Lima

Lima — Peru poytaxti.

Mamlakatning muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Tinch okean sohilida joylashgan. And togʻlari etagida. Iqlimi tropik choʻl iqlimi. Oʻrtacha temperaturasi avgustda 16°, fevralda 23°. Yiliga 40 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 7,4 mln. kishi (2000). L.ga 1535-yilda ispanlar asos solgan. Uch asr davomida ispanlarning Janubiy Amerikadagi mustamlakalarining markazi va Peru vitseqirolligining poytaxti boʻlgan. 1821-yildan Peru Respublikasining poytaxti. 1881—83 yillarda Chili qoʻshinlari okkupatsiya qilib turgan.

Transport yoʻli va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni. L.dan Pan-Amerika shossesi oʻtgan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. L. shahar atrofi va Kalyao bilan birga namlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 80% ni beradi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, oziqovqat, metallsozlik, kimyo, neftni qayta ishlash sanoatlari. Tayyor qismlardan avtomobil va elektr asboblari ishlab chiqarish korxonalari bor. Universitetlar, jumladan, SanMarkoye universiteti (1551), 3 ta Fanlar akademiyasi, muzeylar, milliy kutubxona, teatrlar, rasadxona, botanika bogʻi va boshqa bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Torre Tagle saroyi (1795), sobor (1572—1797), prezident saroyi va boshqa saqlangan.

Manbalar



Tags:

Peru

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ZaharlanishMetodGipertoniya kasalligiTurizmOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiMeʼda osti beziXitoyTopishmoqOʻzbekiston siyosiy partiyalariQadimgi YunonistonMerkuriyBuxoroZulfiyaDezinfeksiyaIshlab chiqarishDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiLorents kuchiMultimediaToshkent viloyatiShifokorQoʻqon xonligiSut emizuvchilarAmper qonuniRaqobatNutqHamletYuklamaBogʻlovchiMuskullarYusuf Xos HojibYouTubeUsmoniylar davlatiCristiano RonaldoIchan qalʼaTuzlarOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiHayotiy shaklBosh SahifaUygʻonish davriIslomBrauzerEtikaToʻgʻri toʻrtburchakIjtimoiy psixologiyaAsosiy fondlarIspaniyaOscar WildeSuvda va quruqlikda yashovchilarTinch okeaniLinzaBoʻlinish alomatlariOʻzbekiston yoʻl belgilariFavvoraIjtimoiy himoyaTemuriylarMovarounnahrRim imperiyasiOrol dengiziOvqat hazm qilishBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiMatnHadisMototsiklFuqarolik jamiyatiQoʻshilgan qiymat soligʻiSirdaryoHindistonMehnat muhofazasiDavlatIshsizlikUndosh tovushlarGlukozaChorvachilikInflatsiyaKasrWilliam ShakespeareDifferensial tenglama🡆 More