Lozanna (fransuzcha: Lausanne , frankoprovansalcha: Losena ) – Shveysariyaning janubi-gʻarbiy qismidagi shahar.
Vo kantonining maʼmuriy markazi. Aholisi 114,2 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Jeneva koʻli sohilidagi xalqaro ahamiyatga ega port. Aeroport bor. Aniq mashinasozlik, metallurgiya, poligrafiya, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki sanoatlari rivojlangan. Universitet (1537), oliy texnika maktabi, muzeylar bor. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining qarorgohi. Xalqaro turizm markazi. Lozannada xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkaziladi. Shaharga rimliklar manzilgohi sifatida asos solingan. Oʻrta asrlarda yepiskoplik shahri boʻlgan. Lozannada meʼmoriy yodgorliklaridan Notr-Dam sobori, gotika cherkovi, ratusha va boshqa saqlangan. Hozirgi zamon binolaridan maʼmuriy binolar bor. Kurort shahar.
Lozannaning hududi 41,37 va 41,38 km2 ni tashkil etadi. Dengiz sathidan oʻrtacha 495 m balandlikda joylashgan.
Yil | Soni | |
---|---|---|
1981 | 126 298 | |
1982 | 126 675 | |
1983 | 126 750 | |
1984 | 126 211 | |
1985 | 125 004 | |
1986 | 124 206 | |
1987 | 124 022 | |
1988 | 123 468 | |
1989 | 122 600 | |
1990 | 123 159 | |
1991 | 117 518 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
1992 | 117 571 | |
1993 | 117 153 | |
1994 | 116 795 | |
1995 | 115 878 | |
1996 | 114 510 | |
1997 | 114 022 | |
1998 | 114 161 | |
1999 | 114 518 | |
2000 | 114 889 | |
2001 | 115 272 | |
2002 | 116 073 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2003 | 116 811 | |
2004 | 117 389 | |
2005 | 117 388 | |
2006 | 118 049 | |
2007 | 119 180 | |
2008 | 122 284 | |
2009 | 125 885 | |
2010 | 126 998 | |
2011 | 129 383 | |
2012 | 130 421 | |
2013 | 132 788 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2014 | 139 811 | |
2015 | 135 629 | |
2016 | 137 810 | |
2017 | 144 426 | |
2018 | 139 111 | |
2019 | 139 408 | |
2020 | 140 202 | |
2021 | 140 619 | |
2022 | 141 418 |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Lozanna, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.