Paygʻambar

Paygʻambar (forschadan — xabar keltiruvchi, xabar yetkazuvchi) —xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs.

Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni biladigan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning taqdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambarlar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta — Jabroildir. Baʼzida Alloh Paygʻambarga bevosita vahiy yuborishi, u bilan gaplashishi ham mumkin. Paygʻambarlarning adadi Qurʼon, hadis va tarixiy kitoblarda qatʼiy koʻrsatilmagan. Baʼzi manbalarda ular 124 mingta deyilgan. Qurʼonda Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad kabi Paygʻambarlarning nomi zikr etilgan. Aksariyat Paygʻambarlarning nomi Tavrot va Injilda ham qayd etilgan. Paygʻambarlarning birinchisi Odam (as), oxirgisi Muhammad (s.a.v) sanaladi. Paygʻambarlar har qanday gunohlardan pok hisoblanadilar.Qur'onda Muhammad ismi 4 marta, