Devon Davri: Yer geologik tarixi paleozoy eratemasining toʻrtinchi davri

Devon davri, devon sistemasi (Bukj Britaniyadagi Devonshir grafligi nomidan) — Yer geologik tarixi paleozoy eratema (era)sining toʻrtinchi davri va oʻsha davrda hosil boʻlgan yotqiziklar.

Geoxronologik shkala mln
yil
avval
Eon Era Davr 0
F
a
n
e
r
o
z
o
y
Kaynozoy Toʻrtlamchi 2,58
Neogen 23
Paleogen 66
Mezozoy Bor 145
Yura 201
Trias 252
Paleozoy Perm 299
Karbon 359
Devon 419
Silur 444
Ordovik 485
Kembriy 539
Kembriygacha Proterozoy Neo-
proterozoy
Ediakariy 635
Kriogeniy 720
Toniy 1000
Mezo-
proterozoy
Steniy 1200
Ektaziy 1400
Kalimiy 1600
Paleo-
proterozoy
Stateriy 1800
Oroziroy 2050
Ryasiy 2300
Sideriy 2500
Arxey Neoarxey 2800
Mezoarxey 3200
Paleoarxey 3600
Eoarxey 4000
Katarxey 4600
Manba

Silur davridan keyin (438 mln. yil avval) boshlanib karbon davrigacha 48 mln. yil davom etgan (qarang Geoxronologik shkala, 1993). D.d. geol. faniga dastlab 1839 i. ingliz geologlari A. Sejvik va R. Murchisonlar tomonidan kiritilgan. D.d. uch boʻlim (quyi, oʻrta va yuqori) va 7 yarusga boʻlingan (qarang Geoxronologiya). RFda D.d.ning quyi boʻlimi loxkov, praga va ems yaruslariga; oʻrta boʻlimi eyfel va jivet yaruslariga; yuqori boʻlimi-fran va famen yaruslariga boʻlingan (jadvalga q.). Quyi D.d.da kaledon burmalanishi sodir boʻlganligi sababli yer yuzasining koʻp qismidan dengiz chekingan. Yer yuzasida qizil rangli kontinental — laguna yotqiziqlarining qalin qatlami hosil boʻlgan. Ayrim joylarda shiddatli vulkan otilishlari kuzatilgan. Oʻrta va yuqori devonda platforma va geosinklinallarda Yer poʻstining choʻkishidan keng maydonda dengiz transgressiyasi vujudga kelgan, soʻnggida esa kuchli dengiz chekinishi boʻlib oʻtgan. Terrigen (boʻlakli), karbonatli, baʼzi joylarda tuzli yotqiziklarning qalin qatlami hosil boʻlgan. D.d. uchun turli suvoʻtlar xos boʻlib, davr boshlarida yerdagi oʻsimliklardan riniofitlar, keyinchalik qirqboʻgʻimsimon, plaunsimon, oddiy qirqquloqlar, yuqori devonda qirqquloq va pteridospermlar tarqalgan. Dengizlarda baliklar, foraminifera, marjon, os-trakoda, braxiopoda, ammonoideyalar yashagan.

Devon davri (sistemasi)ning boʻlinishi Sharqiy Yevropa tekisligi, Kaspiyboʻyi pasttekisligi va Oʻrta Osiyoda D.d.da arid (quruq) iqlim, bu mintaqadan shim. va jan.da esa tropik (gumid) iqlim boʻlgan. Devon yotqiziklari barcha materiklarda mavjud. Shar-qiy Yevropa va Osiyo shim.da D.d jinslari katta maydonlarda tarqalgan. Platforma, mioevgeosinklinal va orogen formatsiyalari farq kilinadi. Sharqiy Ural, Jan. Tyanshan, Rudali Oltoy va Uzoq Sharqning evgeosinklinal zonalarida vulkanitlar muhim rol oʻynaydi. Orogen zonalarda (Markaziy Qozogʻiston, Oltoysayan oblasti) bir necha km kalinlikda yer ustki (vulkan) formatsiyalari (liparit, bazalt-andezit va andezit) rivojlangan. Granitoid va asos intruziyalar keng tarqalgan.

