Shaxmat Tarixi

Shaxmat tarixi bir yarim ming yillik tarixga ega.

Farazlarga ko'ra shaxmat hindlarning Chaturanga o'yini bo'lib bu forslar tomonidan o'zlashtirilib o'zgartirishlar kiritilib shatranj deb atalgan! 7-asrda arablar Eronni egallagandan so'ng,shatranj Arab xalifaligiga tarqaldi.Arablar esa shatranjni Yevropaga tarqatishdi. XV-asr oxirlarigacha shaxmatdagi Farzin va Filning o'yindagi xarakatlari cheklangan edi,shu paytdan boshlab esa zamonaviy ko'rinishga ega bo'ldi. O'yin sezilarli darajada o'zgardi,tezlashdi,oqlar o'yinni boshlab bergani uchun o'yinning ilk bosqichidayoq hujumda va joylarni egallashda ustunlikka ega bo'lishdi.

Shaxmat Tarixi
1984-1990-yillarda shaxmat bo'yicha o'n ikkinchi va o'n uchinchi jahon chempionlari Anatoliy Karpov va Garri Kasparov jahon chempioni unvoni uchun 5 ta o'yin o'tkazishdi.

XIX-asr o'rtalarida dastlab turli shahar va davlatlarning eng kuchli shaxmatchilari o'rtasida o'yinlar shaklida asrning ikkinchi yarmidan esa xalqaro turnirlar ko'rinishida xalqaro musobaqalar tizimi paydo bo'ldi.1886-yil Vilgelm Steynis Iogann Sukertortni mag'lub etdi va shaxmat bo'yicha 1-jahon chempioni deb e'lon qilindi.Shu musobaqadan keyin shaxmat bo'yicha jahon chempionatlari tarixi boshlandi. 1924-yil Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tashkil etildi. 1946-yili to'rtinchi jahon chempioni Aleksandr Alyoxin vafotidan keyin keyingi unvon egalari FIDE tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida sportcha tanlov tizimi tomonidan tasdiqlanardi.XX-asr oxirida shaxmatda bo'linish yuz berdi: Jahon chempioni Garri Kasparov va raqibi Naydjel Short FIDE homiyligida bo'lmagan yana bir o'yin o'tkazdilar va 1993-2006-yillarda bir vaqtning o'zida FIDE bo'yicha jahon chempionlari va "Klassik" yo'nalish bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. 2006-yildan jahon chempionati qur'a tashlash marosimi birlashtirildi va 2013-yildan beri uni norvegiyalik Magnus Karlsen o'tkazmoqda.

XX-asrning ikkinchi yarmida dunyoda kompyuter shaxmati rivojlana boshladi.1979-yillarda dasturlar juda zaif darajada o'ynagan bo'lsa,1997-yilda IBM tomonidan ishlab chiqilgan "Deep Blue" kompyuteri o'sha vaqtda amaldagi jahon chempioni Garri Kasparovni 3,5:2,5 hisobda mag'lub etdi.20-asrning ikkinchi yarmida dunyoda kompyuter shaxmati rivojlana boshladi.XXI-asr boshlariga kelib shaxmat dasturlarini kuchliligi insoniyat tomonidan tan olina boshlandi.

Shaxmatning kelib chiqishi.Chaturanga

Hindiston shaxmatning vatani hisoblanadi,chunki miloddan avvalgi VI-asr oxirlarida paydo bo'lgan Chaturanga o'yini (санскр. चतुरङ्ग) shaxmatning to'g'ridan-to'g'ri qadimiy o'xshashidir.Chaturanga 8x8 o'lchadagi taxtada shaxmat donalariga o'xshash donalarda o'ynaladi va o'yindan maqsad raqib shoxini mot qilish edi. Arxeologik va yozma ma'lumotlarga ko'ra shaxmatning kelib chiqishini qadimgi Xitoy va Sosoniy hukmdorligidagi fors davlatiga bog'lovchi ayrim dalillar bor lekin bu dalillar yetarli emas.

Chaturanga xaqidagi ilk yozma ma'lumotlar qirol Xarshi Bano (VII asr) davrida sanskrit tilida yozilgan "Xarchasharita" tarixiy solnomasida yozilgan.Eski fors tilida yozilgan "Chatrang-Namak" ("Shaxmat haqidagi") risolasida shaxmat Hindiston hukmdori shaxanshox Xisrav 1 (531-579) tomonidan sovg'a qilingani hikoya qilinadi.Bu afsona tarixiy asosga ega va Xisrav 1 hukmdorligi vaqtida forslaning chaturanga bilan tanishishi aniqlanadi.Arab tarixchilari shaxmat Hindistonda paydo bo'lgani u yerdan forslarga berilgani haqida tarixiy ma'lumotlar kam berilgan. Bir qator arab tarixchilari shaxmatning paydo bo'lishi haqida har xil afsonalarni yozib qoldirishgan.Afsonaga ko'ra podshox shaxmatni yaratgan odamdan tilagini so'rganda u hukmdordan mukofot o'rniga shaxmat taxtasining har bir keyingi katagida donalarni ikki barobarga ko'paytirganda olinadigan don miqdorini talab qilgan.Ko'p o'tmay podshox bu so'ralgan miqdordagi bug'doy sayyorada yo'qligini tushunadi.(u 2 64 - 1 = 18 446 744 073 709 551 615 ≈ 1,845 × 10 19 ga teng).Bir vaqtning o'zida bir nechta tarixchilar shaxmat kashfiyotchisining ismini Sassa yoki Sissa deb aytishadi.Bu afsona al-Adli,al-Yakubi,al-Beruniy va boshqalarning asarlarida uchraydi.

Chaturangada donalarning ba'zi harakatlari IX-asrda shoir Rudratining "Kavyalankara" dostonida keltiriladi. Asarda yozilishicha butun taxta bo'ylab otning yurishi,farzinning xarakatlari zamonaviy shaxmatda xam bor.Biroq Chaturanganing to'liq qoidalari aniq ma'lum emas.

Beruniyning "Hindiston" asarida (taxminan 1030-yil) 8x8 o'lchamdagi taxtada quyidagi donalar bo'lgan ekan: shox,fil,farzin va to'rtta piyodadan iborat to'rtta to'plam bo'lgan. XVIII-asrda ingliz tadqiqotchisi Xayrem Koks 4 kishilik chaturanga 2 kishilik zamonaviy shaxmatning paydo bo'lishiga zamin yaratgan degan. Dunkan Forbes "Shaxmat tarixi" (1860) asarida keltirilgan farazda jon borday.Farazga ko'ra zamonaviy shaxmatning kelib chiqishiga zar o'ynashning din tomonidan taqiqlanishi tufayli kelib chiqqan deyiladi.Garold Myurrey o'zining "Shaxmat tarixi" (1913) asarida keltirishicha Koks-Forbes farazi bir necha ming yillik hind matnlarining noto'g'ri tarjimasi tufayli chaturanga 4 kishidan iborat o'yin deya atalishiga sabab bo'lgan deydi. Lekin chaturanga 4 kishi tomonidan o'ynalgani xali xam mashxur adabiyotlarda uchraydi.

Shatranj

Shaxmat Tarixi 
XIV-asr fors miniaturasi "Shaxmatni o'zlashtirgan Bozorgmexr" ("Shohnoma" asariga ishlangan surat)

Ma'lumotlarga ko'ra VI-asr oxirida Chaturanga forslarga ma'lum bo'lgan va uni chatrang (пехл. چtrnḥ) deyishgan. O'yin haqida o'rta fors tilidagi "Papakning o'g'li Ardashir amallari kitobi" (tax.600-yil) asarida keltiriladi. Forslarni arablar mag'lub etgandan so'ng (VII-asr) chatrang bilan tanishishgan va arab tilida o'yinni shatranj deb nomlashgan (arabcha: شَطْرَنْج)

Arab adabiyotlarida shatranj qoidalari batafsil ma'lum qilingan: g'alabaga mot,turg'unlik yoki raqibning barcha donalarini qirib tashlash orqali erishilgan.Donalarning zamonaviy shaxmat xarakatlaridan farqli joylari farzinning (faqat bitta kvadrat va har qanday diagonal yo'nalishda harakatlanadigan dona) va fil (har qanday diagonal yo'nalishda harakatlanadi) va hech qanday almashtirish yo'q! Piyodalar esa faqat to'g'riga harakatlanib,qanotlardan hujumga o'tishda asosiy rolni o'ylagan.Oxirgi qatorga yetib borganda esa farzinga aylangan. Shatranj uzoq muddatli turli taktikalar,manevrlarni o'z ichiga olgan sekin o'yin edi.Farzin va filning vazifasi o'z maydonlarini zaif nuqtalarini yopish va raqibning zaif nuqtalarini qidirib topib o'yinni nazorat qilishdan iborat edi. O'yin debyutida o'yinchining birinchi vazifasi piyodalardan foydalanib hujum va himoya konfigurasiyasini tuzish bo'lar edi.

Shaxmat boshidanoq shariatga mos kelishi aniq emas edi.Shaxmat to'g'ridan-to'g'ri "Qur'on" da tilga olinmagan,muqaddas kitobda qimorga oid o'yinlar taqiqlangan edi. VIII-asrning nufuzli diniy arboblaridan Abu Hanifa shaxmatni maqbul,lekin makruh o'yin-kulgu turiga kirgazgan.Uning zamondoshi Malik ibn Anas shaxmatni so'zsiz harom deb bilga,diniy ulamo va huquqshunos ash-Shafii o'zi shaxmat o'ynagan va bu aqliy yuksalish maqsadida amalga oshirilganda (masalan,harbiy qo'mondon o'ynaganda ayniqsa) hech qanday qoidalar buzilmasligini tushuntirdi. Abbosiylar sulolasi hukmronligi davrida (750) shatranj islom olamida keng tarqaldi. Tarixchilarning ta'kidlashicha shaxmat o'ynagan birinchi abbosiy xalifasi Horun ar-Rashid (786-809) bo'lib,u kuchli shaxmatchilarni jamlab ularni mukofotlagan xam ekan. Uning o'g'li xalifa al-Ma'mun 819-yili Xurosondan Bag'dodga ketayotib,o'z davrining eng kuchli shaxmatchilari bo'lgan Jobir al-Kufi,Abdeljafar al-Ansoriy va Zayrab Katai o'rtasidagi shaxmat baxslarini tomosha qiladi. Xalifa saroyida shaxmat risolalari paydo bo'la boshladi: kutubxonachi Ibn an-Nadim al-Adliy,ar-Roziy (IX-asrda), as-Suli,al-Lajlaj va ibn Aliklidis (X-asrda) asarlari bo'lgan.Al-Adliy ar-Roziyga qarshi o'yinda mag'lub bo'lgunga qadar o'z davrining eng kuchli shaxmatchisi bo'lgan.

Sharqiy Osiyoda shaxmat

Shaxmat Tarixi 
Syansi

Hindistondan sharqqa tarqalgan chaturanga katta o'zgarishlarni boshdan kechirdi natijada bir-biridan va zamonaviy shaxmatdan juda farq qiladigan bir nechta o'yinlar paydo bo'ldi.Lex,Kashmir va Qoraqurum dovoni orqali o'tgan savdo yo'llar Hindiston va Xitoyni bog'lab turgani uchun Xitoy shaxmat bilan ancha erta tanish edi. Xitoy shaxmati syansi haqida ilk marta Nyu Senju "Syuan guay lu" to'plamida eslatib o'tgan ("Zulmat olamidagi mo'jizalar haqida ocherklar", IX-asrning 1-yarmi Tan sulolasi).Syansidan o'z navbatida koreyscha changi o'yini paydo bo'ldi,u qoidalariga ko'ra syansi bilan mos keladi.

Shaxmat Tarixi 
Makruk (Tailand shaxmati)

Tailand shaxmatida chaturanganing ko'plab belgilari saqlanib qolgan.Masalan: o'yin taxtasi,donalar to'plami va ularning harakatlari qisman chaturanga va shatranjga o'xshash. Bundan tashqari Birmada sittuyin shaxmati ham ma'lum (nomi chaturanga so'zidan kelib chiqqan) Makruk va sittuyindagi donalarning harakatlari bir-biriga o'xshash.

