George W. Bush

George Walker Bush (talaffuzi: Jorj Uoker Bush; 6-iyul 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va ishbilarmon boʻlib, 2001-yildan 2009-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 43-prezidenti lavozimini bajargandir.

Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Bush bungacha 1995-yildan 2000-yilga qadar Texas shtatining 46-gubernatori vazifasini bajargan. U AQShning sobiq prezidenti George H. W. Bushning toʻngʻich oʻgʻlidir.

George Bush
George W. Bush
Rasmiy portret (2003)
43-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2001-yil – 20-yanvar 2009-yil
Vitse-prezident Dick Cheney
Oʻtmishdoshi Bill Clinton
Vorisi Barack Obama
46-Texas gubernatori
Mansab davri
17-yanvar 1995-yil – 21-dekabr 2000-yil
Oʻtmishdoshi Ann Richards
Vorisi Rick Perry
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
George Walker Bush

6-iyul 1946-yil (1946-07-06) (77 yosh)
New Haven, Connecticut, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar
Boʻyi 183 sm
Turmush oʻrtogʻi
Laura Welch (turm. 1977)
Bolalari Barbara Bush, Jenna Bush Hager
Ota-onasi
  • George H. W. Bush
  • Barbara Bush
Istiqomat joy(lar)i Crawford, Texas, AQSh
Taʼlim Yale universiteti
Harvard universiteti
Kasbi
  • Siyosatchi
  • ishbilarmon
Imzosi George W. Bush
Vebsayti

Bush yigirma yoshida Texas havo milliy gvardiyasida ikki yil muddat xizmat qildi. 1975-yili Harvard biznes maktabini tamomlagach, u neft sanoati sohasida ishladi. 1978-yilda Bush Vakillar palatasiga oʻz nomzodligini qoʻydi, ammo saylanmadi. Keyinchalik, u Texas Rangers nomli beysbol jamoasiga egalik qilib, 1994-yili Texas gubernatori etib saylandi. 1998-yilda Bush rekord darajadagi (69 foiz) ovozlar soni bilan ikkinchi muddatga qayta gubernator etib saylandi va buning ortidan Texas tarixida ikkinchi muddatga saylangan ilk gubernator boʻldi. U gubernatorlik davrida Texasni shamol energetikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi shtatga aylantirishga koʻmaklashdi. Bush 2000-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashib, Demokratlar partiyasida boʻlgan amaldagi vitse-prezident Al Gore ustidan gʻalaba qozondi. Qayta sanash va sud jarayonlarini oʻz ichiga olgan bu saylov mamlakat tarixidagi eng bahsli saylovlardan biri boʻldi.

Lavozimiga kirishgach, Bush soliqlarni kamaytirish va taʼlimni isloh qilish toʻgʻrisida qonun loyihasi imzoladi. Kech abort qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun va eʼtiqodga asoslangan tashabbuslar kabi ijtimoiy-konservativ harakatlarni ilgari surdi. Bush prezidentligi davrida 2001-yil 11-sentabr terror xurujlari natijasida terrorizmga qarshi kurashish uchun Milliy xavfsizlik vazirligi tashkil etildi. Bush Tolibonni agʻdarib tashlash, al-Qoidani yoʻq qilish hamda Osama bin Ladenni ushlash maqsadida AQSh armiyasini Afgʻonistonga bostirib kirishga buyruq berdi. U, shuningdek, terrorizmda gumon qilingan shaxslarni nazorat qilish vakolatini beruvchi Patriot qonunini imzoladi.

Bush 2004-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod John Kerryni magʻlub etdi hamda ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi.

Dastlabki hayoti va karyerasi

George W. Bush 
George W. Bush ota-onasi Barbara va George H. W. Bush bilan (tax. 19470

George Walker Bush 1946-yil 6-iyulda Connecticut shtatining New Haven shahrida joylashgan Grace-New Haven shifoxonasida dunyoga keldi. U George Herbert Walker Bush va Barbara Piercelarning birinchi farzandi boʻlgan. Uning bolaligi Texas shtatining Midland va Houston shaharlarida oʻtgan. Uchta ukasi va bitta singlisi boʻlgan boʻlib, ular quyidagilardir: Jeb, Neil, Marvin va Dorothy. Boshqa bir singlisi Robin 1953-yili uch yoshida leykoz kasalligi tufayli vafot etgan. Uning ota tarafdan bobosi Prescott Bush Connecticut shtatidan senator boʻlgan. Georgening otasi 1981-yildan 1989-yilga qadar Ronald Reagan prezidentligi davrida vitse-prezident, 1989-yildan 1993-yilga qadar esa 41-AQSh prezidenti vazifalarini bajargan. Bush asosan ingliz va olmon (uzoqroq niderland, uels, irland, fransuz va shotland) kelib chiqishga ega boʻlgan.

Taʼlimi

Bush Texas shtatining Midland shahridagi davlat maktabida oʻqidi. U 7-sinfni tamomlaganida oilasi bilan Houston shahriga koʻchib oʻtdi. Keyin u Kinkaid maktabida ikki yil muddat tahsil oldi.

Bush keyinchalik Massachusetts shtatining Andover shahrida joylashgan Phillips Academy nomli maktab-internatda oʻqidi. U ushbu maktab-internatda oʻqigan yillarida beysbol oʻynagan. U 1964-yili Yale universitetiga oʻqishga kirdi va 1968-yilda uni tugatib, tarix boʻyicha bakalavrlik darajasini oldi. Yaleda oʻqigan yillarida u Delta Kappa Epsilonga aʼzo boʻlib, oʻrtoqchilik prezidenti oʻlaroq xizmat qildi. Bush, shuningdek, „Skull and Bones“ („Bosh suyagi va suyaklar“) jamiyati aʼzosi ham boʻlgan. U oʻzini oʻrtacha talaba oʻlaroq taʼriflaydi. U Yaleda dastlabki uch yilidagi GPAsi 77 ni tashkil etib, universitetdagi soʻnggi yilida ham xuddi shunday oʻrtacha koʻrsatkichga ega boʻlgan.

1973-yilning kuzida Bush Harvard biznes maktabiga oʻqishga kirdi. 1975-yili uni tamomlab, MBA darajasini oldi. U AQSh tarixida MBA darajasini olgan yagona prezidentdir.

Yana qarang

Manbalar

Oʻqish uchun

Havolalar

Tags:

George W. Bush Dastlabki hayoti va karyerasiGeorge W. Bush Yana qarangGeorge W. Bush ManbalarGeorge W. Bush Oʻqish uchunGeorge W. Bush HavolalarGeorge W. Bush1946-yil6-iyulAQSh prezidentiAmerika Qoʻshma ShtatlariAmerikalikGeorge H. W. BushRespublikachilar partiyasiSiyosatchiTadbirkorlikTexas

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

BiologiyaXiva xonligiAntibiotiklarUrgʻuFalsafiy antropologiyaOʻzbekiston Mustaqilligi kuniPulAFC Futzal Osiyo Kubogi 2024TransformatorTuzlarMehrobdan chayonHomiladorlikAbdulla QahhorJinoyatLinzaPolimerlarChatqol biosfera qoʻriqxonasiGipertoniya kasalligiDaraxtAsosiy fondlarJamiyatQutadgʻu biligAntiseptikaFuqarolarning huquq va burchlariTurizmAxborot jamiyatiFutbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston KubogiMicrosoft AccessMinetJanubiy Afrika RespublikasiOʻzgaruvchanlikOʻtkir HoshimovHikoyaBahorOkeanQirgʻizistonKommunikatsiyaIshlab chiqarish samaradorligiLolaMusiqaIntegratsiyaLipidlarBrauzerNafasZilzilaAbulfayzxonMisQunut duosiMustaqillikSayyoraSuyak sinishiOmonimlarSpirtlarChorvachilikEpistemologiyaNavoiy viloyatiSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiIspaniyaIssiqlik almashinishKistaFizioterapiyaEvolutsiyaMuzey143Axborot xavfsizligiOziq-ovqatSuverenitetDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiPayvandlashAl-XorazmiyBankBozor iqtisodiyotiga oʻtishIshsizlikAnatomiyaDiniy ekstremizmIrsiy kasalliklarPaygʻambarTurkmanistonParasimpatik nerv sistemasi🡆 More