Tolibon

Tolibon yoki toliblar (pushtucha: طالبان — oʻquvchilar, dars oluvchilar) — 1994-yilda Afgʻoniston pushtunlari tomonidan tuzilgan islomchi, radikal, diniy-siyosiy harbiylashgan harakat.

Tolibon
pushtucha: طالبان
Tolibon
Tolibon harakatining bayrogʻi
Mafkurasi Devbandiylik
Panislomizm
Pushtunvali
Diniy millatchilik
Aksilgʻarbchilik
Etnik mansubligi asosan pushtunlar, undan tashqari arablar, tojiklar, hazoralar, balujlar, panjobilar va b.
Diniy mansubligi islom, sunniylik, hanafiylik mazhabi
Shiori Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, Muhammad uning elchisidir
Liderlari Axtar Mansur†
Haybatulloh Oxundzoda
Abdul Gʻani Barodar
Shtab-kvartirasi Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
Qatar Qatar (avval)
Faoliyat hududi Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
Tuzilgan vaqti 1994-yil
Hamkorlari

Al-Qoida Al-Qoida (2020-yilgacha)
Vaziriston Vaziriston
Oʻzbekiston islomiy harakati (2015-yilgacha)
Sharqiy Turkiston islomiy harakati Sharqiy Turkiston islomiy harakati (avval)
Tehrik-e Taliban Pakistan Tehrik-e Taliban Pakistan (avval)
Islom jihodi ittifoqi (avval)
Lashkari Toyiba (avval)

Pokiston Pokiston (1996—2001-yillar va 2021-yildan hozirgacha)
Dushmanlari

Davlatlar va davlat tashkilotlari
Afgʻoniston Afgʻoniston Islom Davlati (1994—2002)
Afgʻoniston Muvaqqat Afgʻoniston Islom Davlati (2002—2004)
Afgʻoniston Afgʻoniston Islom Respublikasi (2004—2021)
Qoʻshma Shtatlar AQSh (2001—2021)
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya (2001—2021)
NATO NATO (2001-2021)
Pokiston Pokiston (2021-yilgacha)
Nodavlat tashkilot yoki guruh hisoblangan dushmanlari
Afgʻoniston Shimoliy ittifoq (2001-yilgacha)
Iroq va Shom islom davlati Iroq va Shom islom davlati (2015-yildan)
Afgʻoniston Afgʻoniston Afgʻoniston milliy qarshilik fronti (2021-yildan)
Oʻzbekiston islomiy harakati (ISHID ittifoqdosh fraksiyasi)
Afgʻoniston Islom Amirligi Oliy Kengashi (AIAOK)
Jamiyati islomiy
Junbishi Milliy

Hezbe Wahdat
Ishtirok etgan nizolari

Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1992—1996)
Tojikistondagi fuqarolar urushi (1992—1997)
Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1996—2001)

Afgʻonistondagi urush (2001—2021)
Sayti alemarahenglish.af
Tolibon
2020-yil 16-aprel holatiga koʻra „Tolibon“ qoʻl ostidagi hududlar oq rangda koʻrsatilgan

1996—2001-yillarda Afgʻonistonni („Afgʻoniston Islom Amirligi“) hamda 2004-yildan Pokistonning shimoliy qismidagi Vaziriston hududini boshqargan. 2001-yil Afgʻonistonga AQSh harbiylari kirib kelishi ortidan „Tolibon“ hokimiyatiga chek qoʻyilgandi. 2021-yil AQSh harbiylari Afgʻonistondan chiqib ketishi oqibatida keng koʻlamli hujumlar uyushtirgan va 2021-yil 15-avgustdan buyon Afgʻonistonni boshqarayotgan (Afgʻoniston islom amirligi) islomchilik harakati. Toliblar boshqaruvidagi Afgʻoniston islom amirligi (1996—2001) oʻz vaqtida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan rasman tan olingan. 2003-yildan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan.

2021-yil bahorda AQSh harbiy kuchlari Afgʻonistondan chiqarilishi eʼlon qilinganidan soʻng „Tolibon“ harakati birin-ketin hujumlar uyushtirib, Afgʻoniston hududlarini egallab bordi. Avgust oyida Afgʻoniston hududining katta qismi „Tolibon“ qoʻl ostida qoldi, 15-avgustda „Tolibon“ poytaxt Kobulni egalladi, prezident Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi. Shu kuni „Tolibon“ butun mamlakatni boshqarayotganini eʼlon qildi va avvalgi hukumat aʼzolarini taʼqib qilmasligini hamda hech kimni mamlakatdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmasligini aytdi.

Etimologiyasi

„Tolibon“ (pushtucha: طالبان [ṭālibān]) soʻzi pushtu tilidan oʻzbekchaga tarjima qilinganida „oʻquvchilar“ degan maʼnoni anglatib, u „tolib“ (oʻquvchi) soʻzining koʻplik shaklidir. Bu soʻz arabcha „tolib“ (arabcha: طالب [ṭālib] — „oʻquvchi“, „talaba“) va forscha „on“ koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Arabchada „tolibon“ soʻzi „oʻquvchilar“ emas, „ikkita oʻquvchi“ maʼnosini beradi. Shu sababli „Tolibon“ haqidagi maqolalarni arabchaga tarjima qilganda biroz tushunmovchilik yuz beradi. Ingliz tilida „Tolibon“ harakatining bir aʼzosi haqidagi gapda ham „tolib“ emas, „tolibon“ soʻzi ishlatiladi. Masalan, John Walker Lindh „amerikalik tolib“ emas, „amerikalik tolibon“ deb yoziladi. Pokistonning ingliz tilida chiqadigan gazetalarida „Tolibon“ning bir emas, bir nechta aʼzosi haqida gap ketayotgan boʻlsa „Tolibonlar“ (inglizcha: Talibans) shaklida yoziladi.

Oʻzbek tilida esa „Tolibon“ harakatining bir aʼzosi „Tolibon“ jangarisi, „Tolibon“ harakati aʼzosi, „Tolibon“ vakili shaklida; birdan ortiq aʼzosi „Tolibon“ jangarilari, „Tolibon“ harakati aʼzolari, „Tolibon“ vakillari shaklida yoziladi, „Tolibon“ harakatining birdan ortiq aʼzosi aslo „Tolibonlar“ shaklida yozilmaydi.

Tarixi

Tolibon 
1996-yil qishda Afgʻoniston hududlarining turli guruhlarga tegishliligini koʻrsatuvchi xarita:
Yashil — „Tolibon“;
Koʻk — Ahmadshoh Masʼud
Pushti — Abdul Rashid Doʻstum
Sariq — Hezb-i Wahdat

1995-yil Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan moliyalashtirilishi taxmin qilingan toliblar Afgʻonistonning Helmand viloyatini qoʻlga kiritadilar, Hikmatyor Gulbiddin askarlari ustidan gʻalaba qozonadilar ammo Ahmadshoh Masʼud diviziyasi tomonidan Kobul ostonasida toʻxtatiladilar. Ular Afgʻonistonning uchdan bir qismini (janubi-sharqini) boshqaradilar.

1996-yil 27-sentabrda toliblar Kobulni jangsiz egallaydilar va Afgʻoniston Islom Amirligiga asos soladilar. Oʻz qoʻl ostilaridagi yerlarda shariat qonunlarini joriy etadilar. „Tolibon“ tuzumiga qarshi Ahmadshoh Masʼud va Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi, asosan tojiklardan tarkib topgan Shimoliy ittifoq hamda Abdul Rashid Doʻstum boshchiligidagi oʻzbeklar qarshi chiqadilar. Terrorchi Usoma bin Lodinning yashirinishiga yordam berganliklari va Bomiyondagi Budda haykallarini portlatishganidan soʻng jahon hamjamiyati ularni terorchi sifatida taniy boshladi.

2001-yil 11-sentabrda AQShda sodir etilgan terrorchilikdan soʻng, AQSh Afgʻoniston Islom Amirligiga qarshi aksilterror harakatlarini boshlab yubordi va Shimoliy ittifoq harakati yordamida „Tolibon“ tuzumini agʻdardi. Toliblar togʻlarga va Pokistonning Vaziriston provinsiyasiga chekindilar va Hoji Umar boshchiligida qayta birlashdilar. 2000-yillardan boshlab Vaziriston „Tolibon“ harakatining markazi hisoblanadi.

2006-yil 14-fevralda „Tolibon“ Shimoliy Vaziriston hududini Pokistondan mustaqil deb, u yerda Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildilar. Keyinroq, Pokiston armiyasining qarshi kurashlariga qaramay, ular Janubiy Vaziristonni ham egallab, oʻz hududlarini kengaytirdilar.

2007-yil 17-dekabrda pokiston toliblari Tehrik-e Taliban Pakistan guruhi bilan qoʻshildilar. Tehrik-e Taliban Pakistanga vaziristonlik pushtunlardan Maxsud Baytulla boshliq boʻldi.

2009-yil fevralda toliblar Pokistonning Svat vodiysida 30 nafar Pokiston politsiyasi va harbiylarini asirga oldilar va Pokiston hukumatidan Svat vodiysida shariat qonunlari oʻrnatilishini talab qildilar, hukumat bunga rozi boʻldi. Keyinroq toliblar Buner okrugini ham qoʻlga kiritdilar.

2013-yil 1-noyabrda harbiy dron tomonidan berilgan zarbadan soʻng Maxsud Baytulla vafot etgani haqida Pokiston maxsus xizmati vakili maʼlumot berdi.

„Islom jihodi ittifoqi“ islomchi guruhi amiri Horun abu Muhammadning soʻzlariga koʻra 2014-yil soʻngiga kelib, „Tolibon“ Afgʻonistonning qariyb 70 % hududini boshqargan, jumladan, Helmand, Qandahor, Paktiya, Oʻruzgon, Nuriston, Kunar, Badaxshon, Zobul, Gʻazni va b.

2014-yil 31-may kuni „Tolibon“ soʻnggi amerikalik asir Bowe Bergdahlni Guantanamoda saqlanayotgan va avval Amirlikda yuqori lavozimlarni egallagan 5 nafar maxbusga almashdi. Obmen vizval neodnoznachnuyu reaksiyu po vsemu miru.

Germaniya Federativ Respublikasining sobiq stats sekretari Andreas von Bülow 2012-yil 13-yanvarda „Der Tagesspiegel“ nashriga bergan intervyusida „Tolibon“ harakati AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi ishtirokida tuzilgani haqida gapirdi:

AQSh maxsus xizmatlarining salmoqli yordami bilan Afgʻoniston va Pokistonda 30 mingdan kam boʻlmagan musulmon jangarilari maxsus tayyorgarlik koʻrdi, ular orasida oʻz vatanini va gʻoyasini har qanday yoʻl bilan himoya qilishga tayyor boʻlgan fanatiklar guruhi ham bor edi.
Va ulardan biri Usoma bin Lodin edi. Bir necha yil avval shunday yozgandim: „MRBning bu yaratigʻidan Afgʻonistonda „Tolibon“ yetishib chiqdi, ularni amerikaliklar va saudiyaliklar puliga maktablarda Qurʼon yodlatib tayyorladilar.

AQShning Afgʻonistonda SSSRga qarshi kurashish uchun 80-yilldarda tayyorlagan jangarilari, jumladan, toliblar haqida matbuotda ayrim iddaolar keltilgan ammo aytib oʻtish kerak-ki, 80-yillarda „Tolibon“ harakati hali mavjud emas edi.

2016-yil 21-mayda amerikalik harbiylar „Tolibon“ lideri Mansur Axtar boʻlganligi taxmin qilingan avtomobilga dron yordamida raketa zarbasi berdi. 22-may kuni „Tolibon“ning yuqori lavozimdagi qoʻmondonlaridan biri mulla Abdul Rauf va Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Mansur Axtarning oʻlganligi haqidagi xabarni tasdiqladilar. Raketa zarbasi Afgʻoniston va Pokiston chegara hududida amalga oshirilgan.

2017-yil avgustda „Tolibon“ AQSh prezidenti Donald Trumpga AQSh harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqib ketish haqida maktub yoʻlladi.

2018-yil 9-iyunda „Tolibon“ va Afgʻoniston hukumati vaqtinchalik sulh eʼlon qildilar. Bu sulh 15-iyunga qadar davom etdi. 22-iyun tunida toliblar birinchi boʻlib Afgʻoniston harbiylariga qarata oʻq uzdilar.

2019-yil avgust oyida „Tolibon“ harakatining mulla Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiyasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati vakillari Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish maqsadida Toshkentda uchrashuv oʻtkazishdi. „Tolibon“ delegatsiyasining Oʻzbekistondagi safari 5 kun davom etgan, mulla Barodar boshliq guruh Samarqand va Buxoroga ham borgan. Ularni viloyat hokimlari tantanali ravishda kutib olgan.

2019-yil soʻngida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va „Tolibon“ harakati vakillari Rossiyada Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati bilan yarashuv doirasidagi uchrashuvlardan birini oʻtkazdi. 14 kishilik toliblar delegatsiyasiga mulla Barodar Oxund boshchilik qildi.

2021-yilning yozida Afgʻonistondan AQSh harbiylarining olib chiqilishi ortidan „Tolibon“ harakatining keng qamrovli hujumlari boshlandi. Oqibatda 2021-yilning 15-avgustida Afgʻonistonning deyarli butun hududida „Tolibon“ harakatining hukmronligi oʻrnatildi.

Qoʻl ostidagi hududlar

Tolibon 
Tolibon Hirotda. 2001-yil

„Tolibon“ qoʻlga kiritgan birinchi hudud Pokistonning Janubiy Vaziriston provinsiyasi edi. 2004-yil „Tolibon“ harakati u yerdan pokistonliklarni siqib chiqarib, oʻz hukmronligini oʻrnatgan edi. 2006-yil 14-fevralda „Tolibon“ rasman Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildi. Bu amirlik haligacha BMTga aʼzo birorta davlat tomonidan tan olinmagan va jahon hamjamiyati u yerlarni Pokiston hududi deb hisoblaydi.

2021-yil 15-avgustda Kobul qulagach „Tolibon“ Afgʻonistonning deyarli butun hududini qoʻlga kiritdi va oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. Hozirgi kunda toliblar hokimiyati BMTga aʼzo biror davlat tomonidan toʻliq tan olinmagan, diplomatik aloqalar toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilmagan.

Mafkurasi

Tolibon 
Bomiyon Buddalaridan biri „Tolibon“ tomonidan portlatilishidan oldin va keyin

„Tolibon“ning rasmiy dini islomning ash'ariylik yoʻnalishidir. Unga koʻra bu mafkuraga qarshi chiquvchi har qanday kuch (vosita, inson) — adashgan va sazoyi qilinishi kerak. „Tolibon“ oʻz qoʻl ostidagi hududlarda shariat qonunlarini oʻrnatadi va amal qilinishini qatʼiy nazoratga oladi. Toliblar televideniye, musiqa va musiqiy asboblar, rassomlik sanʼati, alkogol, kompyuter va internet, shaxmat, oq rangli oyoq kiyim („Tolibon“ bayrogʻi oq rangda), jinsiy aloqaga oid ochiq mulohazalar va b. koʻplab narsalarni taqiqlaydilar. Erkaklar belgilangan uzunlikda soqol oʻstirishlari kerak. Ayollarga ishlash, erkak shifokor qabulida davolanish, jamoat joyida va begona erkaklarning oldida yuzlarini ochib yurish, erlari yoki erkak jinsli qarindoshlari hamrohligisiz jamoat joylarida yurish taqiqlanadi. Ayollarning taʼlim olishiga ham keskin qarshilik qilingan (2001-yilda toliblar qoʻl ostidagi hududlarda maktabga boradigan qizlar 1 % ni tashkil etgan).

2001-yil 26-fevralda mulla Umar mamlakatdagi barcha gʻayriislomiy yodgorliklarni yoʻq qilish toʻgʻrisida farmon chiqardi. Farmonga muvofiq, oʻsha yilning mart oyida Toliblar III va VI asrlarga oid Bomiyon qoyalariga oʻyib ishlangan ikki ulkan Budda haykalini portlatdilar. Bu esa „Tolibon“ning dunyo hamjamiyati tomonidan qoralanishiga sabab boʻldi. „Tolibon“ning bu harakatlari bir qator musulmon mamlakatlarida ham jamoatchilik tomonidan qoralangan. Toliblar ayollarning taʼlim olishini taqiqlash tarafdori. Koʻpincha maktablar toliblar nishoniga aylanadi. 2008-yilda Pokistonning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Svat vodiysida ular 170 dan ortiq maktablarni vayron qilgan. Qayd etilishicha, ushbu maktablarda 55 mingga yaqin oʻgʻil va qiz bolalar taʼlim olib kelgan.

Ichki siyosati

2021-yil 7-sentabrda „Tolibon“ harakati Afgʻoniston muvaqqat hukumatining yangi tarkibini eʼlon qildi. Unga koʻra:

  • Bosh vazir v. b. — Hasan Oxund („Tolibon“ boshqaruv kengashi raisi, 1996—2001-yillarda Tashqi ishlar vaziri boʻlgan);
  • Bosh vazir oʻrinbosari v. b. — mulla Abdul Gʻani Barodar („Tolibon“ harakati siyosiy ofisi boshligʻi);
  • Bosh vazirning ikkinchi oʻrinbosari v. b. — Abdul Salom Hanafiy (siyosiy ofis boshligʻi oʻrinbosari);
  • Mudofaa vaziri v. b. — Muhammad Yoqub (toliblar yoʻlboshchisi oʻrinbosari);
  • Ichki ishlar vaziri v. b. — Sirojiddin Haqqoniy;
  • Istihborat vaziri v. b. — Abdulhaq Vosiq;
  • Tashqi ishlar vaziri v. b. — Amir Xon Muttaqiy („Tolibon“ harakatining sobiq boshqaruv vakili);
  • Iqtisodiyot vaziri v. b. — Muhammad Hanif;
  • Moliya vaziri v. b. — Hidoyatulloh Badriy;
  • Afgʻoniston Markaziy banki boshligʻi v. b. — Hoji Muhammad Idris.

Tashqi siyosat

Rossiya bilan aloqalar

„Tolibon“ rahbariyati 1999-yil kuzida Ikkinchi chechen urushi paytida Rossiya federal kuchlariga qarshi kurashayotgan chechen jangchilariga 4 million dollar va 24 ta koʻchma zenit-raketa tizimlarini yuborishga qaror qildi. 2000-yil yanvar oyida „Tolibon“ning Pokistondagi vakili Checheniston mustaqilligini tan olishini va Aslan Masxadov hukumati bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishini eʼlon qildi. 2000-yil fevral oyida „Tolibon“ning rasmiy gazetasi „Shariat“, musulmon davlatlarini Rossiyaga qarshi urush (jihod) eʼlon qilishga chaqirib, „Islomiy mamlakatlar haq yoʻldagilarning Chechenistonda jihodda qatnashishiga imkon berishi kerak“, — deb yozdi.

2001-yil kuzida AQSh va Buyuk Britaniya „Tolibon“ga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlab yuborganlaridan keyin „Tolibon“ vakillari Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasini qoʻriqlayotgan Rossiya harbiylariga mulla Umar nomidan muloqotga chiqib, rasmiy Moskva bilan kelishgan holda Amerika agressiyasiga qarshi kurashish taklifini berishdi. Rossiya bunga ijobiy javob qaytarmadi.

Oʻzbekiston rasmiylarining munosabati

Oʻzbekiston hukumati doim Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish tarafdori ekanligini bildirgan. Shu maqsadda Toshkentda „Tolibon“ va Afgʻoniston hukumati oʻrtasida bir necha raunddan iborat tinchlik kelishuvlari amalga oshirilgan. Xususan, 2018-yil mart oyida Toshkentda Afgʻoniston hukumati va „Tolibon“ harakati oʻrtasida tinchlik oʻrnatish maqsadida deklaratsiya imzolangan. Oʻzbekiston „Tolibon“ guruhi oldiga oʻzaro munosabatlarda ayrim shartlarni qoʻygan. Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashevning soʻzlariga koʻra, „Tolibon“ning qoʻshni mamlakatlarga tahdid qilmasligi, „Tolibon“ Afgʻoniston hududida xalqaro terrorchi tashkilotlarga oʻrin (joy) bermasligi va ularni kaltaklamasligi, ularga yordam bermasligi — bular asosiy shartlardan hisoblanadi. 2021-yil 25-iyunda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov „Tolibon“ harakatini terrorchi tashkilot deb hisoblamasligi haqida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, „Tolibon“ oʻz mamlakati hududidan tashqarida hech qanday terroristik akt uyushtirmagan.

  • 2008-yil 14-yanvar kuni „Tolibon“ kuchlari Kobuldagi mehmonxonaga hujum uyushtirdilar, oqibatda 6 kishi halok boʻldi.
  • 2009-yil 8-oktabrda xudkush terrorchi Kobuldagi Hindiston elchixonasi oldida minalangan mashinani portlatdi. 17 lishi (2 politsiyachi va 15 nafar tinch aholi) vafot etdi, 80 nafardan ortiq odam jarohat oldi. „Tolibon“ vakillari terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyinlariga oldilar.
  • 2009-yil 28-oktabrda xudkush terrorchi Karachi shahri markaziy koʻchasida oʻzini portlatib yubordi. U paytda bu yerda koʻpsonli musulmon shialarning Ashuro marosimi oʻtayotgan edi. Terakt oqibatida 43 kishi halok boʻldi, 60 dan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz boʻyniga oldi.
  • 2010-yil 6-avgust kuni Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida toliblar International Assistance Mission xalqaro hayriya tashkilotining afgʻonistonliklarga tibbiy yordam koʻrsatayotgan 10 nafar qurolsiz ishchisini oʻldirishdi. Oʻldirilganlar orasida 6 nafar amerikalik, 1 nafar britaniyalik ayol, 1 nafar germaniyalik ayol va 2 nafar afgʻonistonliklar bor edi.
  • 2010-yil 3-sentabrda falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash xalqaro kuni munosabati bilan Pokistonning Kvetta shahrida oʻtkazilgan mitingda portlash uyushtirildi. Oqibatda 54 kishi halok boʻldi, 197 kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi.
  • 2010-yil 5-noyabrda Pokistonning Darra Adam Khel shahrida juma namozi paytida xudkush terrorchi masjid ichida oʻzini portlatib yubordi. 50 nafarga yaqin odam vafot etdi, 100 nafardan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar bilan bogʻliq jangari guruh oʻz zimmasiga oldi.
  • 2010-yil 11-noyabrda Karachi shahridagi politsiya binosi oldida minalangan yuk mashinasi portlab ketdi. 20 ga yaqin kishi vafot etdi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi.
  • 2011-yil 9-mart kuni Pokistonning Peshovar shahri yaqinida „Tolibon“ bilan kurashib kelgan faolning turmush oʻrtogʻini dafn etish marosimi oʻtkazilayotgan payt xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi. 40 ga yaqin kishi halok boʻldi, 60 dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi.
  • 2011-yil 3-aprelda Pokistonning Dera Ghazi Khan shahridagi diniy majmuada diniy bayram boʻlayotgan paytda 2 nafar xudkush terrorchi oʻzlarini portlatib yubordilar. Taxminan 41 kishi vafot etdi, 100 dan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi.
  • 2011-yil 31-oktabr kuni Afgʻonistonning Qandahor shahrida uyushtirilgan portlash oqibatida 3 nafar BMT ishchisi, mahallik politsiya boshligʻi va yana bir necha kishi vafot etdi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi.
  • 2012-yil 4-sentabrda Afgʻonistonning Nangarhor viloyatida kechayotgan dafn marosimida xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi, terakt oqibatida 20 kishi halok boʻldi, 50 dan ortiq odam jarohatlandi. Teraktning barcha qurbonlari mahalliy tinch aholi vakillari edi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi.
  • 2014-yil 17-yanvar kuni Kobuldagi livan oshxonasi oldida xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi. Oqibatda 21 kishi halok boʻldi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati vakillari oʻz zimmasiga oldi.
  • 2018-yil 20-yanvar kuni jangarilar Kobuldagi „Interkontinental“ mehmonxonasiga qurolli hujum uyushtirdilar. Hujum oqibatida 43 nafarga yaqin odam halok boʻldi. Hujum uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi.

Yosh bolalar ham „Tolibon“ harakatining qurboniga aylangan holatlar maʼlum. 2007-yil Paktika viloyatida toliblar ingliz tilini oʻrgangani uchun bir maktab oʻquvchisini otib oʻldirishgan. 2010-yil toliblar Helmand viloyatida 7 yoshli bolani josuslikda ayblab qatl etdilar. 2011-yil politsiyada ishlovchi kishi ular tarafiga oʻtmagani uchun toliblar uning 8 yoshli bolasini osib oʻldirdilar.

2021-yil. Qayta kuchayish

Tolibon 
2021-yil Afgʻonistondan AQSh harbiylarini olib chiqish eʼlon qilinganidan keyin „Tolibon“ hujumlari koʻrsatilgan xarita

2021-yilda AQSh va Buyuk Britaniya harbiylari Afgʻonistondan toʻliq olib chiqilishi eʼlon qilindi. Afgʻoniston hukumati va mintaqa mamlakatlari bu xabar ularni xavotirga solayotganini yashirmadilar. Afgʻonistondan tinchlikparvar kuchlar chiqarilishi ortidan „Tolibon“ harakati kuchayib bordi. Xususan, ular Afgʻonistonning asosan turkmanlar va oʻzbeklar yashaydigan shimoliy viloyatlariga hujumlarni amalga oshira boshladilar.

Voqaelar xronologiyasi

  • 24-fevral kuni Afgʻonistonning Gʻazni viloyatida joylashgan harbiy bazada kuchli portlash sodir etildi. Guvohlar bu ishni „Tolibon“ harakati uyushtirganini aytishgan, ular harbiy bazagacha yer ostidan tunnel qazib, u yerga portlovchi moddalarni joylashtirgan. Portlash toʻlqinidan baza yaqinida joylashgan uylar ham vayronaga aylangan.
  • 1-aprel kuni Helmand viloyatining Vashir tumanida Afgʻoniston harbiy vertolyoti qulab tushdi. „Tolibon“ vakili Qori Muhammad Yusuf vertolyotning qulatilishida „Tolibon“ning ishtiroki borligini aytdi. Voqea oqibatida bir necha kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.
  • 3-aprel kuni Foryob viloyatida Afgʻoniston harbiylari tomonidan „Tolibon“ harakatining 3 nafar qoʻmondoni oʻldirildi.
  • 3-may kuni „Tolibon“ Farax viloyatining Bala-Baluk tumanidagi harbiy bazaga maxsus qazilgan tunnel orqali borib, portlash sodir etdi, portlash oqibatida 20 nafar askar halok boʻldi.
  • 5-may kuni „Tolibon“ Bagʻlon viloyatidagi Burqa tumanini egalladi.
  • 12-may kuni „Tolibon“ Kobul yaqinidagi Narx tumanini egalladi.
  • 19-may kuni Afgʻoniston harbiylari 12 ta provinsiyada maxsus operatsiya oʻtkazib, „Tolibon“ning 251 nafar janchisini oʻldirdi, 193 kishi jarohatlandi. Harbiylar shuningdek, yoʻllarda oʻrnatilgan 67 ta qoʻlbola portlovchi moddani zararsizlantirdi.
  • 21-may kuni „Tolibon“ Lagʻmon viloyatidagi Davlat-shox tumanini egalladi.
  • 25-may kuni Afgʻoniston harbiylari Nangarhor, Zabul, Qandahor viloyatlarida maxsus operatsiya uyushtirib, „Tolibon“ning 140 nafar jangchisini oʻldirdi, 75 nafar jangchini yaraladi.
  • 3-iyun kuni „Tolibon“ning 222 nafar jangchisi oʻldirildi, 126 aʼzosi jarohatlandi.
  • 7-iyun kuni „Tolibon“ Afgʻonistondagi Gʻor viloyatining Shahrek tumanini va Oʻruzgan viloyatidagi Gizob tumanini qoʻlga kiritdi.
  • 8-iyun kuni Faryob viloyatidagi Davlatobod tumani ham „Tolibon“ jangarilari tomonidan bosib olindi.
  • 12-iyun kuni „Tolibon“ Gʻor viloyatidagi Toʻlak tumanini qoʻlga kiritdi.
  • 14-iyun kuni „Tolibon“ Farro viloyatining Lashjuan tumanini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Saripul viloyatining Sancharak va Gusfandi tumanlarini qamal qildi.
  • 15-iyun kuni Afgʻoniston harbiylari Qunduz viloyatining Xonobod va Taxor viloyatining Chaxi-Ab tumanlarini „Tolibon“ nazoratidan qaytarib olishdi. Yana, shu kuni Qunduz, Taxor, Nangarhar, Qandahor, Faryob, Nimroz va Badahshon viloyatlarida boʻlgan janglarda „Tolibon“ning 160 nafar jangchisi oʻldirildi, 108 nafari yaralandi.
  • 17-iyun kuni Afgʻonistonning Zabul viloyatida joylashgan Shinki tumani oqsoqollar vositachiligi bilan „Tolibon“ qoʻliga jangsiz topshirildi.
  • 18-iyun kuni Faryob viloyatining Davlatobod va Shirin Tagab tumanlari „Tolibon“ jangchilaridan butunlay tozalandi.
  • 22-iyun kuni „Tolibon“ harakati tezkor hujumlar qilib Afgʻonistondagi 17 ta tumanni qoʻlga kiritdi. Shu kuni Sherxon-Bandar tumaniga qilingan hujumlar oqibatida 134 nafar afgʻonistonlik harbiy „Tolibon“dan qochib Tojikiston hududiga oʻtdi.
  • 24-iyun kuni Hirot viloyatida „Tolibon“ning 130 lishidan iborat guruhi hukumat qoʻshinlariga taslim boʻldi va „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashishini maʼlum qildi.
  • 28-iyun kuni „Tolibon“ Balx viloyatining Tojikiston bilan chegara hududini egalladi. 17 nafar afgʻonistonlik harbiy Tojikistonga qochib oʻtdi.
  • 29-iyun kuni Balx viloyatining Kaldor tumani „Tolibon“ harakatidan ozod qilindi.
  • 4-iyul kuni „Tolibon“ harakatining hujumlari oqibatida 300 harbiy Tojikistonga qochib oʻtdi, Tojikiston chegarachilari ularning chegaradan oʻtishiga qarshilik qilmadi va Tojikiston hukumati ularni qoʻllab-quvvatlashini aytdi. Shu kuni harakat jangarilari soʻnggi 24 soat ichida Afgʻonistonning 13 ta hududini oʻz nazorati ostiga olgani maʼlum qilindi. Iyul holatiga koʻra, mamlakatning 370 ta tumanidan 110 tasi „Tolibon“ nazoratiga oʻtgan..
  • 5-iyul kuni Afgʻonistonning „Tolibon“ harakati vakili Suhayl Shohin mamlakatda boʻlgan barcha chet el qoʻshinlari belgilangan muddatgacha Afgʻonistonni tark etishi kerakligini aytdi va mamlakatda qolgan xorijiy harbiy kontingentlarning bosqinchi sifatida qabul qilinishini taʼkidladi.
  • 6-iyul kuni Afgʻonistonning Bogʻlon viloyatida „Tolibon“ harakati Bogʻlon texnika va kasb-hunar institutini yoqib yubordi.
  • 8-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning Badgʻis viloyati Qalʼai Nav shahridagi qamoqxonaga hujum qilib, barcha mahbuslarni ozod qildi. Shuningdek, „Tolibon“ jangarilari Panj daryosi orqali Tojikiston va Afgʻonistonni bogʻlaydigan koʻprik ustiga oʻz bayrogʻini oʻrnatdi.
  • 9-iyul kuni Afgʻonistonning Taxor viloyatidagi „Tolibon“ har bir oila bitta qizini harakat aʼzolariga nikohlab berishi kerakligini maʼlum qildi.
  • 12-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistondagi Oʻzbekiston bilan chegaradosh hudud — Balx viloyatida joylashgan Hayraton shahriga hujum qildi.
  • 13-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonda boʻlib turgan turk askarlari yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi. Xuddi shu kuni Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari „Tolibon“ harakatining bosh qoʻmondonlaridan biri Pasha (Pacha) nomi bilan tanilgan jangarini yoʻq qildi.
  • 16-iyul kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I „Tolibon“ harakatiga murojaat qilib, uni barcha terroristik guruhlar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi.
  • 19-iyul kuni Qatarda boʻlib oʻtgan Afgʻonistonaro muzokaralarda Afgʻoniston hukumati va „Tolibon“ harakati vakillari butun Afgʻoniston boʻylab koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq holda virusga qarshi emlanayotgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralar koʻrishga kelshib oldi.
  • 23-iyul kuni „Tolibon“ Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun mamlakatda yangi hukumat tuzish kerakligi va prezident Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqishi zarurligini aytdi va shu kuni kuni Hirot viloyatining Karrux tumanida Afgʻoniston xavfsizlik va mudofaa kuchlari tomonidan oʻtkazilgan qoʻshma operatsiya natijasida „Tolibon“ning 25 nafar jangchisi oʻldirildi, 10 nafari esa jarohatlandi.
  • 28-iyul kuni Afgʻonistonning Hirot shahri atrofida afgʻon xavfsizlik kuchlari va „Tolibon“ oʻrtasida toʻqnashuvlar kuchaydi.
  • 31-iyul kuni Germaniya hukumati vakillari Dohada „Tolibon“ harakati aʼzolari bilan yashirin uchrashuv oʻtkazdi.
  • 2-avgust kuni Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani parlamentdagi chiqishi chogʻida „Tolibon“ harakati avvalgidan koʻra koʻproq zoʻravonga aylanganini aytganidan soʻng „Tolibon“ harakati Ashraf Gʻanining „vaqti tugagani“ni aytdi.
  • 3-avgust kuni AQSh harbiy kuchlari Helmand viloyati markazi Lashkargoh shahrida „Tolibon“ harakati aʼzolarini bombardimon qildi va shu kuni Afgʻoniston harbiylari 15 ta viloyatda oʻtkazilgan operatsiyalar davomida rekord miqdordagi „Tolibon“ harakati aʼzolarini oʻldirdi. Ular 455 nafar tolibni oʻldirgan.
  • 4-avgust kuni Afgʻonistonning Helmand viloyatida yuz bergan afgʻon harbiylari va „Tolibon“ harakati oʻrtasidagi toʻqnashuv oqibatida 40 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi, 118 kishi yaralandi va shu kuni Afgʻoniston hukumati 2020-yil AQSh bosimi ostida qoʻlga olingan „Tolibon“ harakatining 5 ming aʼzosini, jumladan, Afgʻonistonning Helmand viloyati markaziga hujum uyushtirgan „Tolibon“ harakati liderini ozod qilgan. Tinchlik sulhiga koʻra ozod qilingan „Tolibon“ harakati qoʻmondonlaridan biri Mavlaviy Tolib yana minglab mahbuslar bilan „Tolibon“ tarafiga oʻtib jang qila boshladi. Shuningdek, AQSh harbiylari „Tolibon“ harakatining qurol-yarogʻlari va avtomobillar omboriga hujum qildi. Havo hujumi harakatning Lashkargoh shahridagi omboriga qarata uyushtirildi.
  • 6-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning sobiq vitse-prezidenti marshal Doʻstumning uyini yoqib yubordi. Shu kuni Kobulda Afgʻoniston hukumatining axborot va media markazi rahbari Davaxan Minapal oʻldirildi.
  • 7-avgust kuni Qunduz viloyatining Dasht Archi tumanida Afgʻoniston hukumati qoʻshinlari bilan janglarda 14 nafar tolib bilan birga „Tolibon“ harakati gubernatori oʻldirildi.. Shu kuni „Tolibon“ harakati jangarilari Juzjon viloyati markazi — Shibirgʻon shahrini egallab oldi.
  • 8-avgust kuni AQSh Afgʻonistonga „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashish uchun „B-52 Stratofortress“ bombardimonchi samolyotlarini yubordi. Shu kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning eng yirik shaharlaridan biri boʻlgan Qunduz shahrini egallab oldi hamda Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstumning Juzjon viloyatidagi uyiga bostirib kirib, barcha qurollarini talon-toroj qildi.
  • 9-avgust kuni Afgʻonistonning Kobul shahrida „Paktiya Gag“ radiostansiyasi rahbari Toʻfan Omar oʻldirildi, mamlakat janubidagi Helmand viloyatida bir jurnalist oʻgʻirlab ketildi. Mahalliy hukumat vakillari mazkur voqeada „Tolibon“ harakati jangarilarini aybladi.
  • 11-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning Farah shahrini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Afgʻonistonning Tojikiston va Oʻzbekiston bilan chegaralari „Tolibon“ nazorati ostiga oʻtdi. „Tolibon“ yetakchilari harakatning qoʻshni davlatlarga hujum qilmasligiga vaʼda berdi. Shu kuni Afgʻonistonning sobiq vise-prezidenti, Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstum „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashish maqsadida Kobuldan Mozori Sharifga maxsus samolyotda uchib ketdi. Afgʻonistonning moliya vaziri Xolid Painda „Tolibon“ harakatining hujumi fonida lavozimidan ketib, mamlakatni tark etdi. „Tolibon“ harakati Qandahor shahridagi qamoqxonani egallab olib, yuzlab mahbuslarni ozod qildi.
  • 12-avgust kuni Afgʻoniston hukumati qoʻshinlari qaytarib olgan Shibirgʻon va Farah shaharlaridagi aeroportlarni „Tolibon“ qayta bosib oldi. Shuningdek, Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstumning oʻgʻlini „Tolibon“ harakati asirga olgani maʼlum qilindi. Shu kuni „Tolibon“ harakati delegatsiyasining Qatardagi siyosiy idorasi rasmiy vakili Suhayl Shohin Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Qobulovga Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga masʼulligini bildirdi. „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning ikkinchi eng yirik shahri — Qandahorni egalladi hamda Afgʻonistonning gʻarbiy qismida joylashgan Hirot shahrini oʻz nazoratiga oldi.
  • 13-avgust kuni „Tolibon“ harakati Marshal Doʻstumning oʻgʻli, serjant Yormuhammad Doʻstumni qoʻlga olganini eʼlon qildi. Marshal vakilining aytishicha, 7-avgustga oʻtar kechasi, Shibirgʻon shahriga hujum qilinganda Yormuhammad bu hududdan harbiy vertolyot bilan Mozori Sharifga olib ketilgan. „Tolibon“ harakati Helmand viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Lashkargoh shahrini egallaganini maʼlum qildi va mamlakat poytaxti Kobulga yaqinlashdi. Jangarilar poytaxtdan 50 km uzoqlikda joylashgani maʼlum qilindi. Shu kuni Oʻzbekiston, Turkmaniston va Rossiya diplomatlari Qatarda „Tolibon“ harakatining siyosiy masalalar boʻyicha komissiyasi rahbari bilan muzokara oʻtkazdi.
  • 14-avgust kuni „Tolibon“ Balx viloyati markazi Mozori-Sharif shahrini egalladi. Hujum oqibatida afgʻon kuchlari Oʻzbekiston bilan chegaraga qochishga majbur boʻldi.

2021-yil 15-avgust. Kobulni egallash

15-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻoniston poytaxti Kobul shahriga hujum boshladi. Kobulga kirish hududida Afgʻoniston harbiylari va „Tolibon“ kuchlari oʻrtasida kuchli toʻqnashuv boshlandi. Shuningdek, shahardagi Puli Charxiy qamoqxonasidan mahbuslar ozod qilindi. Afgʻoniston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati „Tolibon“ harakati Afgʻoniston poytaxtiga hujum boshlaganini ommaviy axborot vositalariga eʼlon qildi. „Tolibon“ poytaxt gʻarbidagi Kobul universitetini ham oʻz nazoratiga oldi va Kobul tumanlaridan birida oʻz bayrogʻini oʻrnatdi. Qatardagi „Tolibon“ yetakchisi Afgʻonistondagi toliblardan Kobulda zoʻravonlik qilishdan tiyilishni, mamlakatni tark etishga qaror qilgan har bir kishiga xavfsiz oʻtishni taʼminlashni va ayollarni qoʻriqlanadigan hududlarga borishlarini soʻragan.

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani yaqin orada oʻz isteʼfosi haqida eʼlon qilishi haqida xabarlar tarqaldi. Gʻanining lavozimni tark etishining asosiy sababi Afgʻonistondagi vaziyat ekani taʼkidlandi va prezident „Tolibon“ harakatiga taklif qilmoqchi boʻlgan sulh rejasi doirasida ketish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani aytildi. „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning beshinchi yirik shahri hisoblangan Jalolobodni egallab oldi. Nangarhor viloyatidan deputat Abrarulla Murodning maʼlum qilishicha, shahar oqsoqollar buyrugʻi bilan „Tolibon“ga taslim boʻlgan.

15-avgust kechga yaqin „Tolibon“ Kobul boʻyicha bayonot berib, shaharga bostirib kirmasligi, kuch ishlatilmasligi, aksincha hokimiyat tinch yoʻl bilan oʻzgarishini maʼlum qildi. Hokimiyatning „Tolibon“ga oʻtish jarayonini taʼminlash uchun muzokaralar olib borildi.

Gʻani mamlakatdan ketganidan soʻng „Tolibon“ harakati butun Afgʻoniston hududini nazorat qilayotganini eʼlon qildi. „Tolibon“ oʻz bayonotida mamlakat poytaxtida hech qanday jangovar harakatlar yoʻqligi, harakat butun Afgʻoniston ustidan nazorat oʻrnatganini aytdi.

Yana qarang

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Tags:

Tolibon EtimologiyasiTolibon TarixiTolibon Qoʻl ostidagi hududlarTolibon MafkurasiTolibon Ichki siyosatiTolibon Tashqi siyosatTolibon Oʻzbekiston rasmiylarining munosabatiTolibon Terroristik aktlariTolibon 2021-yil. Qayta kuchayishTolibon 2021-yil 15-avgust. Kobulni egallashTolibon Yana qarangTolibon ManbalarTolibon AdabiyotlarTolibon HavolalarTolibon1994-yilAfgʻonistonPushtu tiliPushtunlar

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ShishaLolaEkosistemaSkeletYurakSoʻz birikmasiSaturnOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiUrbanizatsiyaMuzeyDunyoning ishlariGepatit B viruslariFuqarolarning huquq va burchlariZaxmJamiyatNamangan viloyatiTurkiyaBuyrakTabiat resurslariOngXarakter (obraz)MehnatLipidlarMiokard infarktiXamsaShanxay hamkorlik tashkilotiAmmiakKoreya RespublikasiBuyuk Ipak yoʻliFosforBozor iqtisodiyoti modellariKartoshkaBayerische Motoren Werke AGOʻzbekistondagi muzeylarAjiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻliNafas olish tizimiOt (soʻz turkumi)Oʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiOmmaviy madaniyatGimnastikaKreditPulsHayzKuzatishViruslarQoʻshma gapQimmatli qogʻozlarFutbol tarixiQonun (huquq)TerrorizmCOVID-19 koronavirus infeksiyasiAtrof-muhitni muhofaza qilishKonsepsiyaVatanMediasavodxonlikBankErtakIzohli lugʻatBuxgalteriya balansiAksiyaDezinfeksiyaMetodologiyaTugʻruqHisobotQadimgi YunonistonUnli tovushlarTalab va taklifMuhammadning ayollariKorrupsiyaRovochUzAutoMotorsOrqa miyaHissiyotMuomala madaniyatiBosh SahifaOʻsimliklarTremorJangi loyBoʻlinish alomatlari🡆 More