Shaxmat Tarixi 
Syogi

Yapon syogi shaxmatining rivojlanish tarixi noaniq.Ilk yozishmalar Fudzivari Yukinari tomonidan qoldirilgan deyiladi (taxminan 1000-yillar oldin),lekin bu ma'lumot ham kechikkan bo'lishi mumkin. Keyingi yozishmalar Fudzivari Akixiri tomonidan 1064-yilga to'g'ri keladi. Yapon ma'daniyatining ko'plab jixatlari kabi Yaponiyaga Xitoydan kelgan deb ishoniladi. Lekin syansiga unchalik ham o'xshamaydi.Yana bir faraz shundaki yapon dengizchilari Janubiy Sharqiy Osiyo mintaqasidagi o'yinlar bilan tanishishi natijasida makruk yoki sittuyinning o'zgartirilishi mumkin. Syogi beshburchak shakldagi bir xil rangdagi tekis donalar bilan 9x9 katakchali vertikal cho'zilgan taxtachada o'ynaladi.Syogining harakterli jixati shundan iboratki o'yinda raqibning donasini yegan o'yinchi uni o'z to'plamining bir qismi sifatida yana o'yin taxtasiga qo'yishi mumkin.

Shatranjning buryat-mo'g'ul ko'rinishiga ko'ra shatar yoki hiashatar deyiladi (nomi aniq "shatranj" ga o'xshash). Shaxmat mo'g'ullarga XVI-asr oxirida ma'lum bo'lgan bo'lsa kerak,chunki XVII-asrda mo'g'ul tarixchisi Sagan Sesen o'z asarida shaxmat o'yini haqida eslatib o'tilgan.-

Syansi,syogi va makruk hali xam o'z mamlakatlarida juda mashxur.Ma'lumotlarga ko'ra Tailandda 2 mln ga yaqin odam makruk o'ynaydi va atigi 5000 atrofidagi odamlar haqiqiy shaxmat o'ynaydi.

Shaxmatning Yevropaga kirib kelishi.

Shaxmat Tarixi 
Britaniya muzeyida namoyish etilgan Lyuis orolidan olib kelingan shaxmat donalari (taxminan XII-asr 2-yarmi Norvegiya)

Shaxmat Yevropada turli davrlarda hukmronlik qilgan Pireney yarim oroli va Sitsiliyadagi arab dunyosi bilan aloqalari natijasida paydo bo'lgan. G.Merrey shaxmat donalari nomlari va iboralari lotin tiliga IX-asrlardan boshlab kirib kelganini aniqlaydi. Shu bilan birga ba'zi manbalarda shaxmat haqida ma'lumotlarning yo'qligi,masalan frank tarixchisi Eynxardning "Buyuk Karl hayoti" (IX-asr boshi) yoki eski ingliz tilidagi (X-asr) lug'atidagi o'yinlar ro'yxati shaxmatning hududda noma'lum bo'lganidan dalolat beradi. Yevropa yozma manbalarida shaxmat to'plamlari haqida ilk marta XI-asrda graf Urjell Ermengol I (974-1010) va grafinya Ermizinde Karkasonskiy (1058-yil vafot etgan) vasiyatnomalarida qayd etilgan. XII-asrdan boshlab G'arbiy Yevropa manbalarida o'yin haqida ma'lumotlar uchraydi. Merrey Yevropa shaxmatida ikkita an'anani ajratib ko'rsatadi: biri arablashgan Ispaniyada paydo bo'lgan va Fransiyada mashxur bo'lgan va Norman istilosi tufayli Angliyada ikkinchisi Italiyada,keyinchalik Germaniya va Skandinaviyada rivojlangan.

1061-yilda Osti kardinal yepiskopi Pyotr Damiani Rim papasi Aleksandr II ga yozgan xatida Florensiya yepiskopini shaxmat o'ynaganlikda aybladi,chunki uning fikricha shaxmat va zar bilan qimor o'yini o'rtasida hech qanday farq yo'q edi."Muqaddas havoriylar qoidalari" da shaxmatni taqiqlash va u bilan shug'ullanganlar taqibga olinishi yozilgan. Enn Sanneksning yozishicha keyingi harakatni amalga oshiruvchi dona zarlarning yuziga tushadigan tasodifiy songa qarab aniqlangan shaxmat XI-XIV-asrlarda Yevropada tarqalgan Boshqa o'yin-kulgu va qimor o'yinlari qatorida shaxmatni xam taqiqlashga urinishlar Yevropa monarxlari va ruhoniylari tomonidan bir necha bor qilingan.Bernard Klervorskiy "Tamplyerlar"nizomida (1128) uni taqiqladi,Parij yepiskopi Odon de Syulli (1208-yil vafot etgan) ruhoniylarga "shaxmatga tegish va uni uyda saqlashni" man qilgan,XIII-asrda shaxmat boshqa o'yin-kulgu va qimor o'yinlari bilan birga Fransiya qiroli Lyudovik IX,Angliya qiroli Genrix III va Kenterberri arxiyepiskopi Jon Pakxem tomonidan qoralangan. Biroq bu urinishlar samara bermadi shaxmat ziyolilarning eng sevimli mashg'uloti bo'lib qoldi.Tevton ordenining eng yaxshi magistri Verner fon Orzeln (1324-1330) shaxmatni ritsarlar uchun to'g'ri mashg'ulot deb hisoblab unga bo'lgan taqiqni olib tashladi. Bizgacha yetib kelgan shaxmatga oid ko'plab risolalar ruhoniylar orasida yaratilgan.

Shaxmat vikinglar orasida juda mashxur bo'lgan va uning Yevropadan Islandiyagacha tarqalishida muhim rol o'ynagan. Sagalarda shaxmat tez-tez tilga olinadi,masalan,XIII-asrda "Yer doirasi" da keltirishilicha Buyuk Knud shaxmat ustidagi janjaldan keyin Yarl Ulfni o'limga hukm qilganligi haqida hikoya qilinadi. Ehtimol 1831-yil Lyuis orolida (Gibrid orollari,Shotlandiya) topilgan shaxmat to'plami ham vikinglar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Morj tishi va kit tishidan o'yilgan 78 ta figuraning aniq joyi va vaqti noma'lum,ammo eng keng tarqalgan farazlarga ko'ra ular XII-asrning 2-yarmida Trondxaymda yasalishi mumkin edi.

Vizantiya imperiyasida shaxmat "zatrikion" (grekcha: Ζατρίκιον), forschada "chatrang" dan shakllangan bo'lib,u arabcha "shatranj" bilan almashtirilishidan oldin ham shaxmatning Vizantiyaga kirib kelishini IX-asrlarda kelgan deb faraz qilish imkonini beradi. Shu bilan birga Vizantiyada shaxmatga oid ma'lumotlarni arab tarixchilari qoldirishgan.Hususan X-asrda arab tarixchisi al-Masudiy va unga ergashgan boshqa arab tarixchilari Vizantiyada shaxmat dumaloq taxtalarda o'ynalganini ta'kidlaydilar. Konstantinapol qulagandan so'ng (1453), Vizantiya zatrikioni yo'qoladi.Zamonaviy yunon tilida o'yin "skiki" (lotincha scaci dan) deb ataladi.

Rus manbalarida "shaxmat" so'zi forscha so'zlardan shakllangan bo'lib,"shohga mat" (soʻzma-soʻz: “hukmdor urildi (sindirildi), forscha: شاه مات)‎ degan ma'nolarni bildiradi.Birinchi marta XIII-asrda XI va XII-asrlarga oid shaxmat donalari bo'lgan xazinalar topilganligi ma'lum. Rossiyaning arab xalifaligi bilan olib borgan savdo aloqalari sababli I.Savenkov,Merrey va I.Linderning farazlariga ko'ra sharqiy slavyanlar shaxmat bilan VIII-X-asrlardayoq tanish bo'lganlar. Shatranj Rossiyaga to'g'ridan-to'g'ri Forsdan va Xazar xoqonligi orqali yoki O'rta Osiyo xalqlaridan Xorazm orqali kelishi mumkin edi.Hususan "fil" va "farzin" arab yoki fors tilidan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinib nomlari sharqdan olinganligidan dalolat beradi. Rus shaxmat terminologiyasini Gruziya va Armaniston terminalogiyasi bilan taqqoslash shuni ko'rsatadiki na o'yin nomini,na dona nomlarini bu mintaqalarda ma'no va ohangda o'xshash emas.

Shaxmat Tarixi 
XIV-asr rus shaxmati va taxtasining bir qismi.


XVI-asrda shaxmatni atamalar bilan Moskva mitropoliti Daniil va "Domostroy" ruhoniysi Silvestr qoraladi. Rus provaslav cherkovi taqiqni bekor qilmadi,lekin u allaqachon qisman kuchini yo'qotgan edi. Sayoxatchilar Jorj Turbervil va Pavel Oderborn (1581) Rossiya davlatida shaxmatning keng tarqalgani haqida yozgan edi.(1589).Jerom Gorsey (1589) so'zlariga ko'ra shox Ivan Grozniy shaxmat taxtasi ustida vafot etgan yoki o'ldirilgan.("Rossiya haqida eslatma" bu qismi hali ham muommoli)

Shaxmat Tarixi 
Templyerlar shaxmat o'ynamoqda."O'yinlar kitobi" dan miniatyura.(1283)

XV-asrgacha bo'lgan Yevropa shaxmat tarixi bo'yicha eng qimmatli manba 1283-yilda qirol Alfonsa X davrida yozilgan "O'yinlar kitobi" nomi bilan tanilgan qo'lyozma yoki "Shaxmat taxtasi,suyak va taxtalar"kitobi xisoblanadi. Unda tasvirlangan shaxmat qoidalari shatranjdan meros olgan. Taxmina bir vaqtning o'zida Shimoliy Italiyada dominikanlik roxib Yakobus Sessolesning "Oddiy va oliyjanob odamlarning odatlari to'g'risida" asarida donalarning xozirgi shaxmatga o'xshash qoidalari keltirib o'tilgan.Masalan: shoxning rokirovkasi,pot bu durang,yordamchilarsiz qolgan "yalang'och qirol" xolati avtomatik mag'lubiyatni anglatmaydi.

Shaxmat Tarixi 
Lukas van Leydenning "Shaxmat o'yini" (taxminan 1508-yil).Rasmda Lukas van Leyden. " Shaxmat o'yini " (taxminan 1508-yil). Rasmda kuryer shaxmat o'yini ko'rsatilgan.

Kuryer shaxmati o'rta asrlarda Yevropa shaxmatining qo'shimcha donalarni kiritish bilan yagona modifikatsiyasidir. Ular haqida ilk yozishmalar Virnt fon Grafenbergning "Vigalua" (XIII-asr boshi) dostonidan o'quvchilarga ma'lumdir.Keyin kuryer shaxmat haqida XIV-asrda nemis shoirlari Geynrix fon Beringen va Konrad fon Ammenxauzen asarlarida uchraydi. O'yinning batafsil tavsifi Gustav Selenusning "Shaxmat yoki Qirol o'yini" (1616) risolasida mavjud.

Zamonaviy shaxmatning paydo bo'lishi.(XV-XVII-asrlar)

Shaxmat o'zining zamonaviy qiyofasini taxminan 1475-yilga borib taqaladigan qoidalarga kiritilgan 2 ta o'zgarishlar tufayli oldi.Farzinning istalgan yo'nalishda kvadratlar soniga o'ta oldi va eng kuchli donaga aylandi.Fil esa diagonal bo'ylab istalgan sonli maydonlar bo'ylab harakatlanadi.Ushbu yangiliklar o'yinni tubdan o'zgartirdi. Zamonaviy shaxmatning tug'ilgan joyi munozarali masala bo'lib qolmoqda. Zamonaviy ispan tarixchilari Rikardo Kalvo va Xose Antonio Garsonning XV-asr oxirida Valensiyada nashr etilgan "Muxabbat shaxmati" asarida shaxmat o'yinining zamonaviy qoidalariga ko'ra tasvirlagan.Valensiyalik shaxmatchi Franseska Visentaning "100 ta shaxmat partiyasi" (1495-yil) kitobidagi ma'lumotlar katta manba bo'lib xizmat qilgan. Kalvo va Garzon Lusenani Gottingen qo'lyozmasi muallifi deb hisoblaydilar va bu lotin tilidagi shaxmat muommolarini tasvirlaydigan risola deb aytishadi. Merrey esa Gyottingen qo'lyozmasini kelib chiqishini fransuzlarga taqaydi. 1512-yilda Rimda Pedro Damiano tomonidan birinchi italyan shaxmat darsligi nashr etildi (ammo u masalalarni Lusenadan olgan).Faqatgina XVI-asrda u 8 marta fransuz,nemis,ingliz tillarida qayta nashr etilgan. Lusenaning "Muxabbatning takrorlanishi va shaxmat san'ati" risolasi va Gyottingen qo'lyozmasida o'ndan ortiq debyutlar haqida ma'lumot beradi.Jumladan ular quyidagilar: Filidor himoyasi, filning yurishi,italyancha partiya,ispancha partiya,ruscha partiya,farzin gambiti kabilar qabul qilingan.

