Shum Bola: Oʻzbek yozuvchisi Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa

„Shum bola“ — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa.

Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan.

Shum bola
Muallif(lar) Gʻafur Gʻulom
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1936

Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli.

Qissani F. Shayhutdinova (1968) hamda A. Naumov (1970) rus tiliga, V. Grimich (1991) ukrain tiliga tarjima qilingan.

1977-yil asar asosida „Shum bola“ filmi suratga olingan. Film ham oʻzbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor boʻlgan.

2023-yil asar BBC nashri tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi top-100 bolalar kitoblari reytingiga kiritilgan. Shu yili Gʻafur Gʻulom tavalludining 120-yilligi munosabati bilan adib nomidagi nashriyot tomonidan qissaning yangi oʻzbekcha nashri chop etilgan.

Syujet

Qissada shum bola Qoravoy haqida hikoya qiladi. Qoravoy uyidan ketib qolib, oʻzining topqirligi, zukkoligi, shoʻx-shaddodligi tufayli turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Shum bola bir guruh oʻgʻriga, har bir gapga „innaykeyin?“ deb javob qaytaruvchi boyga, giyohvand mullalarga duch keladi.

Qahramonlar

  • Qoravoy – shum bola
  • Omon – Qoravoyning doʻsti
  • Qodir aka – samovarchi
  • Sulton – oʻgʻri
  • Sharifjon – mulla
  • Sariboy – boy
  • Rahmatullo – sarkor
  • Hoji bobo – mulla

Manbalar

Havolalar

Tags:

Shum Bola SyujetShum Bola QahramonlarShum Bola ManbalarShum Bola HavolalarShum BolaGʻafur GʻulomOʻzbeklarToshkent

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Amerika Qoʻshma ShtatlariMuhammad Sodiq Muhammad YusufChingiz AytmatovOyat al-KursiOʻsimliklar fiziologiyasiPunktuatsiyaFutbolSinonimlarQidiruv tizimiGerontopsixologiyaGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqChorvachilikOʻzbekiston kinosiOʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiVoleybol toʻpiXudoyberdi ToʻxtaboyevLeksikografiyaQonun (huquq)Abdulhamid ChoʻlponHinduiylikXamsaBirinchi jahon urushiMineral oʻgʻitlarInnovatsion faoliyatOt (hayvon)TinchlikGlobal muammolarDavlat tiliHuquq layoqatiKislorodPolimerlarDasturlashAdabiy tilUchburchakYurak-tomir sistemasi kasalliklariFotosintezAvtomobilRegiston maydoniXotira va qadrlash maydoniOʻzgaruvchan tokSterilizatsiya (mikrobiologiya)Parhez bilan davolashKodQandli diabetChilla davriTasavvufOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiTenglamaLeksikaAzot oksidlariBirlashgan QirollikOmonimlarGidroelektr stansiyaRaxitFaoliyatGap boʻlaklariTibbiyot deontologiyasiIjtimoiy himoyaPublitsistikaOʻzbekistonQobusnomaSharof RashidovMicrosoft AccessJismoniy tarbiyaOʻzbek lotin alifbosiDasturiy taʼminotDiqqatVirusli gepatitRuhlar isyoniMadaniyatEstetikaXalqaro tashkilotBosh miyaShishaAntiseptikaNerv sistemasiKuzatish🡆 More