Fotiha surasi (arabcha: سورة الفاتحة, nomining maʼnosi — Ochuvchi) — Qurʼonning 1-surasi.
Makkiy suralardan biri, 7 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 1-sahifasida va 1-juzida joylashgan. 5-boʻlib nozil boʻlgan. Qurʼon nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan boʻlsada, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri — „Sabʼul-masoniy“, yaʼni „ikki bor nozil qilingan yetti oyat“ demakdir. Suraning oʻnga yaqin nomlari boʻlib, ulardan eng mashhuri „Fotiha“, yaʼni, „ochuvchi“ — suralarning joylashishi boʻyicha avvalida qoʻyilgani uchun unga shu nom berilgan. „Al-Hamdu“ soʻzi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda oʻzida mujassam etgani uchun „Ummul-Qurʼon“, yaʼni „Qurʼonning onasi“ nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab baʼzi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar.
Fotiha surasi — سورة الفاتحة | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Ochuvchi | ||||||||||||
Boshqa nomlari | Ummul Qurʼon | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 1 | ||||||||||||
Juz | 1 | ||||||||||||
Sura raqami | 1 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 7 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 1 | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 29 | ||||||||||||
Harflar soni | 139 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 5 | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
„Bismillohir Rahmonir Rahim“ oyati „Fotiha“ surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qoʻshib qoʻyilganmi degan masalada mujtahidlarning baʼzilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qurʼondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma „Bismilloh“lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi — fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. „Bismilloh“ oyati faqat bir joyda — Naml surasining 30- oyatida kelgan, deb taʼkidlaydilar.
Abu Hanifa (Imom Aʼzam) ham shu fikrda boʻlganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan koʻchirilgan va chop etilgan Qurʼon nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda „Fotiha“ surasining boshida kelgan „Bismilloh“ga raqam qoʻyilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qurʼonlarda esa unga birinchi raqam, „Fotiha“ surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qoʻyadilar.
Keyingisi: Baqara surasi | 1-sura — arabcha matni | Oldingisi: oʻzi birinchi sura |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Fotiha surasi, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.