Omonimlar

Omonimlar (omo ...

va yun. oputa — nom, ism) — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. Omonimlarning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi.

Omonimlarning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigan soʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi(ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan ona tilidagi soʻzlarga mos kelib qolishi (tur-bosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa omonimlar bir yoki bir necha soʻz turkumi doirasida boʻlishi mumkin: bir soʻz turkumi doirasida omonimik uya tashkil etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil boʻlgan soʻzlar toʻliq yoki mutlaq omonimlar deyiladi (chang — gʻubor, toʻzon; chang — cholgʻu asbobi); faqat ayrim shakllardagina mos keladigan, boshqa-boshqa soʻz turkumlariga mansub soʻzlar notulik omonimlar, boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi: qoʻy (hayvon) — qoʻy (feʼlning buyruq shakli).

Omonimlar bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir xil yoziladigan, lekin urgʻu va talaffuz bilan farqlanadigan soʻzlar: olma(meva nomi)—olma("-ma" qoʻshimchasini olgan ish-harakat), tom (uy tomi) — tom (kitob tomi) va boshqalar, hamda, omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan soʻzlar): yetti (son) — yetdi (feʼl); yot (begona) — yod (xotira) va hokazo. Omonimiyaning mazkur barcha koʻrinishlariga mansub soʻzlar maʼnosi asosan matn orqali bilinadi.

Omonimlar mumtoz adabiyotda tajnis sanʼati va tuyuq janrini yaratishda, askiya payrovlarida esa soʻz oʻyini va qochiriq sifatida ishlatiladi. Soʻz ustalari, ayniqsa, shoirlar (Al-Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Soʻfi Olloyor, Habibiy va boshqalar) poetik taʼsirchanlikni oshirishda omonimlar dan mahorat bilan foydalanganlar. Xorazmiyning: "Buyung sarvu sanubartek", "beling-qil", "Vafo qilgan kishilarga vafo qil" bayti yoki Alisher Navoiyning: Olmani sundi nigorim — ol, —dedi, Olma birla bu koʻngilni ol, — dedi, Soʻrdim ersa olmasining rangini, Ne soʻrarsan? — olma rangi ol, dedi.tuyugʻi buning yorqin isbotidir. Dastlabki baytda qil soʻzi 2 maʼnoda (qilga oʻxshash ingichka; qilmoq feʼlning oʻzagi) ishlatilgan boʻlsa, tuyukda ol soʻzi 3 maʼnoda ishlatilgan (buyruq feʼli; koʻngil ovlamoq; qizil rang , ol rang).

Yana qarang

Manbalar



Tags:

Soʻz

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiShizofreniyaXivaDiniy tashkilotBuxgalteriya balansiAllohning 99 nomiGʻarb falsafasiIsʼhoqxon IbratAlpinizmGlobusMorfemaMultimediaTelevideniyeKonfutsiylikAnimatsiyaArastuOqsaroy (Shahrisabz)SezgiTabiat resurslariVaboQon kasalliklariYupiterFutbol tarixiAminokislotalarInternet tarixiAbbosbek FayzullayevJangi loyTilEpilepsiyaMuhammad FuzuliyTeatrMasturbatsiyaIsh haqiRovochValiahdXiva xonligiDunyoqarashImmunitetJamiyatPythonNutq aʼzolariKoʻzMineralOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiEkzemaDavlatlar roʻyxatiKartoshkaQoqsholOʻzMEPlutonSon (tilshunoslik)Gazlangan suvMediasavodxonlikToshkent viloyatiOʻrta OsiyoJizzax viloyatiOsiyoVoleybolFargʻonaFargʻona viloyatiOkeanXalqaro tashkilotHayrat ul-abrorIqtisodiyotAtomAl-XorazmiyKecha va kunduzUNESCODavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiUglevodlarMadaniyatModal soʻzlarShashmaqomTurkiyaOybekHinduiylikShimoliy AmerikaOʻzbek tilining izohli lugʻati (2006–2008)🡆 More