John Kerry: Amerikalik siyosatchi, Demokratik partiya a'zosi, AQShning 68-Davlat kotibi

Jon Forbes Kerry (1943 yil 11 dekabr, Aurora, Kolorado, AQSh) — amerikalik siyosatchi.

2021-yil 20-yanvardan Prezidentning iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili.

Jon Forbs Kerri
inglizcha: John Forbes Kerry
John Kerry: Amerikalik siyosatchi, Demokratik partiya a'zosi, AQShning 68-Davlat kotibi
John Kerry: Amerikalik siyosatchi, Demokratik partiya a'zosi, AQShning 68-Davlat kotibi
 AQSHning 68-Davlat kotibi
John Kerry: Amerikalik siyosatchi, Demokratik partiya a'zosi, AQShning 68-Davlat kotibi
 
Mansab davri
1-fevral 2013-yil – 20-yanvar 2017-yil
Oʻtmishdoshi Hillary Clinton
Vorisi Rex Tillerson
John Kerry: Amerikalik siyosatchi, Demokratik partiya a'zosi, AQShning 68-Davlat kotibi
 AQSH Senatining Tashqi siyosat qoʻmitasi raisi
John Kerry: Amerikalik siyosatchi, Demokratik partiya a'zosi, AQShning 68-Davlat kotibi
 
Mansab davri
6-yanvar 2009-yil – 1-fevral 2013-yil
Oʻtmishdoshi Joe Biden
Vorisi Robert Menendez
John Kerry: Amerikalik siyosatchi, Demokratik partiya a'zosi, AQShning 68-Davlat kotibi
 Massachusets shtatining senatori
John Kerry: Amerikalik siyosatchi, Demokratik partiya a'zosi, AQShning 68-Davlat kotibi
 
Mansab davri
2-yanvar 1985-yil – 1-fevral 2013-yil
Oʻtmishdoshi Paul Zongas
Vorisi William Kovan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-dekabr 1943-yil (1943-12-11) (80 yosh)
Kolorado, AQSH
Siyosiy partiyasi Demokratlar
Turmush oʻrtogʻi Teresa Symoe-Heinz
Kasbi siyosatchi
Maʼlumoti Yale Universiteti

AQSh Davlat kotibi (2013-2017). 1985-yildan boshlab kichik, 2009-yildan 2013-yilgacha Massachusets shtatidan katta senator, Senatning tashqi aloqalar qo'mitasi raisi edi.

Amerikaning mashhur Forbes oilasidan boʻlib, imtiyozli taʼlim olgan. Oʻrta maʼlumotni Shveytsariyada olib, mashhur Montana Zugerberg institut xususiy maktabini tamomlagan. Yel universitetida siyosat va notiqlikka qiziqish koʻrsata boshladi, prezident Kennedyning saylovoldi kampaniyasini qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etdi va prezident, uning oilasi bilan shaxsiy uchrashuvga sazovor boʻldi. Universitetni tugatgach, Vetnam urushida qatnashgan (1966—1970), daryo qayigʻini boshqargan. Uchinchi jarohatdan keyin demobilizatsiya qilindi va urushga qarshi harakatda qatnashdi. 1972-yilda u senatorlikka nomzodini qoʻydi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Yuridik fakultetni tugatgan, tuman prokuraturasida ishlagan, xususiy yuridik firmada ishlagan. 1982-yilda u Massachusets gubernatori Michael Dukakisning oʻrinbosari etib saylandi. 1985-yilda u Senatga saylangan. 2004-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod boʻlgan, ammo George Bushga yutqazgan (538 saylovchilardan 35 tasini yoʻqotgan). 2009-yil avgust oyida senator Edward Kennedy vafotidan soʻng Kerry Massachusets shtatidan katta senator boʻldi (kichik senator lavozimini 2009-yil 25-sentyabrdan vaqtincha Paul Kirk egallab turgan. 2010-yil 19-yanvardan boshlab esa respublikachi siyosatchi Skott Braun tayinlangan.

Prezident Barak Obama AQSh Davlat kotibi lavozimiga Hillari Rodham Klinton oʻrniga John Kerry nomzodini ilgari surdi. 2013-yilning 29-yanvarida AQSh Senati 2013-yil 1-fevralda lavozimga kirishgan Kerrini tasdiqlash uchun 3-ga qarshi 94 ovoz berdi.

2020-yilning 23-noyabr kuni AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden sobiq davlat kotibi John Kerry oʻz kabinetida AQSh prezidentining iqlim masalalari boʻyicha maxsus vakili sifatida faoliyat yuritishini maʼlum qildi. Jon Kerri 2021-yilning 20-yanvarida lavozimga kirishgan.

Manbalar

Tags:

11-dekabr1943Amerika Qoʻshma ShtatlariAurora (Colorado)KoloradoSiyosat

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

PulMagnitZaharlanishChigʻatoy ulusiKonfutsiylikUslubKonsepsiyaInfeksion kasalliklarIndoneziyaParlamentPayvandlashFotoeffektKonstitutsiyaOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Oʻzbek qiziKompetensiyaGulxaniyGidrolizAbdulla OripovSoʻz turkumlariFotiha surasiMuhammad ShayboniyQozogʻistonTib qonunlariAbdulla AvloniySteve JobsXalq ijodiHinduiylikElektron hukumatTabiatKalsiyAseptikaSaida ZunnunovaParhez bilan davolashChingizxonDiplomatiyaYouTubePoʻlatZarbulmasalRossiyadagi ta'limDunyoning yetti moʻjizasiBrauzerToʻlqinlarFoydali qazilmalarMotivatsiyaFalsafiy antropologiyaBiznes rejaMilliy tilTermodinamikaning birinchi qonuniAfgʻonistonBorliqIspaniyaToshkent viloyatiMetallarUfq (trilogiya)XronologiyaIshsizlikInsoniylikShanxay hamkorlik tashkilotiSoliqElon MuskGerontopsixologiyaQoʻshilgan qiymat soligʻiSamarqand viloyatiKino sanʼatiTabiat resurslariOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiInson tanasiRomanQuyosh tizimiDorivor oʻsimliklarYogʻEmlashYorugʻlik interferensiyasiMahalliy davlat hokimiyati organlariBaqara surasiGeometriyaIchki sekretsiya🡆 More