XVI-asr boshlarida yangi qoidalar bo'yicha shaxmat Ispaniya va Italiyada eski o'yin o'rnini egalladi.Asr o'rtalarida esa Yevropaning ko'plab qismiga tarqaldi.Angliyada esa Genri Xovard (1516-1547)ga yangi o'yin qoidalari ancha oldin tanish bo'lganligini uning she'rlaridan xam bilsa bo'ladi.Germaniya XVII-asrda Gustav Selenus guvoxlik berishicha eski qoidalar faqat Shtryobek qishlog'ida mavjud bo'lgan. Batafsil yozma manbalar yo'qligi sabab yangi qoidalar Rossiyaga qaysi vaqtda kirib kelganini aniqlashni imkoni yo'q.Linderning fikricha Rossiyada chet ellik sayoxatchilar o'yinning eski qoidalarini tan olishmaydi. Savenkov esa yangi qoidalarni boshqa qoidalar bilan birga Rossiyaga Yevropadan Pyotr I singdirgan deb hisoblaydi. Islandiyada taxminlarga ko'ra eski va yangi shaxmat XVIII-asr boshlariga qadar parallel ravishda o'ynalgan.

Yevropada shaxmat qoidalri bir xil bo'lmagan,xar bir mintaqaning XVI-XVII-asrlarda o'ziga xos hususiyatlari bor edi.

Shaxmat Tarixi 
Luidji Mussini. "Ispaniya qiroli saroyida shaxmat musobaqasi"(1883)

1561-yil Ispaniyada Ruya Lopes de Segurining shaxmat darsligi nashr etildi. 1574-1575-yillarda Ispaniya qiroli Filipp II saroyida Ruy Lopes va yana bir kuchli ispan shaxmatchisi Alfonsa Seron Italiyaning eng kuchli shaxmatchilari Leonardo,Polerio va Tomaso Kaputolar bilan bir qator o'yinlar o'tkazishdi va g'alaba italiyaliklarga nasib etdi.Lopes va Seron keyinchalik italiyalik shaxmatchi Paolo Boi bilan shaxmat o'ynashdi va mag'lub bo'lishdi.Go'liblar shox tomonidan mukofotlandi.Bu davrda badavlat insonlar yoki oliy ruhoniylarning mashxur shaxmatchilarga homiylik qilishi keng tarqalgan edi.Italiyada masalan gersog Jakomo Bonkompani bu bilan mashxur edi.Julio Polerioning shaxmat haqidagi yozuvlari taniqli tarixchi Fon der Lazaning kuzatuvlariga ko'ra debyutlarning taxlili,partiyalar davomi,o'yinchilar ismlari haqida ma'lumot beradi.Unda berilgan debyutlar avvalgilariga qaraganda ancha boy bo'lib,masalan qirolning gambiti,Karo-Kan himoyasi,ikki ot himoyasi va Fianchetto fili bilan o'zgarishlarning batafsil tahlilini o'z ichiga oladi.XVII-asrning birinchi yarmida Jaokino Greko sayoxatchi shaxmatchi sifatida mashxur bo'ldi va ko'plab qoldirgan qo'lyozmalarida ajoyib kombinatsiyalar bor edi.

XVI-XVII-asr oxirlarida Angliya va Fransiyada shaxmat qirollik saroyi mashxur o'yin bo'lgan (Kromvel hukrronligida puritanlar tomonidan taqiqlangan qisqa muddat).Ammo Italiya va Ispaniyaga qaraganda maxorat kuchsiz edi.O'sha paytda nashr etilgan shaxmat risolalaridan faqat Damianning darsligi ingliz tiliga o'girilgan edi.Shaxmat Angliyada ko'pincha teatrda qo'yilardi.1624-yil Tomas Middltonning "Globus" teatrida saxnalashtirilgan "Shaxmat o'yini" pesasida shaxmat donalari odamlardan iborat edi. XVII-asr oxirida ingliz sharqshunosi Tomas Xayd arabcha ma'lumotlarni to'plab katta ish qildi va shaxmatning hindlardan kelib chiqqanini taxmin qildi. 1706-yilgi fransuz nashridan ma'lum bo'lishicha Parij shaxmatchilarining 17 ta o'yini ma'lum bo'lib,ular taxminan 1680-yilda qirol gambiti bilan o'ynagan..

XVIII-asrda Shaxmat

Shaxmat Tarixi 
Kempelenning shaxmat mashinasi.1789-yilgi nashrdan gravyura.

XVIII-asrning boshlarida Parij va London kafelarida shaxmat o'yini mashxur bo'ldi.1692-yil Londonda "Old Sloters" shaxmat kafesi tashkil etilgan. Parijda uzoq vaqt davomida bunday joy bo'lmagan,ammo asrning ikkinchi yarmida "Kafe de lya Rejans" tashkil etilgan u butun Yevropaga mashxur bo'lganidan unga eng kuchli shaxmatchilar ham tashrif buyurib turardi. Mashxurlardan esa Volter va Didro shular jumlasidandir. 1737-yil Fransiyada Filipp Stammning "Shaxmat tajribasi" asari nashr etildi.Unda algebraik qoidalardan tashqari yuzlab masalalar va tadqiqotlar berib shaxmatga bo'lgan qiziqishni tiklanishiga sabab bo'ldi.

Asrning ikkinchi yarmida Italiyaning Modena shaxrida shaxmat o'yini tamoyillari asosida umumiy g'oyalar bilan birlashtirilgan shaxmat ustalari doirasi shakllandi: Janbatista Lolli,Erkol del Rio,Domeniko Ponsiani. Modenaliklarning fikriga ko'ra shaxmatchi donalarni tezroq terib chiqishi va raqib shoxiga hujumga tayyorlashi kerak.Agar hujum muvaffaqiyatli bo'lmasa o'yinchi boshqa taktikalarni ishlab chiqishi kerak.Yuqoridagi tamoyillar Italiya shaxmat maktabi deb ataladigan narsani tashkil qiladi.

Shaxmat Tarixi 
Fransua Andre Filidor.1772-yil

Fransua Andre Filidor vir necha o'n yil davomida bir vaqtning o'zida o'z davrining eng kuchli amaliyotchisi va o'yin g'oyasini sezilarli darajada o'zgartirgan nazariyotchi sifatida tanilgan birinchi shaxmatchi sifatida tan olingan. 1743-yilda 17 yoshida u eng kuchli parijlik shaxmat ustasi Legal de Kermur bilan qo'rqmasdan o'ynadi. 23 yoshida Filidor o'z davrining eng zo'r bo'lgan va o'nlab marta nashr etilgan "Shaxmat o'yini taxlili" risolasini nashr etdi. Filidor pozitsion o'yinning asosiy usullarini tasvirlab berdi. 1740-yillarning oxiridan boshlab Filidor Yevropa bo'ylab ko'p sayoxat qildi,Londonda Abraxam Yansenga qarshi dona surib uni mag'lub etdi.Stamm bilan esa 10 partiya o'ynab 8:2 hisobida g'alaba qildi garchi Stamm faqat oq donalarda o'ynagan durang ham uning g'alabasi deb kelishilgan. Filidor shaxmat taxtasiga qaramay bir vaqtning o'zida bir necha o'yin o'ynashi mumkin edi. 1755-yilda Filidor Parijga qaytib Legalni yutadi.1795-yili vafotigacha u ikki poytaxtni eng kuchli shaxmatchisi bo'lgan. Filidor ta'limoti "Modena maktabi"ning asosiy maqsadi edi.

1770-yil Venada Volfgang fon Kempelen ilk marta "shaxmat avtomati" ni taqdim etdi.Kempelenning vafotidan keyin yangi egasi Iogan Malzel bilan 1830-yillargacha qurilma Yevropa va AQSH bo'ylab sayoxat qildi.

1795-yili Venada Iogann Allagaier deyarli 50 yil nemis tilidagi shaxmat bo'yicha asosiy qo'llanmaga aylandi.

1763-yili 17 yoshli shoir Uilyam Jonsning "Kaissa" dostonida shaxmatning yaratilishini afsonadagi nimfa Kaissa bilan bog'laydi.Kaissani o'z navbatida italyan gumanisti Marko Jirolamo Vida 1527-yil nashr etilgan "Shaxmat o'yini haqida" she'rida ham tasvirlagan.

XIX-asr shaxmatni xalqaro sport turiga aylantirish

Fransuz shaxmat ustasi Aleksandr Deshapel XIX-asr boshlarida Yevropaning eng kuchli shaxmatchisi hisoblanib har bir o'yinda raqiblariga qo'shimcha imkoniyatlar berib o'ynardi.1821-yilda Deshapel hamyurti Lui Labourdonn va shotland Jon Koxren bilan "Uchlik turniri" tashkil qilindi.O'yin boshida raqib piyodasiga 2 ta yurish imkonini berdi.Natijada Luiga mag'lub bo'ldi va Jonni esa yutdi.1824-28-yillarda London va Edinburg shaxmat klublari o'zaro o'yinda Edinburg 2:1 hisobda g'alaba qildi. 1830-yil Angliya va Fransiyaning yetakchi shaxmatchilari Labourdon va Makdonnel o'rtasida 80 dan ortiq o'yin bo'ldi.Umumiy hisobda Labourdon g'alaba qildi.Bu Angliya va Fransiyada shaxmatning ommalashishiga sabab bo'ldi. 1836-yili Labourdon ilk shaxmatga ixtisoslashgan jurnal "Le Palamede"ni nashr etdi.Shundan so'ng ingliz Govard Staunton "Chess Players chronicle",1846-yil esa Lyudovig Bledov "Deutsche Schachzeiyung" jurnalini nashr etdi.

1830-yillar oxiri va 1840-yillar boshlarida Berlinda yetti shaxmatchidan iborat klub faoliyati tashkil topdi.Uning a'zolari : Paul fon Bilger,Tassilo fon Xaydebrand,Bledov kabi shaxmatchilar a'zo edi. Rus shaxmatchisi Karl Yanish ikki jilddan iborat "Shaxmat o'yini debyutlarning yangi taxlili" asarini nashr etdi. Yanish yetakchi shaxmatchi bo'lmagan bo'lsada uning ayrim debyutlari xozirgacha saqlanib kelmoqda.

XIX-asrgacha Rossiyada shaxmatga oid asarlar nashr etilmagan.Shaxmatchilar asosan chet el adabiyotlariga murojaat qilishadi. Ivan Butrimov rus tilidagi ilk kitob "Shaxmat o'yini haqida" (Peterburg,1821) muallifidir.Aleksandr Petrov bir necha yil yetakchi rus shaxmatchisi edi.U barcha kuchli vatandoshlarini mag'lub etdi,lekin chet ellik mashxur shaxmatchilar bilan o'ynamagan.1824-yil Aleksandr Petrov o'zining "Shaxmat o'yini" asarini nashr ettirdi.Lekin chet el shaxmatga oid adabiyotlari oldida uning asarini salmog'i deyarli sezilmadi. 1852-yilda "Sakt-Peterburg shaxmatni sevuvchilar jamiyati" nomli birinchi rus shaxmat klubi ro'yxatga olingan.

Shaxmat Tarixi 
"O'lmas partiya". Andersen-Kizeriskiy (London,1851-yil.).

1835-yilda Makdonnel va 1840-yilda Labourdon vafot etgach London va Parij o'rtasidagi baxslarda Govard Staunton va Per de Sen-Amant 1843-yilda musobaqa tashkil qilinadi.Unda Staunton 11 g'alaba,to'rt durang va oltita mag'lubiyat bilan g'alaba qozonadi.Ushbu o'yinlar Flidor davri bilan boshlangan shaxmatdagi fransuz gegemoniyasiga chek qo'ydi,Sitsiliya himoyasi,Farzin gambiti va keyinchalik Staunton nomi bilan tanilgan debyutni yuzaga keltirdi.1851-yil Staunton tashabbusi bilan Londonda ilk shaxmat turniri bo'lib o'tdi.16 ta kuchli shaxmatchidan iborat turnir olimpiada tizimida bo'yicha o'tkazildi.Uning finalida Stauntonni nemis shaxmatchisi Adolf Andersen mag'lub etdi.Yevropaning eng kuchli norasmiy chempioni unvoni Andersenga o'tdi. 1854-yilda Shaxmatchi yilnomasi homiyligida shaxmat kompozitsiyasi bo'yicha birinchi musobaqa bo'lib o'tdi .

1857-yili London musobaqasi bilan bir vaqtda Amerika shaxmat kongressi o'tkazildi.Finalda Pol Morfi Lui Paulsenni 6:2 hisobda mag'lub etdi. Keyingi yili Morfi Stauntonga qarshi o'ynash uchun Yevropaga keldi,ammo Staunton o'yinni qoldirdi,keyin Birmengemdagi turnirda o'ynash uchun kelib Iogann Lyoventalga qarshi o'yinda yutqazdi va shaxmatni tark etdi. Morfi Andersen,Lyovental va Xarvitsni yaqqol ustunlik bilan mag'lub etib,shaxmat bo'yicha ajaoyib maxorat namoyish etdi.Biroq Yevropa turnesidan qaytgandan so'ng u ruhiy tushkunlikka uchrab musobaqalarda qatnashmadi. Uning yevropalik shaxmat ustalari ustidan qozongan g'alabalari daxoning qisqa muddat chaqnashi sifatida tarixga kirdi.Morfidan keyin Andersen dunyoda eng kuchli shaxmatchi bo'lib turdi.1851-yildan 1878-yilgacha u kamida o'n ikkita musobaqada ishtirok etib ularning 7 tasida g'olib bo'ldi,qolganlarida esa sovrindorlar qatorida bo'ldi. 1866-yilda Andersen pragalik Vilgelm Steyntsga qarshi o'yinda 6 marta g'alaba qilib,8 marta mag'lub bo'ldi.Shundan so'ng Londonga ko'chib o'tib qimor va jurnalistika orqali pul ishlab topgan. Ushbu o'yindan keyin Steyns o'zini jahon chempioni deb atashni boshaldi va bu boshqalar tomidan ham maqullangan.Andersen va Steyns o'rtasidagi o'yin bilan shaxmat bo'yicha jahon chempionatlari tarixi boshlandi.

Shaxmat Tarixi 
Vilgelm Staynits (1836-1900) ,shaxmat bo'yicha birinchi jahon chempioni.

1870-yili Baden Baden musobaqasida Andersen Staynitsdan oldinda edi va o'z gaplariga qaraganda shaxmat tamoyillarini qayta ko'rib chiqishga kirishdi. Staynits ko'p zamondoshlaridan farqli o'laroq mudofaga,pozitsiyaviy ustunliklarni sekin to'planishiga va manyovrlarga ko'proq e'tibor berdi. Lui Paulsen 1870-yillarda Andersen ustidan g'alaba qozongandan keyin Germaniyaning eng kuchli shaxmatchisi bo'lib qoldi.

O'ttiz yildan ortiq vaqt davomida ko'plab musobaqalarda yuqori saviyada o'ynagan Staynits salohiyatini ushlab turdi. 1883-yili Iogann Sukertort Londonda tashkillashtirilgan o'z davrining eng zo'r shaxmatchilari qatnashgan musobqada birinchi o'rinni oldi. Ikki yil o'tgach Staynits uni o'yinga chaqirdi.Ularning baxsi AQSHning bir qancha shaharlarida 1886-yil bo'lib o'tdi. Staynits +10-5=5 ko'rsatkich bilan g'alaba qozondi. Bu davrda jahon chempioni unvoni egasi u bilan o'ynashga talabgorni tanlashi,muzokara shartlarini ko'rib chiqib rozi bo'lish yoki bo'lmaslik huquqiga ega edi.Eng muhimi talabgorning bermoqchi bo'lgan mukofot miqdori edi. Staynits romantik shaxmatning tarafdori bo'lgan xavfli va prinsipial raqiblaridan biri bo'lgan rus shaxmatchisi Mixail Chigorin bilan jahon chempionati uchun ikki o'yinda uni mag'lub etdi.(1889 va 1892-yillar) 1894-yil Staynits jahon chempionligi uchun o'yinda Emanuel Laskerga jahon chempionlik titulini topshirdi.Uch yildan so'ng revansh baxsida yana mag'lub bo'ldi.

Shaxmat Tarixi 
1895-yilgi Gastings turniri ishtirokchilari.Birinchi qatorda chapdan ikkinchi o'rinda Staynits,o'ngda Chigorin, Lasker,Pilsberi.

XIX-asr oxiriga kelib shaxmat musobaqalar odatiy xolga aylandi.Germaniya shaxmat ittifoqi har ikki yilda bir marta musobaqalar o'tkazdi.Asr oxirlarida 1895-yildagi Gastings musobaqasida AQSHlik Garri Pirlsberi kutilmaganda oldinga chiqib oldi.1895-1896-yillardagi Nyurenberg-1896,London-1899-yilgi musobaqalarda Lasker,Steynits,Chigorin,Pirlsberi shu musobaqalarda bir-birlari bilan 6 partiyadan o'yin o'ynashdi.Lasker so'nggi uchta musobaqalarda g'olib chiqdi. 1885-yil Syurixda sxema bo'yicha birinchi turnir bo'lib o'tdi,keyinchalik shveysar tizimi deb nomlandi.Bu esa cheklangan miqdordagi turlar bilan ko'p sonli ishtirokchilarni jalb qilish imkonini berdi. 1897-yilda Londonda ayollar o'rtasidagi birinchi xalqaro turnir bo'lib o'tdi unda Meri Radj g'olib chiqdi.

XIX-asrning ikkinchi yarmida musobaqalarda vaqt nazorati qo'llanila boshlandi.Manchester shaxmat klubi kotibi Tomas Brayt Uilson mexanik shaxmat soatini ishlab chiqmaguncha vaqtni hisoblashda ko'proq yoki kamroq noqulay usullar qo'llandi.1883-yilda ilk marta London musobaqasida aniq vaqt nazorati ishlatiladi. Belgilangan vaqt nazorati bilan o'yinlar hali xam soatlab o'ynalishi mumkin edi.1878-yilda Parijda bo'lgan musobaqada birinchi marta o'yinni kechiktirish tartibi qo'llanila boshlandi.

XX-asrning birinchi yarmida shaxmat

Shaxmat Tarixi 
Emanuel Lasker (1868-1941),shaxmat bo'yicha ikkinchi jahon chempioni va eng uzoq vaqt chempionlik qilgan chempion

Lasker shaxsiy namuna ko'rsatib shaxmatni sport turiga aylantirishga katta hissa qo'shganlardan biri bo'lgan.Uning o'ziga xos o'yin uslubi bo'lmagan ammo qaqshatqich hujum qilish va himoya qilishni biladigan va raqiblarni individual hususiyatlari,kuchli va zaif tomonlarni inobatga olgan xolda o'ynardi. Vaqt o'tishi bilan shaxmat Laskerning asosiy daromad manbaiga aylandi va u musobaqalarda qatnashgani uchun yuqori to'lovlarni kelishib olgan.Uning bu odati 1900-yilda o'ta qashshoqlikda vafot etgan Staynitsning umrining oxiri unga chuqur taassurot qoldirgan. 1851-yili London musobaqasidan boshlab ko'plab turnirlar qoidalariga ko'ra shaxmatchilarning o'yinlarga bo'lgan mualliflik huquqi tegishli turnirning tashkiliy qo'mitasidan emas balki o'yinchilardan tan olinishini doimiy ravishda talab qilgan.Bundan tashqari o'zini jahon chempioni sifatida alohida maqomga ega shaxmatchi deb hisoblagan Lasker uning o'yinlariga bo'lgan huquqlarni tan olishni talab qilgan. Lasker 27 yil davomida (1894-1921) jahon chempionligini qo'lga kiritish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. 1900-yillarning boshlarida AQSHlik Frenk Marshall 1904-yilda Kembridj-Springs musobaqasida g'alaba qilgach u jiddiy raqib sifatida ko'rilgan lekin u biron marta bo'lsada Laskerni mag'lub etolmagan. Uning vatandoshi Zigbert Tarrash va chor Rossiyalik shaxmatchi David Yanovskiy ham jiddiy raqiblar bo'lib hisoblangan.1890-yillarda Tarrash eng barqaror o'yinlar o'tkazdi. Lasker va Tarrash o'rtasida o'yin bo'lib o'tdi,ammo bu vaqtda Tarrash o'zining eng yuqori cho'qqisini bosib o'tgan edi. Avstriyalik Karl Shlexterga qarshi o'yinda mablag' yetishmasligi tufayli bor-yo'g'i 10 partiya o'yin o'ynaldi va durang bilan yakunlandi.Oxirgi o'yinda Lasker g'alaba qozondi.

Shaxmat Tarixi 
X.R.Kapablanka-A.Alyoxin.Sankt-Peterburgdagi musobaqa.(1914-yil)

1948-yilgacha XIX-asrda shakllangan jahon chempioni unvonining uzluksizlgi tizimi saqlanib qoldi ya'ni raqib chempionni o'yinga chaqiradi va g'olib yangi chempion bo'ladi.1909-yilda 20 yoshli kubalik Xose Raul Kapablanka Marshallga qarshi o'yinda +8-1=14 hisobda g'alaba qildi.Ikki yil o'tgach San-Sebastyandagi vakillik musobaqasida g'alaba qozondi.U yerda xalqaro turnirlarda g'alabalarga erishmagan yagona shaxmatchi edi. Kapablankani chempionlik uchun da'vogar sifatida ko'rila boshlandi. 1914-yilda Sankt Peterburgdagi turnirda Lasker va Kapablanka ilk marta o'ynashdi.Bu yerda ham Lasker birinchi o'rinni oldi.Kapablanka ikkinchi bo'ldi.Rus yosh shaxmatchisi Aleksandr Alyoxin esa uchinchi o'rinni egalladi. Birinchi jahon urushi boshlangach shaxmat musobaqalari ham vaqtincha to'xtadi. Birinchi jahon urushi tugagach Kapablanka Laskerga qarshi chiqdi.1920-yil ular o'yin o'tkazish uchun shartnoma qilishdi.Lekin Lasker o'yinsiz chempionlik unvonidan voz kechmoqchi bo'ldi.Biroq jamoatchilik fikri undan o'yinni talab qildi va Gavana pul mukofotini qo'lga kiritgach o'yinga rozi bo'ldi. O'yin 1921-yil bo'lib o'tib unda Kapablanka foydasiga +4-0=10 tugadi.Biroq sobiq chempion keyingi ikki turnirda Nyu-York (1924),Moskva (1925) Kapablanka oldinda edi.Oxirgi musobaqada Kapablanka uchinchi,Lasker ikkinchi,SSSRning ikki karra chempioni Germaniyada doimiy yashab tez orada Sovet fuqoroligidan voz kechgan Yefim Bogolyubov ustunlik qildi.

1924-yili Parijdagi yozgi Olimpiada o'yinlarida shaxmat musobaqasi individual tarzda havaskorlar o'rtasida o'tkazildi.Lekin havaskorlar va professionlarni ajratib olish boshidanoq muommo bo'lib qoldi. Parij olimpiadasi yoki havaskorlar jahon chempionatida latviyalik German Matison g'olib chiqdi.Ayni vaqtda Parijda Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) tashkil qilindi va uning birinchi prezidenti gollandiyalik Aleksandr Ryub saylandi.Urushdan keyingi yillarda FIDE jahon chempionligi va yirik turnirlarga hech qanday ta'sir ko'rsatmagan.1927-yili Londonda birinchi shaxmat olimpiadasi mamlakatlarning jamoaviy musobaqasi shaklida tashkil etildi va bu musobaqalar muntazam o'tkazila boshlandi. FIDE olimpiadalar bilan bir vaqtda shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionatlarini tashkil etdi.Urushdan oldingi barcha turnirlarda asli chexoslavakiyalik keyinchalik Buyuk Britaniya fuqoroligini olgan Vera Menchik g'olib chiqqan.Menchik ayollar musobaqasida hech qanday raqobatga ega emas edi.Urushdan keyingi yillarda germaniyalik Sonya Graf doim musobaqalarda ustunlik qilib 2 marta g'alaba ham qildi va erkaklar musobaqalarida qatnashdi.Lekin uning natijalari juda zo'r emasdi.

1920-yillar gipermodernizm deb nomlanuvchi maktabning gullagan davri edi.Uning yetakchilari Aron Nimsovich,Rixard Reti,Saveliy Tartakover va 1921-yil vafot etgan Dyula Breyer edi.Ular Tarrashning markazni egallab olish g'oyasidan ko'ra qanotlardan va raqibning zaif tomonlariga hujum qilib bosim o'tkazishni yoqlar edilar.Gipermodernistlarning dasturiy ishlari Retining "Shaxmatning yangi g'oyalari" (1922),Tartakoverning "O'ta zamonaviy shaxmat o'yini", va Nimsovichning "Mening tizimim" (1925) asarlari edi. Ular shular vositasida Reti debyuti,Nimsovich mudofaasi,Gollandiya mudofaasi,Grunfeld mudofaasi taktikalari kelib chiqdi. Gipermodernistik g'oyalar ta'sirida Alyoxin debyutlarni ishlatib shaxmatga Alyoxin mudofaasi deb nomlangan usulni olib kiridi.

