Muhammad Yusuf: Oʻzbekistonlik shoir

Muhammad Yusuf (asl ism-sharifi Muhammadjon Yusupov; 1954-yil 26-aprel, Marhamat tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR, SSSR — 2001-yil 29-iyul, Ellikqalʼa tumani, Qoraqalpogʻiston) — Oʻzbekiston xalq shoiri, Doʻstlik ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Toshkent rus tili va adabiyoti institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti) 1978-yilgi bitiruvchisi.

Zamondoshlarining fikricha, Muhammad Yusuf XX asr oxiri — XXI asr boshlaridagi eng iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri bo‘lgan.

Muhammad Yusuf
Muhammad Yusuf: Biografiyasi, Faoliyati, Ijodiy faoliyati
Tavalludi 26-aprel 1954-yil
Andijon, Oʻzbekiston
Vafoti 29-iyul 2001-yil(2001-07-29)
(47 yoshda)
Ellikqalʼa
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Muhammad Yusuf: Biografiyasi, Faoliyati, Ijodiy faoliyatiMuhammad Yusuf: Biografiyasi, Faoliyati, Ijodiy faoliyati

Biografiyasi

Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1971-yil oʻrta maktabni tugatgan. Toshkent rus tili va adabiyoti institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti) rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978).

Faoliyati

Muhammad Yusuf oʻqishni tamomlaganidan soʻng, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatida muharrir sifatida ishlaydi (1978—1980). Soʻngra „Toshkent oqshomigazetada muxbiri (1980—1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida musahhih (1986—1995), „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasida muxbir, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, „Tafakkur“ jurnalida boʻlim mudiri (1995—1997), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan (1997—2001).

Ijodiy faoliyati

Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Muhammad Yusuf Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni va Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari:

Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda.

Vafoti

Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida 2001-yil 29-iyulda yurak xuruji tufayli vafot etgan. Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.

Mukofotlari

Manbalar



Tags:

Muhammad Yusuf BiografiyasiMuhammad Yusuf FaoliyatiMuhammad Yusuf Ijodiy faoliyatiMuhammad Yusuf VafotiMuhammad Yusuf MukofotlariMuhammad Yusuf ManbalarMuhammad Yusuf1954-yil2001-yil26-aprel29-iyulAndijon viloyatiDeputatDoʻstlik ordeniEllikqalʼa tumaniIsmMarhamat tumaniOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiOʻzbekiston xalq shoiriQoraqalpogʻistonSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiToshkent rus tili va adabiyoti instituti

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Soʻz birikmasiMenejmentBosimTurkiyaGermaniyaQadimgi MisrOʻpkaMantiqTib qonunlariElektron hukumatBuxoro xonligiSayyoraTushunchaAdobe PhotoshopUglevodlarQadimgi YunonistonKoʻrishLugʻatDispanserToʻldiruvchiTilshunoslikJamiyatMantiq falsafasiAvestoMinorai KalonIjtimoiy psixologiyaAvstraliyaOʻzbekiston bosh vaziriDramaUnli tovushlarOʻlchash asboblariYorugʻlikning qutblanishiOrtopediyaYIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiOʻsimliklar fiziologiyasiSpirtlarKonstantin UshinskiyBosh SahifaFaoliyatMarkaziy OsiyoAntiseptikaAmir TemurTurkmanistonRadioaktiv parchalanishSuvNanotexnologiyaMaqolModdiy nuqtaTarbiyaEronOntologiyaOʻzbekistonda taʼlimKlinik qon tahliliBayerische Motoren Werke AGDavlat tiliSuyakJismoniy mashqlarNamangan viloyatiParonimlarPsixologiya tarixiFalsafaTemuriylar shajarasiGermaniya ta'lim tizimiSuvchechakMadaniyatFacebookTabiatMiokard infarktiDorivor oʻsimliklarDunyo aholisiJizzax qoʻzgʻoloniMuzeyAfgʻonistonElektrolizIslom mazhabchiligiBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiAbulfayzxonHikoya🡆 More