
Milliy nomi Oʻzbek tili
Ўзбек тили
اوزبیک تیلی
Rasmiylik holati

Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Afgʻoniston Afgʻoniston

Turkiy davlatlari tashkiloti
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni

Butun yer yuzi 35 milliondan ziyod (2021)
Oʻzbek Tili: Oʻtmishi, Grammatikasi, Soʻzlar tuzulishi Oʻzbekiston 30 million
Oʻzbek Tili: Oʻtmishi, Grammatikasi, Soʻzlar tuzulishi Afgʻoniston 3 million atrofida (2021)
Oʻzbek Tili: Oʻtmishi, Grammatikasi, Soʻzlar tuzulishi Rossiya 4-5 million (migrantlar) Oʻzbek Tili: Oʻtmishi, Grammatikasi, Soʻzlar tuzulishi Tojikiston 1.386 million
Oʻzbek Tili: Oʻtmishi, Grammatikasi, Soʻzlar tuzulishi Qirgʻiziston 986 ming
Oʻzbek Tili: Oʻtmishi, Grammatikasi, Soʻzlar tuzulishi Qozogʻiston 638 ming

Oʻzbek Tili: Oʻtmishi, Grammatikasi, Soʻzlar tuzulishi Turkmaniston 558 ming
Tartiblovchi tashkilot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Oʻrni 32
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Alifbosi lotin, kirill, arab
Til kodlari
ISO 639-1 uz
ISO 639-2 uzb
ISO 639-3 uzb,
uzn — Shimoliy,
uzs — Janubiy

Oʻzbek tili ham barcha turkiy tillar kabi agglyutinativ tildir.

Davlat tili toʻgʻrisidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda qayta ishlanib ancha toʻliqlantirildi.

Oʻtmishi

Oʻzbek adabiy tili oʻtmishi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:

Miloddan avvalgi davrlardan to X yuzyillikgacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turk tili deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi misollari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI-VII asrlar) shu tilda yaratilgan.

XI—XIV yuzyilliklarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk soʻzliklari toʻplamii“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Qutga etuvchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissasi Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.

XV yuzyillikdan XIX yuzyillikning ikkinchi yarmigacha qoʻllangan til eski oʻzbek adabiy tili deb otlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijod etganlarning asarlari shu tilda yaratilgan.

Oʻzbek xoni Muhammad Shayboniy (1451-1501) oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shunaqa gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ otli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan oʻgitlardan tuzulgan kitobi (birdan-bir nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan.

XIX yuzyillikning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatilib kelinayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ chiqa boshlagan vaqtdan (1870-yildan) to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining ishlariga kiradi.

Oʻzbek tili XI yuzyillikdan boshlab mustaqil til kabi koʻrinishni boshladi va XIII yuzyillikda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.

Eski oʻzbek tilining oʻsishi va saqlanishi buyuk Alisher Navoiyning oti bilan bogʻliqdir. Navoiy eski oʻzbek tilidan bilinmagan yetukligidan qoʻllanib qaytarilmas asarlar yaratadi, bu tilni ilmiy tomondan chuqur oʻrganadi va „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ otli yirik ilmiy asar ham yozadi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan kemtik emasligini ishonarli koʻrsatishlar bilan isbotlab beradi.

Grammatikasi

Kelishiklar

Oʻzbek tilida 6 ta kelishik bor.

Kelishiklar Kelishik koʻrsatkichlari Kelishik savollari Misollar
1 Bosh kelishik  — Kim? nima? qayer? Dono, kitob, Toshkent
2 Qaratqich kelishigi -ning Kimning? nimaning? qayerning? Dononing, kitobning, Toshkentning
3 Tushum kelishigi -ni Kimni? nimani? qayerni? Dononi, kitobni, Toshkentni
4 Chiqish kelishigi -dan Kimdan? nimadan? qayerdan? Donodan, kitobdan, Toshkentdan
5 Joʻnalish kelishigi -ga Kimga? nimaga? qayerga? Donoga, kitobga, Toshkentga
6 Oʻrin-payt kelishigi -da Kimda? nimada? qayerda? Donoda, kitobda, Toshkentda

Soʻzlar tuzulishi

Soʻzlar tuzulishi — yunoncha Lexikos(Leksika)dir. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining soʻzlari tuzulishi asosan, 5 irmoq negizida tuzulgan:

  1. Eski turk tili (kunimizdagi Turkiya davlati tili emas) soʻzlari;
  2. Arab tili soʻzlari;
  3. Fors tili soʻzlari;
  4. Ikki turli soʻzlar;
  5. Ovrupa tillari soʻzlari;

Eski turk tili(eski oʻzbekcha yoki chigʻatoy tili) bugungi oʻzbek tilining asos irmogʻidir. Chunonchi: kishi, ot, qoʻl, oyoq,…

Arab soʻzlari oʻzbek tiliga VII—VIII yuzyilliklardan kirib kela boshlaydi. Bu arablarning shu chogʻda Oʻrta Osiyoni bosib olishlari bilan bogʻliq. Arab soʻzlari birinchi oʻrinda din sababi orqali oʻzbek tiliga kirgan. Chunonchi: vaqt, fursat, daqiqa, soniya,…

Oʻzbek tiliga Fors tili soʻzlarining kirib kelishi forslarning bosqinchilik yurishlari, savdo aloqalari va oʻrta chogʻdagi barcha fors geografiyasiga yaqin davlatlarning oʻz ichki davlat ishlarida fors tilini qoʻllaganligi, shu yuzdan Oʻzbekiston tuproqlarida bor boʻlgan davlatlar, bilan bogʻliq. Chunonchi: dasturxon, hamroh, parda, poyabzal, oftob,…

Ikki turli soʻzlar: ikki tildan, eski turk bilan forscha, eski turkcha bilan arabcha va arabcha bilan forscha soʻzlarning ulanishidan va yoki baʼzida bu 3 tildan soʻz va qoʻshimchalar ulanishidan yasalgan. Chunonchi: ishxona, bebosh, koʻzoynak; qabilaboshi, bezbet, musiqachi; mayxoʻr, darvoqe, baquvvat; odamgarchilik,…

Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Oʻzbek milliy tilining shakillanishi va rivojlanishida rus millatining tili gʻoyat katta rol oʻynaydi. Rus xalqi bilan oʻzbek xalqi orasidagi yaqin aloqa, ayniqsa ruslarning iqtisodiy va madaniy taʼsiri rus tilidan ruscha va yevropa tillariga oid soʻzlarning oʻzbek tiliga kirib kelishiga sabab boʻlgan. Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar: fabrika, gimnaziya, doktor, shapka…

Yozuvi

Tarixda oʻzbek tilini yozish uchun koʻp alifbolardan qoʻllanilgan. 1928-yilgacha savodli kishilar oʻzbek tilini arab yozuvida yozishgan. 1928-yildan 1940-yilgacha oʻzbek tili lotin yozuvida yozilgan. 1940-yil Iosif Stalinning buyrugʻi bilan majburan kirill yozuviga oʻtilgan. 1992-yilgacha oʻzbek tili shu yozuvda yozilgan. 1993-yil Oʻzbekiston rasman lotin yozuvini yana qaytadan kirgizdi. Hozirda Oʻzbekistonda taʼlim joylarida lotin yozuvidan qoʻllaniladi. Shunday boʻlsa ham yoshi kattalar va Oʻzbekiston tashqarisida yashaydigan oʻzbeklar hali ham kirill yozuvidan foydalanishadi.

Alifbodagi oʻzaro farqlar (Alifbodagi oʻzaro farqlar)
Arabcha (Arabcha) Lotincha (Lotincha) Kirillcha (Kirillcha) Lotincha (Lotincha) Xalqaro Fonetik Alifbosi (Xalqaro Fonetik Alifbosi)
—1929 1936—-1940 1940—-1992 1992—
ﺍ, ه Ə ə A a A a [a], [æ]
B b B b B b [b]
D d D d D d [d̪]
E e E e E e [e]
F f F f F f [f]
گ G g G g G g [gʲ]
ﺡ,ﻩ H h H h H h [h]
ی I i I i I i [ɪ]
ﺝ, ژ Ç ç, Ƶ ƶ J j J j [ʤ]
K k K k K k [kʲ]
L l L l L l [l]
M m M m M m [m]
N n N n N n [n]
A a O o O o [ɔ]
پ P p P p P p [p]
Q q Q q Q q [q]
R r R r R r [ɾ]
ﺙ,ﺱ,ﺹ S s S s S s [s]
ﺕ,ﻁ T t T t T t [t̪]
U u U u U u [u]
V v V v V v [v], [w]
X x X x X x [χ]
ی J j Y y Y y [j]
ﺫ,ﺯ,ﺽ,ﻅ Z z Z z Z z [z]
O o Oʻ oʻ Oʻ oʻ [o]
Ƣ ƣ Gʻ gʻ Gʻ gʻ [ʁ]
Ş ş Sh sh Sh sh [ʃ]
چ C c Ch ch Ch ch [ʧ]
ء, ع ' Ъ [ʔ], [ː]

Arab yozuvi

Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

Yanalif

1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin yozuviga (yanalif) oʻtilgan. Undan 1940-yilga qadar foydalanilgan.

A a B b C c Ç ç D d E e Ə ə F f
G g Ƣ ƣ H h I i J j K k L l M m
N n N̡ ᶇ O o Ө ө P p Q q R r S s
Ş ş T t U u V v X x Y y Z z Ƶ ƶ
'

Kirill yozuvi

1940-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-1940-yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.

A a B b V v G g D d Ye e Yo yo J j
Z z I i Y y K k L l M m N n O o
P p R r S s T t U u F f X x Ts s
Ch ch Sh sh Ъ ʼ E e Yu yu Ya ya Oʻ oʻ
Q q Gʻ gʻ H h

1940-yildan 1991-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.

Lotin yozuviga koʻchish

1993-yil Turkiya lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi ishlab chiqilgan, 1995-yil bu alifbodagi „ö“, „ğ“, „ş“, „ç“ harflari „oʻ“, „gʻ“, „sh“, „ch“ga oʻzgartirilib, hozirgi holga keltirilgan.

A a B b D d E e F f G g H h I i
J j K k L l M m N n O o P p Q q
R r S s T t U u V v X x Y y Z z
Oʻ oʻ Gʻ gʻ Sh sh Ch ch ng ʼ

Eslatmalar

Havolalar



Tags:

Oʻzbek Tili OʻtmishiOʻzbek Tili GrammatikasiOʻzbek Tili Soʻzlar tuzulishiOʻzbek Tili YozuviOʻzbek Tili EslatmalarOʻzbek Tili HavolalarOʻzbek TiliKonstitutsiyaOltoy tillariOʻzbekiston RespublikasiTurkiy tillar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OntologiyaTushunchaInternet tarixiElektrokardiogrammaSharq falsafasiArastuMorfologiyaBuddizmVoyaga yetmaganlar javobgarligiSharq taronalariSaʼdiy SheroziyNutqImom al-BuxoriyAl-XorazmiyHanafiylikJarohatGoogleAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiFacebookQoʻqon xonligiOlmaSakrashEkosistemaOscar WildeIjtimoiy himoyaOt (hayvon)DaryoOʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiOb-havoLondonTemirXivaShaharAdobe PhotoshopLipidlarOngIssiqlik oʻtkazuvchanlikOvqat hazm qilishOsiyo davlatlari roʻyxatiIjro etuvchi hokimiyatVatanKesimSpirtlarAfrikaAntonimlarDunyoning yetti moʻjizasiMetodologiyaGenetikaOt (soʻz turkumi)Ommaviy madaniyatMaqolXalqaro Turkiy Madaniyat TashkilotiElektron hukumatElektrolizTovush (tilshunoslik)Ishlab chiqarish harajatlariOʻzbek lotin alifbosiOʻsmalarInson tanasiDasturlash tiliPoʻlatGektarPul-kredit siyosatiIsitmaSoʻz turkumlariBaliqlarKarbon kislotalarOq ayiqMisOmmaviy axborot vositalariDorivor oʻsimliklarIspaniyaIqbol MirzoOʻzgaruvchan tokVodorodDiniy ekstremizmIntegratsiyaInson huquqlari🡆 More