Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi

Birlashgan millatlar tashkilotining xavfsizlik kengashi — BMTning asosiy doimiy ishlovchi siyosiy organi; BMT Ustavi 24-moddasiga binoan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish uchun asosiy javobgarlik BMT Xavfsizlik Kengashi zimmasiga yuklatilgan.

BMT Xavfsizlik Kengashining faoliyat doirasi BMT Ustavi (V—VII boblar)da aniq koʻrsatilgan va davlatlar oʻrtasidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish sohasida keng vakolatlar berilgan. U xalqaro toʻqnashuvlarni yoxud nizolarni keltirib chiqarishi ehtimol tutilgan har qanday nizo yoki holatni tekshirish vakolatiga, tinchlikka har qanday taxdid va uni har qanday buzish yoki agressiya hollarini aniqlash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab qolish yoxud tiklash yuzasidan tegishli tadbirlarni belgilash hamda tavsiyalar berish huquqiga egadir. BMTga a’zo 15 davlat: 5 doimiy va 10 muvaqqat a’zodan iborat. BMT Ustavi 23moddasiga koʻra, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy,Shimoliy Irlandiya qo'shma qirolligi va Rossiya BMT Xavfsizligi Kengashi doimiy a’zolaridir. Muvaqqat a’zolar esa Bosh Assambleya tomonidan 2 yillik muddatga saylanadi, uning har bir sessiyasida 5 muvaqqat a’zo qayta saylanishi shart. Muvaqqat a’zolar oʻrni kuyidagicha taqsimlanadi: Osiyo va Afrika davlatlaridan —5 a’zo, Sharqiy Yevropa davlatlaridan— 1 a’zo, Lotin Amerikasi davlatlaridan—2 a’zo, Gʻarbiy Yevropa va boshqa davlatlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya)dan—2 a’zo. BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo har bir davlat unda bir vakilga ega boʻladi. BMT Xavfsizlik Kengashi uzluksiz ishlaydi, uning majlislari orasidagi tanaffuslar 2 haftadan oshmasligi shart. Mazkur majlislarda davlatlar vakili ingliz tilidagi rasmiy nomi boʻyicha alifbo tartibida bir oy mobaynida navbatmanavbat raislik qiladi. BMT Xavfsizlik Kengashi majlislari ochiq boʻladi; uzrli sabablarga binoan majlis yopiq deb e’lon qilingan hollar bundan mustasno.

Yana q.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

Amerika Qoʻshma ShtatlariBMTFransiyaYangi Zelandiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Microsoft WordFarhod va ShirinDaryoBoburGap boʻlaklariNuklein kislotalarEnergiyaBiznes rejaImmun sistemasiOkeanIslomYaponiyaXorazmshohlar davlatiFan-texnika taraqqiyotiBiosferaBuxgalteriya balansiXorazmQarilikAbu Rayhon BeruniyTezlikLazerKompyuterMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiQadimgi YunonistonBirlashgan Millatlar TashkilotiKonstitutsiyaXXXShum bolaToʻldiruvchiMusiqaMovarounnahrMuhammadning ayollariBasketbolQishloq xoʻjaligiAntropogen omillarIlhaqBraziliyaIchki yonuv dvigateliSuvni tozalashJanubiy Koreyada taʼlimTilshunoslikKimyoXamsaIshlab chiqarishni tashkil etishOdamBronxial astmaHasharotlarBuyuk Britaniyaning taʼlim tizimiOngRaqobatGermaniya ta'lim tizimiYevropa davlatlari roʻyxatiAbdulla QodiriyHijriy yil hisobiGermaniyaLeksikografiyaTogʻlarTenglamaZilzilaIshlab chiqarishKecha va kunduzKoʻmakchiKoinotIslom KarimovOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiTushunchaErkak jinsiy aʼzosiOʻlmas UmarbekovFonetik oʻzgarishlarMuhammad YusufEsse (asar)Klinik qon tahliliYan Amos KomenskiyBaqara surasiXufton namoziElektrokardiogrammaKlaster metodiIrsiy kasalliklarBuddizm🡆 More