Xromosomalar

Xromosomalar (qadimgi yunoncha: χρῶμα „rang“ + σῶμα „tana“) — shaklan yadrodan farq qiluvchi, baʼzi bir boyoqlar yordamida boyaladigan yadroning eng muhim tarkibiy qismidir.

Hujayrasidagi genlarni oʻzida saqlovchi, hujayra va yaxlit organizm uchun xos xususiyatlarni belgilovchi organoidlar. Oʻzoʻzidan koʻpayish xususiyatiga ega. Organizmlar X.i tuzilishi va funksiyasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. "X." terminini nemis anatomi va gistologi V.Valdeyer taklif etgan (1888). X. asosini oqsillar va nukleoproteidlar bilan bogʻlangan 2 zanjirli DNK molekulasi tashkil etadi. X.dagi irsiy axborot DNK molekulasining tuzilishi va uning genetik kodi orqali taʼminlanadi. X.dagi DNKning taxlanishi va RNK sintezini boshkarishda oqsillar ishtirok etadi. X. tuzilishi va funksiyasining oʻzgarishi X. subbirliklari — xromonemalarning spirallanishi bilan bogʻliq. Spirallangan X. hujayra boʻlinishi metafazasida yorugʻlik mikroskopda yaxshi koʻrinadi. Har bir xromosoma sentromeralari orqali oʻzaro tutashgan 2 ta xromatiddan iborat. Xromatidlar reduplikatsiya natijasida hosil boʻladi. Somatik hujayrlarda X. diploid (2 tadan), ularning biri ona, 2si ota organizmga tegishli. Jinsiy koʻpayish (meyoz)da gomologik X.dan biri jinsiy hujayralarga oʻtadi. Har xil turga mansub organizmlar birbiridan X. soni va ularning tuzilishi bilan farq qiladi. Hujayradagi barcha X. kariotip (X. toʻplami)ni hosil qiladi. Kariotipda jinsiy X. va autosomalar boʻladi. Ayrim turlarda aynan shu tur uchun xos genlarga ega boʻlmagan qoʻshimcha X. ham uchraydi. Bakteriyalar va viruslar genetik apparata bir chiziqli yoki halqasimon, sitoplazmadan yadro qobigʻi orqali ajralmaganligi va taxlanmaganligi tufayli ularni shartli ravishda X. deyish mumkin.

Xromosomalar
Xromosoma
Xromosomalar
hujayradagi xromosoma

Yana q.




Tags:

DNKHujayra boʻlinishiKariotipMetafazaMeyozOqsillarQadimgi yunon tiliwikt:σῶμαwikt:χρῶμα

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

HasharotlarYaponiyada taʼlimOrtopediyaKoreya RespublikasiTURKSOYMilliy hisoblar tizimiOrqa miyaQurilish materiallariMatematikaToʻplam (matematika)YIM (nominal) ga koʻra davlatlar roʻyxatiXaritaIslom tarixiNasosFrilanserMikroskopTerrorizmMineralQon yaratilishiBiosferaMantiqiy amallarAQSHda taʼlimZaxmModal soʻzlarFarhod va ShirinGimnastikaMusiqaDividendMadaniyatBakteriyalarPiramida (matematika)TranzistorOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiLipidlarTalab va taklifBuyuk geografik kashfiyotlarGloballashuvKoʻmakchiKoʻzBiologiyaLitosferaCristiano RonaldoBoʻlinish alomatlariOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiCOVID-19 koronavirus infeksiyasiLazerLeksikografiyaHamletSogʻlom turmush tarziGlukozaQon aylanishiYorugʻlik interferensiyasiMalayziyaMuhammad Sodiq Muhammad YusufSimfoniyaKonfutsiylikMetodologiyaIslomNATODiniy ekstremizmUnli tovushlarIchki yonuv dvigateliKutubxonaYurak-tomir sistemasi kasalliklariFeʼlDin falsafasiOq ayiqRim imperiyasiIslom KarimovQoraqalpoqlarUrbanizatsiyaKoʻchirma gapXamsaSaid AhmadUslub24-aprelGermaniya ta'lim tizimiMantiqSuyak🡆 More