Kapablanka bilan o'yinga eng ko'p da'vogarlikka haqli shaxmatchilar bular Alyoxin,Bogolyubov,Nimsovich edi.Chunki ular qator musobaqalarda g'alaba qilishgan edi. Alyoxin Argentina rasmiylaridan Buenos-Ayresdagi o'yin uchun moliyaviy yordam olishga muvaffaq bo'ldi va chempionni rasman o'yinga taklif qildi. 1927-yil boshida Nyu-Yorkda o'yin musobaqa bo'lib o'tdi va bu haqiqiy jahon chempionligi uchun tanlov sifatida tan olindi.Kapablanka va chempionlik uchun 5 ta da'vogar-Alyoxin,Nimsovich,Marshall,Rudolf Shpilman va Milan Vidmar 4 raunddan o'ynashdi (Bogolyubov ishtirok etishdan bosh tortdi). Kapablanka 20 ta o'yinning barchasini mag'lubiyatsiz yakunlab 20 ta o'yindan 14 tasini g'alaba bilan tugatdi.Alyoxin ikkinchi,Nimsovich uchinchi bo'ldi.Ikkinchi o'rindagi Alyoxin chempion bilan chempionlik o'ynash uchun huquqini tasdiqladi. O'sha yilning kuzida Argentinada Kapablanka va Alyoxin o'rtasida o'yin bo'lib o'tdi.Chempionning shartlariga ko'ra ishtirokchilardan birining 6 ta g'alabasiga qadar cheklanmagan o'yinlar soni o'ynalishi belgilandi.34 ta o'yin natijalariga ko'ra (o'sha paytda jahon chempionligi uchun o'yinlar soni bo'yicha rekord) Alyoxin g'alaba qozondi +6-3=25.Sobiq chempion revansh o'yinga rosa intildi,lekin bunday o'yin hech qachon bo'lmadi. 1929-yili Alyoxin Bogolyubovning chaqirig'ini qabul qildi va kuchsizroq bo'lgan raqibini 15:9 hisobda mag'lub etdi.Kapablankadan tashqari barcha ishtirok etgan San remodagi (1930) musobaqada 15 tadan 14 tasini va Bleddagi musobaqada 26 tadan 20tasida g'alabalari bilan chempionliginiisbotladi.1929-yili Alyoxinsiz o'tgan Karlsbad musobaqasida Aron Nimsovich g'olib bo'ldi.

1930-yillarning boshlarida shaxmatchilarning yangi avlodi maydonga chiqdi.1931-yil 20 yoshida SSSR chempionligi qo'lga kiritgan Mixail Botvinnik qo'lga kiritgan,1931-32-yillardagi Gastings musobaqasidagi g'alaba Rossiyadagi g'alabali yurishlarning davomi bo'ldi.1930-yillarning birinchi yarmida chexoslavkiyalik Salo Flora,1935-yil Varshavadagi Olimpiadada Estoniya terma jamoasi tarkibidagi 19 yoshli Pol Keresning yorqin o'yinlari bilan debyut qildi.1930-yillarda ketma-ket 4 ta shaxmat olimpiadasida Isaak Kejden va Ruben Fayn boshchiligidagi AQSH terma jamoasi g'olib chiqdi. Biroz vaqt o'tgach 1936-yildan boshlab 4 bor AQSH chempionatida g'olib bo'lgan Samuel Reshevskiy AQSH shaxmatchilarining yetakchisiga aylandi. Alyoxin esa 1934-yil Bogolyubov bilan yana bitta o'yin o'tkazdi va ishonchli tarzda 15:10 hisobda g'alaba qiladi.Bir yil o'tgacha Alyoxin chempionlik himoyasini o'tkazdi va uning raqibi Mak Eyve da'vogarlar ichida eng munosibi deb topildi (uning musobaqalardagi g'alabalari Flor va Kapablankanikidan kamtarona bo'lsada).Shunga qaramay Eyve Alyoxinni +9-8=13 tarzda mag'lub etdi.Alyoxinning bu mag'lubiyatiga uning alkogol bilan bog'liq muommolari sabab deb topilgan.Keyingi yili Nottingem (Buyuk Britaniya) o'z davrining eng yirik musobaqasiga mezbonlik qildi.Unda yangi chempion va uchta sobiq chempionlar-Lasker,Kapablanka va Alyoxin o'ynashdi. Eyve bu musobaqada oltinchi bo'ldi.1 va 2-o'rinlarni Kapablanka va Botvinnik bo'lishib olishdi. 1935-yildagi o'yin shartlariga ko'ra jahon chempioni mag'lubiyatga uchragan tarzdarevansh uchrashuv o'tkazish huquqiga egaligi nazarda tutgan va ikki yildan keyin bo'lib o'tgan. O'sha vaqtda musobaqalarda o'rtacha natijalariga qaramay Alyoxin Eyve ustidan ishonchli tarzda +10-4=11 g'alaba qozondi va chempionlikni qaytarib oldi. Alyoxin 1946-yilda vafotigacha jahon chempioni bo'lib qoldi.Uni shaxmat taxtasi ustida vafot etgan deyishadi.

Shaxmat Tarixi 
Sovet chinni shaxmati."Qizil va oq".1925-yil.VMDPNI

1920-yillarda Sovet Ittifoqida shaxmat to'garaklari,klublari va musobaqalarini o'tkazuvchi tashkilot tuzildi.1924-yilda 3-Butunittifoq shaxmat qurultoyida Butunittifoq shaxmat va shashka seksiyasi tashkil etildi. 1920-yil oxiridan boshlab sport seksiyalardagi havaskorlarga beriladigan toifalardan tashqari SSSR grossmeysteri unvonigacha bor edi.Ilk marta bu unvonni 1929-yil Boris Verlinskiy olgan. SSSR shaxmatiga shaxmat ishqibozi Nikolay Krilenko rahbarlik qilgan.1924-yilda Butunittifoq hududida "64" jurnali tashkil etildi.Krilenko uning muxarriri bo'ldi.Uning tashabbusi bilan 1935 va 1936-yillari ikkinchi va uchinchi Moskva xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi. Ikkala musobaqada ham Botvinnik katta muvaffaqiyatga erishdi.Birinchisida Flor bilan 1-o'rinni bo'lishgan bo'lsa,ikkinchisida Kapablankadan keyingi o'rinni egalladi.Shu bilan birga sovet shaxmatchilari chet eldagi o'yinlarda hukumat ruxsatisiz qatnasha olmas edi. Sovet shaxmatchilari Germaniya ishchilar shaxmat ittifoqi tashabbusi bilan 1923-yilda tashkil etilgan Ishchilar shaxmat xalqaro tashkiloti (Shaxintern) musobaqalarda qatnashdilar.1929-yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga milliy sotsialistlar kelgach Germaniya ishchilar shaxmat ittifoqi taqiqlanadi va SSSR shaxmatchilari Shaxinterndagi ishtirokini to'xtatadi. SSSR adliyasining birinchi xalq komissari Krilenko Buyuk terror tashkilotchilaridan biri edi,ammo 1938-yilda uning o'zi hibsga olinib o'limga hukm qilindi.

1938-yili Alyoxinning navbatdagi raqibini aniqlash uchun Gollandiyada ikki davrali musobaqa tashkil etildi.Musobaqa nomi homiy kompaniya sharafiga AVRO musobaqasi deb ataldi.Bu musobaqada jahon chempioni va yetti da'vogar-Botvinnik,Kapablanka,Keres,Reshevskiy,Fayn,Flor va Eyve bor edi.Musobaqada yosh avlod vakillari Keres va Fayn 14 balldan 8,5 ball,Botvinnik 7,5 ball to'pladi.Alyoxin,Eyve va Reshevskiy 7 balldan olib 4-6-o'rinlarni bo'lishishdi.Qo'shimcha ko'rsatkichga ko'ra (Berger koeffitsiyenti) estoniyalik shaxmatchi g'olib deb topildi.Biroq u bilan Alyoxin o'rtasidagi va yashirin tarzda muzokara olib borilgan Botvinnik o'rtasidagi o'yin o'tkazilmadi.

Ikkinchi jahon urushi 1939-yilda Buenos-Ayresdagi olimpiada qizg'in pallaga kirganda boshlandi.Ko'pgina yevropalik shaxmatchilar Argentina yoki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlarida qolishni afzal ko'rishdi.Shu jumladan Olimpiada g'olibi avstriyalik Elizkazes boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi,juda iqtidorli yosh shaxmatchi polyak Mendel Naydorf kiradi. Urush yillarida fashistlar Germaniyasi bosib olgan hududlarda Alyoxin,Keres,Bogolyubov hamda neytral Shvetsiya shaxmatchilari Gyost Shtols va Erik Lundin ishtirokida musobaqalar tashkil etilgan.1942-yilda Myunxenda bo'lib o'tgan musobaqada o'zini yaxshi ko'rsatgan Alyoxin qatnashgan bu musobaqa Yevropa chempionati deb e'lon qilingan. Bosib olingan Polsha hududidagi general-gubernator Gans Frank shaxmatga muxlislik qilgan va qator musobaqalar tashkil qilgan.

XX-asrning 2-yarmida shaxmat

Shaxmat Tarixi 
Groningendagi musobaqadagi Botvinnik va Eyve baxsi.(1946)

Urushdan keyingi o'n yilliklardagi shaxmat sovet shaxmatchilari gegemonligi ostida o'tdi.Bu davlat bo'yicha shaxmatga bo'lgan e'tiborning yuqori ekanligi natijasi edi. Yangi davrning boshlanishi Yangi davrning boshlanishida SSSR terma jamoasi AQSH terma jamoasini radio orqali o'yinda 15,5:4,5 hisobda Buyuk Britaniya terma jamoasini esa 18:6 hisobda mag'lub etdi. Sovet shaxmatchilari jahon chempionligi titulini 1948-1972-yillar va 1951-1969-yillar hech kimga bermadi. Sovet shaxmatchilari 1991-yilgacha chempionlikda turishdi.1952-yilda SSSR shaxmat terma jamoasi ilk marta 1952-yilda SSSR terma jamoasi birinchi marta Shaxmat Olimpiadasida ishtirok etdi va 1974-yilgacha bo'lgan barcha keyingi olimpiadalarda sovet erkaklar va ayollar jamoalari g'olib bo'lishdi.Sovet shaxmatchilarning o'yinlari taxliliga ko'ra ular debyutlar nazariyasiga katta xissa qo'shishdi.Devid Bronshteyn,Isaak Boleslavskiy va Yefim Geller tufayli Sitsiliya himoyasi,eski hind himoyasi festivalda mashxurligining eng yuqori cho'qqiga chiqdi. Mixail Botvinnik shaxmatni boshqalardan ko'ra ko'proq sport turi deb hisoblagan nafaqat aniq raqiblarga tayyorgarlik ko'rgan balki o'yinlar taxlili bilan vaqt sarflagan.Shuningdek u Fransiya himoyasi,Farzin gambiti,inglizcha debyutni rivojlantirgan.

Urush paytida sobiq jahon chempionlari Lasker (1941) va Kapablanka (1942) vafot etdi.1944-yil Vera Menchik Londonni nemislar bombardimoni vaqtida vafot etdi.1946-yil mart oyida Alyoxin vafot etdi,u o'limidan biroz oldin Botvinnik bilan o'yin uchun muzokara olib borgandi. FIDE Jahon chempionatini tashkil qilishni o'z zimmasiga oldi: federatsiya qarori bilan yangi chempion Keres (Estoniya SSSR tarkibiga kirgandan keyin u SSSR tarkibida o'ynagan),Fayn va Reshevskiy ishtirok etgan musobaqasida aniqlanishi kerak edi. Avgust-sentabr oylarida Groningen musobaqasidagi natijalariga ko'ra uchta ishtirokchi tanlab olindi.Unda Botvinnik birinchi,Eyve ikkinchi,Vasiliy Smislov uchinchi o'rinni olgan edi.Bir yil oldin AQSH ga qarshi radio matchda ikkala taxtada ham g'alaba qilgan Reshevskiy bir zumda elitaga kirdi. Fayn musobaqada o'ynashdan bosh tortdi.Chunki musobaqada ishtirok etish uning psixologiya bo'yicha dissertatsiyani himoya qilishiga halaqit qilishi mumkin edi. Keyingi yillarda u musobaqalarda qatnashishni butunlay to'xtatdi va o'zini psixoanalizdagi faoliyatiga bag'ishladi.Oxir-oqibat u unvonga ega bo'ldi. Bir-biri bilan o'yin o'tkazgan 5 ta da'vogarlar ichida sovet shaxmatchilari yuqori tempda o'ynashdi.Botvinnik 20 balldan 14 ochko bilan g'alaba qildi.Smislov 11,5 ball,Keres va Reshevskiy 10,5 ball to'pladi.Eyve ular bilan raqobatlasha olmadi 4 ball bilan.

FIDE shafeligida jahon chempioni unvoni uchun nomzodni tanlash bo'yicha uch yillik sikldan iborat bo'lib,uch bosqichdan iborat:hududiy musobaqalar; mintaqalararo musobaqa;nomzodlar musobaqalari g'oliblari chempionlik uchun kurashga yo'l oldi.Jahon chempioni shunday aniqlangan raqib bilan o'yinni rad qila olmas edi. 1948-yil yozida Saltshyobaden (Shvetsiya) birinchi hududlararo musobaqa bo'lib o'tdi.Uning g'oliblari 1948-yili Moskva va Gaagada o'tkazilgan o'yin musobaqalar g'oliblari bilan birgalikda Nomzodlik musobaqasida o'ynash huquqini oldilar.Musobaqa 1950-yil Budapeshtda bo'lib o'tdi.Nomzodlar musobaqasida 1-2-o'rinlarni sovet shaxmatchilari Bronshteyn va Boleslavskiy bo'lishdi.14 ta o'yindan iborat qo'shimcha baxsda Bronshteyn g'alaba qozondi.Jahon chempionligi uchun jahon chempioni Botvinnik va raqib Bronshteyn o'rtasidagi 24 ta o'yindan iborat baxs bo'ldi va durang bilan yakunlandi 12:12.Amaldagi jahon chempioni unvonini saqlab qoldi.Huddi shu usulda o'yinlar 20 yil davomida o'tkazildi.Urushdan keyingi ayollar o'rtasidagi birinchi jahon chempionati 1949-1950-yillar oxirida Moskvada bo'lib o'tdi va unda sovet vakili Lyudmila Rudenkoning g'alabasi bilan yakunlandi (15 balldan 11,5 ball).Ikkinchi,uchinchi,to'rtinchi o'rinlarni ham SSSR vakilalari Olga Rubsova,Yelizaveta Bikova,Valentina Borisenko egalladi.Bikova va Rubsova keyinchalik jahon chempioni bo'lishdi. 1949-yili shved huquqshunosi Folke Rogard FIDE prezidenti bo'ldi,u 1970-yilgacha bu lavozimda ishlagan va uning nomi shaxmat musobaqalarini birlashtirish va tashkilot rolini kuchaytirishda FIDEda hal qiluvchi rolni tutdi. Urushdan keyingi birinchi shaxmat olimpiadasi 1950-yili Yugoslaviyaning Dubrovnik shaxrida o'tkazildi.Svetozar Gligorich boshchiligidagi mezbonlar g'alaba qozonishdi. O'sha yili FIDE grossmeyster sport unvonlarini berishni boshladi.Uning birinchi egalari 27 ta shaxmatchi bo'ldi.Ulardan ba'zilari urushdan oldin nom qozongan shaxmat ustalari edi.Buyuk Britaniyada 1951-yil shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasida birinchi jahon chempionati bo'lib o'tdi (yugoslav Borislav Ivkov g'alaba qildi). Keyingi Olimpiadada (Xelsinki,1952) sovet shaxmatchilari Botvinniksiz ham ishonchli g'alaba qozondi. 1950-1953-yillarda tashkil etilgan Xalqaro shaxmat yozishmalari fedratsiyasi (ICCF) shafeligida birinchi jahon sirtqi shaxmat chempionati bo'lib o'tdi.Unda avstraliyalik Sesil Purdi g'alaba qozondi. 1960-yil ICCF va FIDE o'rtasida shartnomalar tuzildi,unga ko'ra ICCF va FIDE birlashdi.FIDE ICCF ning musobaqalrini tan olish majburiyatini oldi.

1950-yillar Botvinnik va Smislov o'rtasida jahon chempionligi uchun uzoq davom etgan kurash bilan ajralib turdi.Ular 5 yil ichida 3 bor o'ynashdi.Smislov birinchi marta 1953-yil Shveysariyada bo'lib o'tgan nomzodlar turnirida g'alaba qozonib,o'yin huquqini qo'lga kiritdi. Jahon chempionligi uchun kurash keyingi yil bo'lib o'tdi va durang bilan yakunlandi: 12:12. 1956-yilgi nomzodlar musobaqasida yana Smislov g'alaba qildi.1956-yilda birinchi olimpiada Moskvada bo'lib o'tdi. Huddi shu joyda FIDE kongressida chempionlik uchun qur'a tashlash qoidalariga ikkita qo'shimcha qabul qilindi.Mag'lub bo'lgan jahon chempionining bir yil ichida yangi chempionga qarshi revansh o'tkazish huquqi va 5 dan ortiq da'vogarlar qatorida bir mamlakat vakillari bo'lishi mumkin (SSSR nazarda tutilgan),shu jumladan oldingi sikl natijalariga ko'ra da'vogarlar qatoridan joy olishni kafolatlaganlar. Yuriy Averbaxning so'zlariga ko'ra ikkala shartni qabul qilish tashabbusi Botvinnikdan chiqdi va ikkinchi shart tufayli kamroq kuchli raqiblar nomzodlar tanloviga chiqdi. Sovet grossmeysteri Leonid Shteyn ushbu cheklovdan ikki marta 1962 va 1965-yillarda eng ko'p zarar ko'rgan deb hisoblanadi va mintaqalararo musobaqada o'zidan past bo'lgan xorijlik shaxmatchilarga yo'l ochgan; 1965-yildan keyin qoida bekor bo'ldi. 1957-yilda Moskvada bo'lib o'tgan Smislov va Botvinnik o'rtasidagi ikkinchi baxs Smislov foydasiga 12,5:9,5 ga g'alaba qildi.Ammo qoidalariga ko'ra sobiq chempion huddi shu shartlar asosida raqibga qarshi revansh o'tkazish huquqini saqlab qoldi.Revansh baxsida Botvinnik chempionlikni qaytarib oldi. Botvinnikning navbatdagi raqibi sovet grossmeysteri rigalik Mixail Tal edi.U 21 yoshida hududlararo musobaqada va 22 yoshda nomzodlar musobaqasida g'olib chiqdi.AQSHlik Robert Fisher huddi shu nomzodlar musobaqasida rekord yosh 15 yoshida grossmeysterlik me'yorlarini bajardi.Tal chempionlik baxsida Botvinnikni mag'lub etdi 12,5:8,5 hisobida.Talning o'ziga xos hususiyati tajovuzkor kombinatsion o'yin uslubi edi.Uning qurbonliklari ko'pincha noto'g'ri bo'lib chiqardi lekin shaxmat taxtasida raqib unga qarshi yaxshi himoya yo'lini topolmagandi. Talning faoliyati sog'lig'i bilan bog'liq muommolarga duch keldi.Kasallikdan to'liq tuzalmasdan Botvinnik bilan baxsda 8:13 hisobda mag'lub bo'ldi.Keyinchalik u 1980-yilgacha top shaxmatchi bo'lgan holda ko'plab kasalliklardan aziyat chekdi. Tal va Botvinnik SSSR chempionatlarida 6 tadan g'alaba qozonib rekord o'rnatdi. Bu davr mobaynida Keresni omadsizliklar quvladi.1953-1962-yillarda nomzodlar musobaqalarida u ikkinchi bo'ldi yoki ikkinchini bo'lishdi.Dunyodagi eng kuchli shaxmatchilardan biri bo'lib chempionlik uchun o'yin huquqini ololmadi. 1962-yil Kyurasaoda bo'lib o'tgan nomzodlar musobaqasidan so'ng nomzodlar musobaqasi tizimi o'zgartirildi.Unda Tigran Petrosyan g'alaba qildi.Uning hamyurtlari Keres va Geller ikkinchi va uchinchi o'rinlarni bo'lishishdi.Fisher "Sports Illustrated" jurnalida tanqidiy maqola e'lon qildi.Unda u sovet shaxmatchilari triosini ularning o'zaro o'yinlarida kuchini tejash maqsadida durang o'ynab kelishib olganlikda aybladi.Ular kuchlarini asrab Fisherga qarshi esa yangi kuch bilan baxslashar edi.FIDE ham Fisherni maqulladi.Ochilgan janjaldan so'ng FIDE navbatdagi sikldan jahon chempionining raqibi nomzodlarning Olimpiya tizimi bo'yicha o'yinlar sikli natijalariga ko'ra aniqlanishiga ovoz berdi.

Shaxmat Tarixi 
1960-yilda Leypsigdagi Olimpiadada AQSH-SSSR o'yini Fisher-Tal 1-taxtadagi o'yini.

1963-yil Botvinnik jahon chempionligi uchun navbatdagi baxsda hamyurti Tigran Petrosyanga yutqazdi.Mag'lubiyatga uchragan chempionning ushbu va keyingi baxslar uchun revansh o'tkazish huquqi 1959-yildagi Kongress qarori bilan bekor qilindi. Botvinnik keyingi nomzodlar siklida qatnashishdan bosh tortdi va uning o'rniga Geller keldi.Fisher hali ham FIDE siyosatiga qarshi norozilik bildirib nomzodlar siklini boykot qilishga qaror qildi. Shundan so'ng hech kim hali ham sovet gegemonligiga shubxa qilmadi.Boris Spasskiy Talni mag'lub etib nomzodlar o'yinlarining birinchi siklining g'olibiga aylandi.Jahon chempionligi uchun baxsda Spasskiy Petrosyanga minimal hisobda 11,5:12,5 ga yutqazdi.Keyingi siklda Spasskiy yana chempionlik uchun o'yin huquqini qo'lga kiritdi va Petrosyanni 12,5:10,5 hisobda mag'lub etdi.Fisher qoidalarga rioya qilmagani uchun musobaqadan chetlatildi. 1970-yilda SSSR terma jamoasi va Jahon terma jamoasi o'rtasida "Asr o'yini" bo'lib o'tdi.Birinchi taxtadagi mag'lubiyatlarga qaramay ikkinchi taxtada Fisher Petrosyanni 3:1 hisobda mag'lub etdi.Umumiy hisobda SSSR terma jamoasi 20,5:19,5 hisobda g'alaba qozondi.Keyingi siklda Fisher nomzodlik o'yinlarida sensatsion g'alaba qozondi.1972-yili Reykyavikdagi chempionlik baxsida Fisher Spasskiyni 12,5:8,5 hisobda mag'lub etdi. 1970-yil FIDE amerikalik fizik Arpad Elo tomonidan ishlab chiqilgan Elo reytingi sifatida tanilgan shaxmatchilarning individual koeffitsiyentlarini hisoblash tizimini rasman qabul qildi.Petrosyan ustidan g'alabadan keyin Fisherning reytingi 2785 ballga yetdi va faqatgina 1990-yilda Garri Kasparov bu balldan o'tib ketdi. Bu davrda shaxmat bo'yicha musobqalarda texnologiya rivojlandi.Ko'rgazmali shaxmat taxtasi,soat displeylari bo'lgan katta ekranlar shaxmatni yanada jozibador ko'rsatardi.Spasskiy-Fisher o'yini,1970-yilgi Sigen va 1972-yilgi Skopye olimpiadalari kabel televideniyasi orqali batafsil namoyish etildi. 1970-yil 9-iyunda Sovet kosmanavtlari o'rtasida "Kosmos-Yer" kechasi bo'lib o'tdi,unda "Soyuz-9" kosmik kemasi ekipaji oq donalarda o'ynab,harakatlarni radio orqali uzatdi.

Jahon chempioni bo'lgach Fisher bironta ham rasmiy o'yin o'tkazmadi.1975-yilda chempionlik uchun yangi o'yindagi yangi raqibi sovet grossmeysteri Anatoliy Karpov vatandoshlari Lev Polugayevskiy,Spasskiy,Viktor Korchnoyni ketma-ket mag'lub etgandi. 1971-yilda FIDE kongressi 1975-yilgi jahon chempionligi uchun o'yinni o'yinlar soni cheklanmagan holda 6 tagacha g'alaba bilan o'tkazishga qaror qilindi.1974-yildagi FIDE kongressi oldidan Fisher ko'plab shartlar qo'ydi.FIDE kongressida SSSRning qarshiligi bilan uning talablari rad etildi.Shundan so'ng Fisher o'yinda ishtirok etishdan bosh tortdi.1975-yil 3-aprelda FIDE prezidenti Maks Eyve o'yinsiz Karpovni jahon chempioni deb e'lon qildi. 1970-yillarning ikkinchi yarmida Karpov o'zi ishtirok etgan ko'plab musobaqalarda g'olib chiqdi.1979-yil Monrealdagi "Yulduzlar musobaqasi"da birinchi o'rinni Tal bilan bo'lishib olib chempionligi tasdiqladi. 1978-yil Karpov Viktor Korchnoyga qarshi unvonini himoya qildi.O'yinning ahamiyati shundan iborat ediki ikki yil oldin Korchnoy siyosiy qochoq maqomida Niderlandiyadan siyosiy boshpana so'rab SSSRdan ketgandi.Karpov Korchnoyni +6-5=21 hisobda mag'lub etdi. 3 yildan so'ng nomzodlar siklida Korchnoy yana g'alaba qozondi.Ammo yangi o'yinda chempionning ustunligi allaqchon sezilarli edi. Huddi shu davrda 1952-yildan beri ilk marta ketma-ket ikkita olimpiada SSSR g'alabasi bilan tugamadi.1976-yil SSSR Isroil bilan munosabatlar sovuqlashgach Hayfadagi olimpiadani boykot qildi.Hayfada AQSH terma jamoasi g'alaba qildi.Ikki yildan so'ng Karpovsiz SSSR terma jamoasi Buenos-Ayres olimpiadasida Vengriyaga chempionlikni berdi.

