Diversifikatsiya (lot.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Bundan tashqari uning kredit diversifikatsiya koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obʼyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday diversifikatsiya tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan bogʻliq.
Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni 20-asrning 50-yillari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois diversifikatsiya harakteri mazkur davlatlarning ijtimoiyiqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan belgilanadi. Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoklilik tusini oladi. Ular avvalo koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Mas, AQSH konsernlari xizmat koʻrsatish, qurilish, yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va b.da faoliyat yuritdi.
Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalarida asosiy mahsulot turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Diversifikatsiya, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.