Donald Trump

Donald John Trump (talaffuzi: Donald Jon Tramp; 14-iyun 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, tadbirkor, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi va jamoat arbobi boʻlib, 2017-yildan 2021-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini bajargandir.

Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resorts kompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (inglizcha: The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi.. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi.

Donald Trump
Donald Trump
Rasmiy portret
45-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2017-yil – 20-yanvar 2021-yil
Vitse-prezident Mike Pence
Oʻtmishdoshi Barack Obama
Vorisi Joe Biden
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Donald John Trump

14-iyun 1946-yil (1946-06-14) (77 yosh)
Queens, New York shahri, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar (1987-1999, 2009-2011, 2012-hozirgacha)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
  • Islohot (1999—2001)
  • Demokratlar (2001—2009)
  • Mustaqil (2011—2012)
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Ota-onasi
  • Fred Trump
  • Mary Anne MacLeod
Istiqomat joy(lar)i Mar-a-Lago
Taʼlim Pennsylvania universiteti (bakalavr)
Kasbi
  • Siyosatchi
  • ishbilarmon
Mukofotlari Ellis orolining faxriy medali Donald Trump Qirol Abdulaziz ordeni
Imzosi Donald Trump
Vebsayti

2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi., biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Donald Trump prezidentligi davrida koronavirus pandemiyasi oqibatida 700 million dollarga yaqin pul yoʻqotdi. Hozirda uning boyligi taxminan 2,3 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning tijorat koʻchmas mulkdan tushgan daromadi 2016-yildan 2021-yilgacha 26 foizga, kurortlardan tushgan daromadi esa 2015-yildan 2020-yilgacha 42 foizga kamaygan. Sobiq prezident boyligining kamayishi bundan oldin ham qayd etilgan va 2020-yilda 600 million dollarga kamayib, 2,5 milliard dollarni tashkil etgan. Oʻshanda uning deyarli barcha aktivlari millionlab dollarga pastlagan.

Bolalik va yoshlik yillari

Donald Trumpning ota tomonidan bobosi Frederik Trump (Drumpf) asli nemis boʻlib, 1885-yilda AQSHga koʻchib kelgan va mamlakat fuqarosi boʻlgan. Otasi va onasi 1936-yilda turmush qurishgan. Donald Queensdagi maktablardan biriga borgan, lekin u yerda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelganligi tufayli, ota-onasi uni Nyu Yorkdagi Harbiy Akademiyaga oʻqishga yuborgan. U Akademiyaning bir qancha mukofotlariga sazovor boʻlgan, futbol va beysbol jamoalarida oʻynagan. 1964-yili beysboldagi muvaffaqiyatlari uchun u alohida mukofotga sazovor boʻlgan. Harbiy Akademiyadagi oʻqishning toʻrtinchi yilida Donald va uning safdoshi Jeff Donaldson kursantlar uchun alohida oʻquv kursi tashkil etadilar. Kursantlar mashqlar natijasida Nyu Yorkning Beshinchi koʻchasida marsh oʻtkazadilar. Donald keyinchalik Fordham Universitetida ikki yil oʻqiydi, keyinroq oʻqishni Pensilvaniya Universitetida davom ettiradi va uni 1968-yilda tugatadi. Iqtisodchi diplomini olgach, oʻz otasiga qarashli boʻlgan, mamlakatdagi eng yirik uy-joy shirkati hisoblangan korxonaga ishga kiradi,. Oʻzinig „Kelishuv sanʼati“ nomli kitobida Donald Trump talabalik yillari haqida shunday degan:

Harbiy akademiyani bitirganimdan keyin kinoshunos boʻlishni oʻyladim, biroq, uy-joy biznesi men uchun muhimroq ekanini sezdim. Umuman oʻqishga boʻlgan xohishim pasayib ketardi… keyinroq esa, Pensilvaniya Universitetining biznes maktabiga oʻqishga kirdim. Men bu yerda oʻqiyotganimdan xursand edim…

Faoliyati

1968-1989-yillar

Avvaliga u Brooklyn va Queensdagi oʻrta sinf uchun moʻljallangan uy-joy ijarasi bilan bogʻliq ishlarni qildi. Eng birinchi loyihalaridan biri 1200 kvartirali uy majmuasini sotib olib, toʻliq qayta taʼmirlab, ijaraga topshirish edi. Trump Organization bu ishni muvaffaqiyat bilan yakunladi va 6 million $ sof foyda oldi. 1971-yilda Donald Trump Manhattanga koʻchib oʻtdi. Bu yerda u shaharning iqtisodiy salohiyati yuqorligi, qurilish ishlarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaxshi tushunardi. Donald shahardagi bankrotlik tufayli faoliyat yuritmayotgan „Kommodor“ mehmoxonasining binosini taʼmirlash huquqini va buning natijasida Nyu York maʼmuriyati tomonidan 40 yillik soliq imtiyozini olganidan soʻng, eski mehmonxona oʻrnida Grand Hyatt mehmonxonasini barpo etadi. Donald „Jacob Javitz konfrens-markazi“ning qayta taʼmirlash huquqini Nyu York maʼmuriyatidan soʻragan va oʻz qurilish loyihasini taklif etgan, biroq bu loyiha maʼqullanmagan. Shunga oʻxshash holat Nyu Yorkning markaziy xiyobonidagi muz oʻyingohini qayta taʼmirlash jarayonida ham boʻlgan: Shahar maʼmuriyati taʼmirlash ishlarini 2.5 yilda tugatishni rejalagan, ammo u 6 yil deganda ham yakunlanmagan. Donald maʼmuriyatga ushbu oʻyingoh ishini oʻziga bepul topshirilishini, evaziga u oʻz hisobidan taʼmirlashni yakunlab berishni soʻragan. Maʼmuriyat esa, har doim rad javobini beravergan. Bu haqida ommaviy axborot vositalari tanqidiy maqola chiqargach, Donald taʼmirlash huquqini qoʻlga kiritgan. Donald taʼmirlash ishlarini 6 oy ichida yakunlagan va ajratilgan 3 million dollar mablagʻdan 750 ming dollarini tejab qolgan.

1989—1997-yillardagi iqtisodiy muammolari

1989-yilda Donald davlatdan olgan zayomlarini iqtisodiy inqiroz tufayli qoplay olmagan. U yangi loyihalaridan biri boʻlgan „Trump Taj Mahal“ majmuasining qurilishi uchun 1 milliard dollar zayomni obligatsiyalar koʻrinishida olgan edi. 1991-yilga kelib, Donaldning ortib borayotgan qarzlari hatto uning shaxsan bankrot boʻlishiga xavf soldi. Banklar, zarariga boʻlsa-da, Trumpning qarzlardan ozod qilinishini va sudning muqarrar jarimalaridan qutqarilishini taʼminlab berdilar. „Trump Taj Mahal“ 1991-yili qarzlardan ozod etildi, evaziga qarzni toʻlab bergan banklar majmua aksiyalarining 50 foiziga egalik qildilar. 1994-yilga kelib, 900 million $dan ortiq qarzlarini bartaraf etgan va bizesini saqlab qolgan. 1995-yilda Gaming Hall of Fame aʼzosi boʻldi. 1995-yilda hamma koʻngilochar komplekslarini birlashtirib, Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini tashkil qildi. 1996-yildayoq, kompaniya har bir aksiyasining Wall-streetdagi narxi $35 dan yuqori edi, biroq 1998-yilda aksiya narxi $10 dan ham tushib ketdi. 2004-yilda Trump Hotels & Casino Resorts qarzlar toʻliq qoplanganini eʼlon qildi. Shu yil noyabr oyida Trump kompaniya bosh direktori lavozimidan chetlandi, lekin boshqaruv raisi boʻlib qoldi.

1997—2007-yillar

Donald Trump bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:

  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki beach)“ majmuasining qurilishi. Trumpning soʻzlariga koʻra, majmua xaridorlarda katta qiziqish uygʻotgan.
  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Chikago)“ majmuasi — mablagʻ yetarlicha boʻlmaganligiga qaramasdan, qurilish yakunlandi.
  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto)“ — biroz kechroq boʻlsa-da, qurilishi tugallandi.
  • „Trump minorasi (Tampa)“ — soʻrovlar koʻp boʻlganligi uchun narxlari oshib ketgan, oqibatda xaridorlar oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqqan.
  • Florida shtatining Fort Loderdeyl shahrida „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Fort Lauderdale)“ majmuasi qurildi.
  • „Trump minorasi (Atlanta)“ — Atlanta shahridagi yangi uy-joy majmuasi.

Jahon iqtisodiy inqirozi (2008—2012)

2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Chikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va Trump Deutsche Bank ssudasini yopa olmadi. Trump sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz — bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan. Deutsche Bank vakillari esa, „Trump muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar. 2009-yil 17-fevralda Trump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi.

Shaxsiy binolari

Donald Trump 
Las Vegas mehmonxonasi

2011-yilda „Forbes“ jurnali Donald Trump boyligini 2.9 milliard dollarga baholadi, ammo 2015-yildagi matbuot anjumanlaridan birida u boyligining 10 milliard dollardan ham ortiq ekanini aytgan.

Qurilishi tugatilgan uy-joylari

Donald Trump 
Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Nyu York)
  • „Trump Park Avenue“ — $142 million
  • Golf maydonlari — $127 million
  • * AQSh hududidagi 6 ta golf klubi
  • * 2006-yilda Shotlandiyaning Aberdin shahrida katta yer maydonini sotib oldi, bu yerda Birlashgan Qirollik golf chempionati uchun maydon boʻlishi moʻljallangan. Undan tashqari, bu yerda golf akademiyasi va besh yulduzli mehmonxona qurilishi kutilmoqda.
  • * Karib dengizidagi Kanuan orolida golf maydoni va koʻngilochar majmua qurilishi.
  • „Palm Beach“dagi bino: 4000 maydonga ega uy. Trump bu uyni 40 million dollarga sotib olib, qayta taʼmirlab, 2008-yilda 100 million dollarga sotgan. Bu uy AQShda sotilgan eng qimmat uy boʻldi.
  • „Maralago“ klubi

Litsenziyalangan binolari

Koʻpchilik qurilish kompaniyalari Donald Trumpdan ular qurayotgan binoni reklama qilib berishni soʻraydilar. Shu sababdan, Trump nomi yozilgan binolarning aksariyati uning oʻziga qarashli emas. „Forbes“ bergan maʼlumotga koʻra, qurilishi kutilayotgan yana 33 ta loyiha bor, ularning ichiga 7 ta mehmonxona ham kiradi.

Donald Trump 
Torontodagi minora qurilishi
  • * Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Dubay), BAA
  • * Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Panama): 70 qavatli minora.

OAVda

Donald Trump seriallar, komediyalar, multfilmlarning dublyajlarida ovoz bergan, bir qancha rollarni ijro etgan, telekoʻrsatuvlarda qatnashgan. Ikki marta Emmy mukofoti sohibi boʻlgan. 2003-yili Trump NBC telekanalidagi „Nomzod“ deb nomlangan teleshouning ijrochi produseri va boshlovchisi boʻldi. Bu shouning mazmuni shunday: qatnashchilar Trump kompaniyalarining biriga ishga kirish uchun kurash olib boradilar, magʻlub boʻlganlar oʻyindan chiqariladi va Trump ularga „Siz boʻshatildingiz!“ (inglizcha: Youʼre fired!) deydi. Bu soʻzlar juda mashhur boʻlib ketadi. 2004-yili Trump ushbu iborani savdo belgisiga aylantirgan. 2007-yili Donald Trump ismi Hollywooddagi „Yulduzlar yoʻlkasi“ga yozildi. Shu yili Trump AQSH Prezidenti Bushni Iroqda urush olib borayotganligi uchun keskin qoraladi.

”Iroqdagi urushda koʻp qon toʻkilishini istaganlardan hech biri AQSh Prezidenti saylovida gʻalaba qilolmaydi”

 — degan u.

Shuningdek, u Hillary Clinton yoki Rudolph Giuliani AQSh prezidentligiga nomzod boʻladigan taqdirda, ikkisini ham qoʻllashi mumkinligini aytgan. Trump aktrisa Angelina Jolieni „birinchi raqamli goʻzal aktrisa“ sifatida tan olmagan.

AQSh Prezidentligiga nomzod sifatida

Donald Trump 
Prezidentlik saylovoldi kampaniyasida, 2015-yil 3-sentabr

2015-yili Trump AQSh Respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Saylovoldi kampaniyasida Trump AQSH Prezidenti etib saylangan taqdirida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan doʻstlashish siyosatini olib borajagini ham aytgan.

Shaxsiy sayti

Donald Trump oʻz veb-saytini ishga tushirdi. sayt „45office.com“ deb nomlangan boʻlib, hozircha uchta sahifaga ega. Ulardan biri Donald va Melaniya Trampning tarjimai holi va AQSHning 45-prezidenti hamda birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bagʻishlangan. Bosh sahifa orqali amerikaliklarga Trump bilan oʻz fikrlarini boʻlishish imkoni yaratilgan. Buning uchun foydalanuvchilardan shaxsiy aloqa maʼlumotlari kiritiladigan soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi. Shuningdek, sobiq prezidentlik juftligiga har qanday ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish imkoni ham mavjud. Uchinchi sahifa esa matbuot soʻrovlari uchun ajratilgan.

Qayd etilishicha, veb-sayt dizaynida sobiq prezidentning oʻz tarafdorlari bilan ommaviy yozishmalar olib borishi uchun alohida sahifa yaratilmagan.

Boshqa biznes tarmoqlari

„Dunyo goʻzali“ xalqaro tanlovini olib boruvchi Miss Universe Organization tashkiloti hamda „NBC“ telekanali ham aynan Donald Trumpga qarashlidir. Donald Trump, shuningdek, oʻzining shaxsiy kiyim-kechak brendiga ham ega (erkaklar kiyimlari, soatlari, atir va b.). Trump nomi bilan ataluvchi aroq, kokteyl, gazli suv ham ishlab chiqarilmoqda. Donald Trump Learning Annex maktabida ham dars beradi, bir soatli maʼruzasi uchun 1.5 million dollar ish haqi oladi.

Golf maydonlari

2008-yilning iyunida Trump Aberdin shahar kengashi majlisida qatnashadi. Unda Trump 1 milliard £ mablagʻ sarflab, shaharning shimoliy qismida golf klubi qurishni taklif etadi. Kengash Trumpning bu taklifini maʼqullagan, ammo qurilishga huquqbonlar, geologlar va olimlar qarshi chiqadilar. Bunga sabab, golf maydoni arxeologik ahamiyatga ega yerlarga qurilishi moʻljallangan edi.

Vitaminlari

2009-yili Trump vitaminlar ishlab chiqaruvchi „Trump Network“ shirkatga asos soladi. Shirkat bir necha turdagi vitaminlar ishlab chiqaradi.

AQSh Prezidenti

Xorijiy davlatlarga tashriflar

Quyida Donald Trumpning AQSh Prezidenti sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan.

Davlat Shahar Sana Sabab
Donald Trump  Saudiya Arabistoni Ar-Riyod 20-22.05.2017 Riyod sammiti
Donald Trump  Isroil Quddus 22-23.05.2017 Prezident Reuven Rivlin va premyer Benjamin Netanyahu bilan uchrashuv
Donald Trump  Falastin Milliy Maʼmuriyati Baytullahm 23.05.2017 Prezident Mahmud Abbos bilan uchrashuv
Donald Trump  Italiya Rim 23-24.05.2017 Prezident Sergio Mattarella va premyer Paolo Gentiloni bilan uchrashuv
Donald Trump  Vatican City Vatikan 24.05.2017 Francis bilqn uchrashuv
Donald Trump  Belgiya Bryussel 24-25.052017 NATO sammiti
Donald Trump  Italiya Taormina 25-27.05.2017 Katta yettilik sammiti
Donald Trump  Poland Varshava 5-6.07.2017 Uch dengiz sammiti
Donald Trump  Germaniya Gamburg 6-8.07.2017 Katta yigirmatalik sammiti
Donald Trump  Fransiya Parij 13-14.05.2017 Bastiliya kunida qatnashish va Emmanuel Macron bilan uchrashuv
Donald Trump  Yaponiya Tokyo 5-7.11.2017 premyer Shinzō Abe va imperator Akihito bilan uchrashuv.
Donald Trump  Janubiy Koreya Seul 7-8.11.2017 president Moon Jae-in bilan uchrashuv
Donald Trump  Xitoy Pekin 8-10.11.2017 Prezident Xi Jinping va premyer Li Keqiang bilan uchrashuv.
Donald Trump  Vietnam Xanoy 10-12.11.2017 OTIHT sammiti
Donald Trump  Filippin Manila,
Pasay
12-14.11.2017 ASEAN sammiti
Donald Trump  Shveysariya Davos 25-26.01.2018 Butunjahon iqtisodiy anjumani.
Donald Trump  Peru Lima 13-14.04.2018 Lotin Amerikasi sammiti.

Shaxsiy hayoti

Oilasi

Donald Trump 
Melania Trump

Donaldning ikki ukasi (Robert va David) va ikki singlisi (Mary va Elizabeth) bor. Singlisi Mary — yurist. 1977-yili Trump 28 yashar Ivana Zelnichkovaga uylangan. Ularning uchta farzandi bor: Donald Trump-kichik, Ivana va Erik. 1992-yili er-xotin ajrashib ketishgan. 1993-yili Trump 29 yashar Marla Maplesga uylangan. Bu nikohdan Tiffany ismli qizi bor. 1999-yilda er-xotin ajrashishgan. Donald xotinlari haqida shunday degan:

«Meni oʻylashimcha, Ivana va Marla meni birday sevgan, men esa, oʻz ishimni sevaman»

2004-yildan beri Donald sloveniyalik Melania Trump (talaffuzi: Melaniya Tramp) bilan nikohda. Ularning Barron ismli oʻgʻli bor. 2013-yilga kelib, Donald yettita nabirali boʻlgan: ulardan beshtasi kichik Donaldning bolalari (Kai Madison, Donald John, Tristan Milos, Spencer Frederick va Chloe Sophia); ikkitasi Ivankaning (Arabella Rose va Joseph Frederick) bolalaridir. Donald nasroniylik dinining protestantlik oqimiga eʼtiqod qiladi. Bu haqida uning oʻzi shunday degan: „Fikrimcha din bu chiroyli narsa. Mening dinim — nasroniylik esa chiroyli din“.

Oilaviy shajarasi

Qiziqishlari

Donald golf oʻyiniga nihoyatda qiziqadi. AQShda va dunyoning boshqa mamlakatlarida uning shaxsiy golf klublari bor.

Kitoblari

  • „Kelishuv sanʼati“
  • „Choʻqqida omon qolish uchun“ (1990)
  • „Omon qolish sanʼati“ (1991)
  • „Qaytadan koʻtarilish sanʼati“ (1997)
  • „Bizga yarashgan Amerika“ (2000)
  • „Boy boʻlish uchun“ (2004)
  • „Yuqoriga yoʻl“ (2004)
  • „Muvaffaqiyat haqida nimalarni bilish kerak“ (2004)
  • „Golf oʻyini haqida“ (2005)
  • „Biz boy boʻlishingizni istaymiz“ (2006)
  • „Qotib qolma!“ (2007)
  • „Uy-joy haqidagi eng yaxshi maslahatlarim“ (2007)
  • „Muvaffaqiyat formulasi“ (2007)
  • „Trump hech qachon taslim boʻlmaydi“ (2008)
  • „Midas sovgʻasi“ (2012)

Filmografiyasi

Title Year Notes Role
The Jeffersons 1985 Episode titled „You’ll Never Get Rich“ Himself
Ghosts Canʼt Do It 1989 Movie
On Our Own by Bobby Brown 1989 Music Video
Uyda yolgʻiz 2 1992 Movie
The Fresh Prince of Bel-Air 1994 Episode titled „For Sale by Owner“
Across the Sea of Time 1995 Movie
The Little Rascals 1995 Movie Waldoʻs Dad (an oil tycoon)
The Nanny 1996 Episode titled „The Rosie Show“ Himself
Eddie 1996 Movie
The Associate 1996 Movie
Suddenly Susan 1997 Episode titled „I’ll See That and Raise You Susan“
The Drew Carey Show 1997 Episode titled „New York and Queens“
Night Man 1997 Episode titled „Face to Face“
Spin City 1998 Episode titled „The Paul Lassiter Story“
Celebrity 1998 Movie
Sex and the City 1999 Episode titled „The Man, the Myth, the Viagra“
Zoolander 2001 Movie
The Job 2001 Episode titled „Elizabeth“
Two Weeks Notice 2002 Movie
Days of Our Lives 2005 Guest star on daytime television soap opera.
58th Primetime Emmy Awards 2006 minimusical Oliver Wendell Douglas
Wall Street: Money Never Sleeps 2010 Trump’s scene in this movie was cut from the final version but is available on the DVD. Himself
Saturday Night Live 2015 Trump hosted the 7-noyabr 2015-yil episode of SNL Himself / Tax Guy (In Hotline Bling skit)

Manbalar

Havolalar

Donald Trump 
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Donald Trump haqida sahifa mavjud.

Tags:

Donald Trump Bolalik va yoshlik yillariDonald Trump FaoliyatiDonald Trump Shaxsiy binolariDonald Trump OAVdaDonald Trump Shaxsiy saytiDonald Trump Boshqa biznes tarmoqlariDonald Trump AQSh PrezidentiDonald Trump Shaxsiy hayotiDonald Trump Oilaviy shajarasiDonald Trump KitoblariDonald Trump FilmografiyasiDonald Trump ManbalarDonald Trump HavolalarDonald Trump14-iyun1946-yilAQSh prezidentiAktyorAmerika Qoʻshma ShtatlariAmerikalikForbesIngliz tiliNBCSiyosatchiTadbirkorlikTeleboshlovchiYozuvchi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

AvtomobilTurizmBronxial astmaVeb-saytIjtimoiy psixologiyaHajmQon yaratilishiUmurtqa pogʻonasiMehnat muhofazasiDavlat hokimiyati vakillik organlariSportMantiqiy amallarGermaniya ta'lim tizimiEkologik omillarOPECIshlab chiqarishAmir TemurHadisInflatsiyaNutq madaniyatiSon (tilshunoslik)GrammatikaKislorodSuv havzasiMagnit maydonNasosReklamaKutubxonaTovarDoriBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiChingizxonProteinlarQizil kitobGektarDoʻstlikFan-texnika taraqqiyotiPaleolitNitrat kislotasiAFC U-23 Osiyo kubogi 2024FotonMusa JalilLeksikologiyaToshkent viloyatiQalqonsimon bezDeputatEpistemologiyaSuvchechakShimoliy AmerikaTovushQutadgʻu biligQattiq jismSodda gapErkak jinsiy aʼzosiOʻtkir HoshimovOmonimlarMilliy dinlarFIFA futzal Jahon chempionati 2024Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiAleksandrKubik metrRus tiliBuyuk Ipak yoʻliAzotIslom mazhabchiligiMetrologiyaBuxoro arkiIshlab chiqarish samaradorligiKoordinatsion birikmalarKoʻkyoʻtalFutbolBuxgalteriya balansiIrsiy kasalliklarOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariQitʼaYotoq yaraTarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasiGenlarning oʻzaro taʼsiri🡆 More