Shaxmat Tarixi 
1985-yilgi Jahon chempionati o'yinidan keyin Garri Kasparov

1984-yilda Karpovning navbatdagi raqibi 21 yoshli sovet grossmeysteri Garri Kasparov bo'ldi.U saralashda 63 yoshli Smislovni,yarim finalda Korchnoy mag'lub etildi.Kasparov 1979-yil Banya-Luka (Yugoslaviya) da 16 yoshida usta sifatida qatnashib grossmeysterlar ichida 2 ochko bilan g'olib bo'lganda dunyoga tanildi.Keyingi yillarda 1980-yilgi o'smirlar o'rtasidagi olimpiadada g'olib bo'ldi.SSSRning 49-chempionatida eng yosh g'olib bo'ldi.1980 va 1982-yillardagi olimpiadalarda g'olib chiqqan SSSR terma jamoasi tarkibida bo'ldi. 1984-yil yozida "SSSR terma jamoasi jahon termasiga qarshi" o'yinida (1970-yilgi o'yinni remeyki) Karpov va Kasparov boshchiligidagi Sovet jamoasi 21:19 hisobida g'alaba qozondi.6 ta g'alabaga qadar bo'lgan baxsda Karpov to'qqizinchi bo'limda to'rtinchi g'alabaga erishdi. Keyin uzoq davom etgan duranglar seriyasi davom etdi va 27-o'yinda amaldagi chempion g'alaba qildi.Ammo keyin Kasparov tashabbusni o'z qo'liga oldi va Kasparovning 47 va 48-o'yinlarda ketma-ket g'alabalaridan so'ng tarixda ilk bora FIDE prezidenti Florensio Kampomanes o'yinning davom etishi shaxmatchilarning sog'lig'iga zarar yetkazishi mumkinligini aytib,uchrashuvni to'xtatdi. Ikkala shaxmatchi ham uchrashuvni davom ettirishga tayyor ekanligini aytsada bu qarorga ta'sir qilmadi.Ko'p o'tmay bo'lib o'tgan FIDE kongressida "24 o'yinlik" o'yin formulasini qaytardi. Huddi shu raqiblar o'rtasidagi yangi o'yin 1985-yil kuzida bo'lib o'tdi.Unda 13:11 hisobida Kasparov g'alaba qozondi va o'n uchinchi chempion bo'ldi.1986-yil revansh baxsida ham Kasparov g'alaba qildi.1987-yil 12:12 hisobda Kasparov va Karpov baxsi tugadi va Kasparov chempionlikni saqlab qoldi.Sobiq chempion sifatida nomzodlar sikli g'olibi Andrey Sokolovni mag'lub etdi.1990-yilda Kasparov yana Karpov bilan chempionlik uchun baxsda qatnashdi.Kasparov 12,5:11,5 hisobida g'alaba qozondi. Karpov va Kasparov baxsi shaxmat tarixida shaxsiy to'qnashuvlarning o'xshashi yo'q baxslariga aylandi.Ular chempionlik uchun 5 ta o'yin o'tkazdi va ular o'zaro 144 ta partiya shaxmat o'ynashdi.

1962-yildan 1978-yilgacha ayollar baxslarida jahon chempionlik unvoni gruzin millatiga mansub sovet shaxmatchisi Nona Gaprindashviliga tegishli edi.U chempionlik baxsida hamyurti Yelizaveta Bikovani 9:2 ga mag'lub etgandi.Keyin vatandoshlari Alla Kushnir (3 marta) va Nana Aleksandriyaga qarshi chempionlik baxslarida unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.Gaprindashvili Vera Menchikdan keyin erkaklar musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan birinchi shaxmatchi bo'ldi va Lon-Payn musobaqasida (1977) birinchi o'rinni bo'lishib,erkaklar o'rtasidagi grossmeyster unvoniga sazovor bo'lgan birinchi ayol bo'ldi. Sovet shaxmatining gruzin fenomenining davomi 1978-yili Gaprindashvili va 27 yoshli Mayya Chiburdanidze o'rtasidagi o'yin bo'lib,unda Mayya 8,5:6,5 hisobida g'alaba qozondi.Bundan tashqari Nana Aleksandriya (1975 va 1981) va Nana Ioseliani (1988 va 1993) chempionlikka da'vogar bo'lishdi.

XX-asrning ikkinchi yarmida kompyuter shaxmatiga asos solindi va rivojlantirildi.Shaxmat juda ko'plab kompyuter mutaxassislarini qiziqtirdiChunki ular shunga o'xshash hisoblash,analizlar va boshqa muommolarni hal qilishdi.1950-yili "Philosophical Magazin" jurnalida Klod Shennonning "Shaxmat o'ynash uchun kompyuter dasturlash" maqolasi chop etildi,unda ular shaxmat dasturini yaratishning asosiy vazifalarini shakllantirdilar.Shennon shaxmat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etmagan,biroq uning maqolasi bu soxadagi asosiy bosqich sanaladi. Jiddiyroq o'ynash mumkin bo'lgan partiyalarga ega bo'lgan dasturlar 1950-yillarning oxirlariga kelib ishlab chiqildi. 1966-1967-yillarda Sovet nazariy va eksperimental fizika institutining bir gurux olimlari (G.Adelson-Velskiy,V.Arlazarov va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan dastur va Kotok-Makkarti Massachusets texnologiya instituti talabalari tomonidan professor Jon Makkarti rahbarligida va Makkarti keng ko'lamda ishlagan alfa-beta kesish algoritmidan foydalangan holda yaratilgan edi. ITEFni ishlab chiqish asosida "Kaissa" dasturi yaratildi,bu dastur kompyuter dasturlari o'rtasidagi birinchi jahon chempionatida g'olib chiqdi (1974-yilda 13 ta dastur ishtirok etdi,ularning har biri 4 ta o'yin o'ynadi). 1968-yili britaniyalik shaxmat ustasi Devid Levi Makkarti bilan o'n yil davomida hech qanday shaxmat dasturi uni o'yinda mag'lub etmasligiga pul tikib garov o'ynadi.Levi ushbu garovda g'alaba qozondi,garchi kompyuter dasturlari o'yin darajasi sifati o'sgan bo'lsada.1978-yilda shaxmat dasturlar o'rtasida g'olib bo'lgan "Chess 4.7" dasturini 4,5:1,5 hisobida yutdi.Faqat 1989-yili IBM kompaniyasining "Deep Thought" kompyuteri Levini 4:0 hisobda mag'lub etdi.Xuddi shu yili "Deep Thought" Kasparovga qarshi ikkala o'yinda ham mag'lub bo'ldi.

Shaxmatning hozirgi holati

Shaxmat Tarixi 
Magnus Karlsen,amaldagi jahon chempioni (2013-yildan beri)

SSSRning parchalanishi xalqaro shaxmatda kuchlar muvozanatini sezilarli darajada o'zgartirdi.1992-yili Manilada o'tkazilgan olimpiadada Kasparov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi g'olib chiqdi.Mustaqillikka erishgan O'zbekiston va Armaniston ikkinchi va uchinchi o'rinni olishdi.Ayollar olimpiadasida Gruziya terma jamoasi g'olib chiqdi.Ikkinchi o'rinni esa Ukraina jamoasi egalladi.

1990-yillarda raqobat formati o'yinni tezlashtirishga qarab rivojlandi.Har bir harakatdan keyin vaqt qo'shilishi bilan elektron shaxmat soatlari (eng mashxuri "Fisher soati" edi) kashf etildi.''Klassik" vaqt bosqaruvida 40 ta yurish uchun 2 soat,20 ta yurish uchun 1 soat,o'yin tugashiga yarim soat qolganda o'yin 6-7 soat davom etishi mumkin edi.Vaqt qoidalariga ko'ra butun o'yin uchun 1,5 soat va har bir yurish uchun o'ttiz soniya harakat qilish mumkin edi.1990-yillarda shaxmat kompyuterlari sifati yaxshilanishi o'yinni keyinga qoldirish va ertasi kuni o'ynash amaliyoti bekor qilindi. Musobaqa nizomiga ko'ra tay breyk sifatida tezkor shaxmat va blits o'yinlari kabi qo'shimcha o'yinlar kiritildi.Kevin Spraget va Andrey Sokolov o'rtasidagi 1988-yilgi Nomzodlar o'yinlarning birinchi bosqichida natija qisqartirilgan vaqt nazorati bilan qo'shimcha o'yinlarda aniqlandi. Internetning rivojlanishi bilan internet musobaqalarni,blits-nazoratli musobaqalarni o'tkazish imkoninini berdi.

1993-yili fevralda Garri Kasparov va Nomzodlar sikli g'olibi ingliz grossmeysteri Nayjel Short FIDE boshchiligidagi jahon chempionati uchun navbatdagi o'yin o'tkazishdan bosh tortdilar.Kasparov va Shortning rasmiy sabab bo'lgan ochiq xatiga ko'ra FIDE chempion va da'vogar bilan maslaxatlashmasdan baxs o'tkaziladigan joy sifatida Manchesterni tanlagani sabab bo'ldi.Huddi shu maktubda imzo chekuvchilar yangi tashkilot "Professional shaxmat uyushmasi" tashkil etish niyatida ekanligini ma'lum qilishdi. O'sha yili mart oyida FIDE Kasparovni unvonidan mahrum qilishni e'lon qilishdi va eng yahshi reytingga ega bo'lgan nomzodlar yarim finalchisi Karpov va finalchi Timman o'rtasidagi bo'lajak o'yin g'olibi jahon chempioni deb tan olindi.1989-yili FIDE kongressi qarori bilan Jahon chempionati o'yinining "zahira" ishtirokchilari aniqlandi. PSHA va FIDE jahon chempionatlari uchun o'yinlar 1993-yil kuzida Londonda va mos ravishda Gollandiya va Indoneziyada bo'lib o'tdi.Kasparov Shortni 12,5:7,5 hisobda,Karpov Timmanni 12,5:8,5nhisobda mag'lub etishgan edi.1994-yilda Karpov Linaresdagi musobaqada faoliyatidagi eng yaxshi vaqtni o'tkazdi.13 ta imkoniyatdan 11 ball oldi kamiga mag'lubiyatsiz o'ynadi.Kasparov esa Aleksey Shirovdan 2,5 ochkolik ustunlik qildi.Bu natija Elo reytigidaning 3000 balini qo'lga kiritdi.

1994-yilda Moskvada bo'lib o'tgan FIDE kongressida Kompomanes yana bir muddatga tashkilotga prezidenti etib saylandi.Bir yil o'tgach Parijda bo'lib o'tgan kongressda tashkilotning markaziy qo'mitasi tomonidan chempionlik muddatlariga rioya qilmagani va PSHA bilan davom etayotgan bo'linish uchun qattiq tanqid qildi va iste'foga chiqarildi.Kampomanes tavsiyasiga ko'ra Qalmog'iston respublikasi prezidenti Kirsan Ilyumjanov nomzodi mutlaq ko'p ovoz bilan saylandi. 1994-1996-yillarda bir hil shaxmatchilar ishtirok etishi mumkin bo'lgan PSHA va FIDE yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionligi uchun muntazam sikllar parallel o'tkazildi. 1995-yil kuzida Nyu-Yorkda Kasparov hindistonlik Vishvanatan Anand bilan 20 ta partiyadan iborat o'yini bo'ldi.Kasparov 10,5:7,5 hisobda Anandni yutdi. Karpov-Kamskiy baxsi 1996-yil yozida Qalmog'iston poytaxti Elista shahrida bo'lib o'tdi va Karpov huddi shu 10,5:7,5 hisobida g'alaba qozondi.PSHA bir qator supermusobaqalar va tezkor shaxmat bo'yicha Gran-prilar o'tkazdi.Ammo 1996-yili unga homiylik qilgan Intel korporatsiyasi moliyalashtirishni davom ettirishdan bosh tortgandan so'ng u o'z faoliyatini to'xtatdi.Bunga sabab deb ko'plab ma'lumotlarga ko'ra Kasparov Intelning raqobatchisi IBM tomonidan ishlab chiqilgan "Deep Blue" kompyuteri bilan o'ynadi.Garchi Kasparovning o'zi Intel bunday qarorni o'yin bo'yicha muzokaralar boshlanishidan oldin qabul qilganini aytgan edi.

1997-yilda Ilyumjanovning qarori bilan FIDE jahon chempionati formatini o'zgartirdi.Musobaqani yanada ajoyib qilish uchun chempionlik olimpiya tizimi bo'yicha o'ynaldi,unda yuzdan ortiq shaxmatchi ishtirok etdi.1997-yili bunday turnir Groningenda bo'lib o'tdi.Kasparov olimpiya tizimi bo'yicha shu musobaqa va boshqa musobaqalrda qatnashishdan bosh tortdi.FIDE jahon chempioni Karpov to'g'ridan-to'g'ri finalga yo'l oldi.Unga olimpiya musobaqasi g'olibi Anand raqib bo'ldi. 1998-yil yanvarda Lozanna shaxrida chempionlik o'yinida Karpov 5:3 hisobda g'alaba qildi. Keyingi musobaqalarda chempion hech qanday imtiyozga ega bo'lmadi.1999-yil Las-Vegasdagi jahon chempionatida chempion bo'lgan Rossiyalik grossmeyster Aleksandr Xalifman qatnashgan musobaqada qatnashmadi.Shu format bo'yicha Vishvanatan Anand (2000),ukrainalik Ruslan Ponamaryov (2002) va o'zbekistonlik Rustam Qosimjonov (2004) olimpiya tizimi bo'yicha jahon chempionatlarida g'olib bo'lishdi.2004-yilgi Liviyadagi musobaqa bu formatdagi oxirgi musobaqa bo'ldi.2005-yil Argentinaning San-Luis shaxrida bo'lib o'tgan davra tizimi bo'yicha jahon chempionatida bolgariyalik Vaselin Topalov 14 balldan 10 ball bilan g'alaba qozondi. Shu bilan bir qatorda Garri Kasparov yangi jahon chempioni oldingi chempionni o'yinda mag'lub etishi kerakligini ko'rsatgan "klassik" yo'nalishga ko'ra unvonga ega edi. Kasparov Ananddan keyingi raqibi Shirov bo'lishi kerak edi.U 1998-yilda barcha hisob-kitoblarga ko'ra Kramnikka qarshi so'nggi nomzodlik o'yinida g'alaba qozongan.Lekin moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o'yin bo'yicha muzokaralar uzilib qolgan va natijada 2000-yilda Kasparov-Kramnik o'yini "Braingames" kompaniyasi homiyligida bo'lib o'tdi.Unda Kramnik +2-0=13 hisobda g'alaba qozondi. 2004-yili Kramnik vengriyalik grossmeyster Peter Lekoga qarshi baxsda unvonini himoya qildi.2006-yil Elistada Kramnik-Topalov baxsi bo'lib o'tdi.O'yin hojatxona mojarosi soyasi ostida qoldi.Topalov jamoasi tez-tez hokatxonaga qatnagan Kramnikni kompyuter yordamini olyapti deb aybladi,lekin ayblov isbotlanmadi.Biroq sud jarayoni davomida Kramnik mag'lubiyatga uchragan uchrashuvning 5-o'yinida qatnashishdan bosh tortdi.Uchrashuv Kramnikning tezkor shaxmat bo'yicha tay-brekdagi g'alabasi bilan yakunlandi (6:6,2,5:1,5) ,shu tariqa rossiyalik shaxmatchi birinchi "birlashgan" jahon chempioni bo'ldi.

Shaxmat Tarixi 
Yudit Polgar.Vengriyalik shaxmatchi.(2008-yil)

XX-asrning so'nggi o'n yilligi shaxmat bo'yicha yana bir voqea bilan yodda qoldi.Kompyuter shaxmati odamlardan o'zib ketish uchun yetarlicha yuqori darajaga chiqdi.Kompyuter shaxmati bo'yicha mutaxassis Makgill universiteti professori M.Nyuborn hisob-kitoblariga ko'ra 1986-yildan 2000-yilgacha eng yaxshi shaxmat dasturining reytingi yiliga o'rtacha 50 balldan o'sib bordi.Protsessorlar tezligining o'sishi,ko'p yadroli protsessorlarni paydo bo'lishi,takomillashtirilgan algoritmlar,xotira hajmining ortishi XXI-asr boshiga kelib real vaqtda grossmeysterlar darajasida o'ynash mumkin bo'lgan ommaviy dasturlar paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. 1990-yillar boshlariga kelib kompyuterlardan uyga tayyorgarlik ko'rish uchun qo'shimcha vosita sifatida foydalanish professional shaxmatchilar uchun odatiy holga aylandi. 1996-yilda Garri Kasparov "Deep Blue"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi,ammo 1997-yili 2,5:3,5 hisobda mag'lub bo'ldi.Bu tarixiy voqea bo'ldi. 2005-yilda jahon chempionatining 8 ishtirokchisidan biri bo'lgan britaniyalik grossmeyster Maykl Adams "Hydra" dasturiga qarshi o'ynadi va 0,5:5,5 hisobda mag'lub bo'ldi. 2006-yilda Kramnik "birlashma" baxsida yutganidan ko'p o'tmay "Fritz" dasturiga 2:4 hisobida yutqazdi va birorta ham g'alaba qozona olmadi.Nyuborn bu haqida jahon chempioni kelajakda kompyuter dasturiga qarshi o'yini endi qiziq emas degan ruhda izohladi.

FIDE qaroriga ko'ra yangi jahon chempioni 2007-yilda Kramnik boshqa da'vogarlar bilan teng ravishda ishtirok etgan davra musobaqasida Anand g'alaba qildi. Keyingi yili Kramnikka qarshi jahon chempionligi unvonini himoya qildi.2010-yil Topalovga,2012-yil Gelfandga qarshi ularni mag'lub etib unvonini himoya qildi.Gelfandni tay-brekda yutdi. 2012-yilda FIDE uzoq muddatli shartnoma tuzdi,unga ko'ra Jahon chempionati,Jahon kubogi va FIDE Gran-prisini tashkil etish va sotish huquqi AQSHlik tadbirkor Endryu Polsenga tegishli "Agon Limited" kompaniyasiga berildi. 2014-yil Polsen kompaniyasini Ilya Mernzonga nominal summaga sotdi. 2013-yilda davra tizimida o'tkazilgan nomzodlar musobaqasida so'nggi o'n yilliklarda ilk bor jahon chempionining raqibi aniqlandi.Londondagi nozmzodlar musobaqasida norvegiyalik Magnus Karlsen g'olib bo'ldi.Karlsen 2011-yildan beri jahon reytingining doimiy 1-raqamli shaxmatchisi edi.Qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha Karlsen Kramnikdan oldinda edi.O'sha yili Karlsen chempionlik baxsida Anandni 6,5:3,5 hisobda mag'lub etdi.Keyin 2014-yil Anand,2016-yil rossiyalik Sergey Karyakin,2018-yil AQSHlik Fabiano Karuana bilan o'yinlarda chempionligini himoya qildi.Oxirgi ikki baxsda g'olib tezkor shaxmat bo'yicha tay-brekda klassik vaqt nazorati bilan o'tkazilgan o'yinlar natijasiga ko'ra teng hisobdan so'ng aniqlandi.

1991-yilda xitoylik Se Szyun chempionlik baxsida Mya Chiburdanidzeni mag'lub etib ayollar shaxmatida sovet shaxmat maktabi ustunligiga barxam berid. 1996-yil Se Szyun Juji Polgar (Vengriya)ga yutqazdi,ammo 1999-yil FIDE Polgarni farzandi tug'ilgandan keyin chempionlikni vaqtida himoya qilmagani uchun uni unvondan maxrum etdi. 2001-yildan boshlab FIDE ayollar o'rtasidagi jahon chempionatini olimpiada tizimi bo'yicha o'tkaza boshladi.2001-yilda Moskvadagi ilk musobqada Chju Chen (Xitoy) g'alaba qozondi. Jahon chempionatlarida 2004-yil bolgariyalik Antoaneta Stefanova,2006-yil xitoylik Syuy Yuyxua,2008-yil rossiyalik Aleksandra Kostenyuk,2010-yil xitoylik Xou Ifan g'alaba qildi.2011-yildan boshlab FIDE muqobil olimpiya tizimli jahon chempionatlarini va amaldagi chempion ishtirokidagi chempionlik o'yinlarini o'tkazib turdi.2012-yil va 2015-yillarda ukrainalik ayollar Anna Ushenina va Mariya Muzichuk olimpiya tizimli jahon chempionatlarida chempion bo'lishdi.2013-yil va 2016-yillarda xitoylik Xou Ifan jahon chempionini mag'lub etdi. 2018-yildagi jahon chempionatida xitoylik Szyuy Venszyun 2017-yilgi jahon chempioni hamyurti Tan Chjunini mag'lub etdi.Navbatdagi jahon chempionatida esa rossiyalik Yekaterina Laxnodan unvonini himoya qildi. Shu bilan birga ayollar shaxmat tarixidagi eng kuchli shaxmatchi deya tan olinuvchi Juji Polgarning singlisi Yudit Polgar ekanligi e'tirof etiladi.U faqat erkaklar musobaqalarida ishtirok etgan.Bir muncha vaqt u jahon reytingida kuchli 10 likdan joy olgan va musobaqa o'yinlarida barcha yetakchi shaxmatchilarni mag'lub etdi.Uning eng yuqori yutug'i 2003-yil Veyk an Zee supermusobaqasi hisoblanadi.U ikkinchi o'rinni egalladi va amaldagi jahon chempioni Kramnikdan o'tib ketgandi.2005-yil o'g'li tug'ilgandan so'ng shaxmatga qaytishdan biroz oldin Polgar rekord darajadagi 2735 ballga erishdi..

1996-yil Robert Fisher tomonidan taklif qilingan tasodifiy tanlangan donalarning joylashuviga ko'ra shaxmatdir.2018-yil Fisher shaxmati bo'yicha Karlsen tez va tezkor vaqt nazorati bilan o'tkazilgan ko'rgazmali baxsda umumiy 14:10 hisobda Xikaru Nakamurani mag'lub etdi.

Manbalar

Adabiyotlar

Tags:

Shaxmat Tarixi Shaxmatning kelib chiqishi.ChaturangaShaxmat Tarixi ShatranjShaxmat Tarixi Sharqiy Osiyoda shaxmatShaxmat Tarixi Shaxmatning Yevropaga kirib kelishi.Shaxmat Tarixi Zamonaviy shaxmatning paydo bolishi.(XV-XVII-asrlar)Shaxmat Tarixi XVIII-asrda ShaxmatShaxmat Tarixi XIX-asr shaxmatni xalqaro sport turiga aylantirishShaxmat Tarixi XX-asrning birinchi yarmida shaxmatShaxmat Tarixi XX-asrning 2-yarmida shaxmatShaxmat Tarixi Shaxmatning hozirgi holatiShaxmat Tarixi ManbalarShaxmat Tarixi AdabiyotlarShaxmat TarixiChaturangaFilShatranjShaxmat

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiNutqIqtisodiyotSkeletMuhammad XorazmshohKreditPolisaxaridlarOmmaviy madaniyatMicrosoft OfficeInson skeletiTemuriylar imperiyasiYaponiyada taʼlimErtakBuyuk ozodlik xartiyasiErkak jinsiy aʼzosiYorugʻlik interferensiyasiEritmalarZulfiyaMinorai KalonFunksiya (matematika)Mantiq falsafasiMetodologiyaGʻaznaviylar davlatiQandli diabetMonetarizmErkin VohidovIrsiy kasalliklarVolontyorXorazmMatematikaOltinViruslarTinch okeaniSanoatKoʻmakchiMuhammadMustaqil davlatlar hamdoʻstligiFalsafiy antropologiyaMehnatOʻsimliklarXotiraQoʻqon xonligiTub sonlar roʻyxatiKesimSanʼatGazlarFrilanserBozor iqtisodiyotiga oʻtishVikipediyaQoraqalpoqlarQoʻshma gapDavlat poytaxtlari roʻyxatiNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiOʻzbekiston Mustaqilligi kuniBirinchi yordamIshlab chiqarishSamarqand viloyatiMisrKuyish25-aprelMusiqa cholgʻu asboblariMoliya tizimiDasturlashQalqonsimon bezIvan PavlovAtomYorugʻlikSintaksisHarakatSezgiInson yuragiInformatikaVenera (sayyora)BozorAbdulla QodiriyIlmiy tadqiqotKonusDori🡆 More