Sifat

Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi.

Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rang-tus, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va sh.k.ga koʻra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va boshqa Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa

Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. Sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Mas, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang, balosi yuqar.



Tags:

Belgi (soʻz)GrammatikaSoʻzSoʻz turkumlariTilshunoslikXususiyat

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

LoyihaFeʼlMatematikaNuqtali vergulJanubiy Afrika RespublikasiSanitariyaBiotsenozTBC Bank (Oʻzbekiston)HikoyaShum bola (film)Xiva xonligiBozorXulosa chiqarishAmir TemurJamiyat falsafasiToʻldiruvchiEgaNitrat kislotasiShaxmatAsrga tatigulik kunHuquqEmailVirusli gepatitLionel MessiDorivor oʻsimliklarParlamentAlbert EinsteinIslom KarimovSaturnElektromagnit induksiyaShizofreniyaDevonu lugʻotit turkForobiyKosmonavtikaSirdaryo (viloyat)Said AhmadQoʻshma gapPedagogik psixologiyaInson tanasiBiosferaMerkuriyOila tarbiyasiLeksikologiyaTabiat resurslariKompetensiyaSalib yurishlariDavlat hokimiyati vakillik organlariAtirgulTafakkurHisobotTabiatni muhofaza qilishUglerodTremorPublitsistikaReleTURKSOYVaboAhmad YassaviyBotir ZokirovOʻzMEUrbanizatsiyaErkak jinsiy aʼzosiHayvonlarAbdulla OripovQitʼaErkin VohidovAzot oksidlariOksidlanish-qaytarilish reaksiyalariOʻsmalarMilliy dinlarTalab va taklifGormonlarTuproqMagnit maydonQadimgi YunonistonRassomlik sanʼatiDispanserKoʻchirma gap🡆 More