Oʻzbekistonda D.d. yotqiziqlari Chatqol-Qurama, Turkiston-Olay togʻ sistemasida, Zarafshon, Hisor, Zirabuloq, Nurota, Sulton Uvays toglarida va Qizilqum-Nurota regionida tarqalgan. Bu joylarda D.d. bir qancha mahalliy svitalarga ajratilgan konglomerat, qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, alevrolit, kvarsit va b. effuziv jinslardan iborat. Sistema yotqiziqlarining toʻliq kesmasi Jan. Tyanshanda aniqlangan. D.d. jinslarida boshoyoqlilar, graptolitlar, ignatanlilar, yelkaoyoqlilar, yumshoqtanlilar, qisqichbaqasimonlar va b. uchraydi. D.d. silur davridan hayvonot va oʻsimlik dunyosining oʻzgarganligi bilan farq qiladi. Masalan, D.d.da qisqichbaqasimonlar ancha kamaygan, silurda paydo boʻlgan boshoyoqlilar esa juda rivojlangan.

D.d.ning boshlarida Oʻzbekiston hududining jan. qismi iliq suvli, uncha chuqur boʻlmagan, koʻp orolli, ayrim joylarida harakatdagi vulkanli dengizdan iborat boʻlgan. Jivet yarusida dengiz shim.ga tomon siljigan va ancha chuqurlashgan. Natijada kichik orollar suv qaʼriga choʻkib, yirik orollarning yuqori qismlarigina suv ustida qolgan. Famen yarusiga kelib hozirgi Oʻzbekiston hududining deyarli hamma joyini dengiz qoplab olgan. Bu holat quyi karbon davrida ham davom etgan. D.d.da gersin burmspanishining bir necha fazasi boʻlib oʻtgan. Uning natijasida Chatqol, Piskom, Qoratov, Qurama va b. togʻlar paydo boʻlgan. Oʻzbekistondagi D.d. jinslarida qoʻrgʻoshin, mis, rux, simob va b. konlari bor. Xorijda D.d. yotqiziqlarida neft va gazning katta zaxirasi Sharqiy Yevropa (Volga-Ural, Timan-Pechora, Pripyat havzalari), Shim. Amerika (Uilliston, Illinoys, Perm, Michigan havzalari), Afrika (Sahroi Kabir — Oʻrta dengiz havzasi) va Avstraliya platformalarining ichki va chekka qismlaridagi strukturalarda joylashgan, osh tuzi va sulfatlarning qatlamli uyumlari (Sharqiy Yevropa, Sibir, Shim. Amerika va Avstraliya platformasi), kaliy tuzlari (AQSH, Ukraina), temir-marganets va qoʻrgʻoshin rudalari (Markaziy Qozogʻiston), boksit (Shim. Ural va Salair) konlari mavjud.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Tags:

1993Geoxronologik shkalaGeoxronologiyaPaleozoy eratemasi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Sport gimnastikasiDaosizmSaljuqiylar imperiyasiAseptikaBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiJinsiy aʼzolarSamarqandOmmaviy madaniyatIrodaOsiyo davlatlari roʻyxatiDorivor oʻsimliklarFeʼlKuyishParatsetamolEpistemologiyaUlugʻbek rasadxonasiShum bola (film)KasrSeks-ramzJahongir OrtiqxoʻjayevUrgʻuSharq falsafasiAromatik uglevodorodIntegratsiyaInsultEritrotsitlarAutizmYomgʻirDomantas SabonisBozor iqtisodiyotiga oʻtishShveysariyaMashinaMuhammad Sodiq Muhammad YusufGektarOntologiyaMetaverseTinish belgilariMirzo UlugʻbekEpiteliyYoʻl belgilariFalastin DavlatiDavlatJaloliddin ManguberdiBuyuk Ipak yoʻliIngliz tili69 (jinsiy poza)TerrorizmXrom (kimyoviy element)YaponiyaShizofreniyaSifatIkki eshik orasiTeri kasalliklariDiniy tashkilotQandli diabetKoinotErkak jinsiy aʼzosiFotorezistorTexasChigirtkaOila tarbiyasiKislorodUrush davridagi jinsiy zoʻravonlikAnilingusImomi AʼzamVodorodAxborot xavfsizligiVaqt oʻlchov birliklariShokOʻsimliklarVoleybolMorfemaHamid OlimjonHujayraParlamentPestitsidlarBolalar psixologiyasiSamarqand viloyatiPsixologiya tarixi🡆 More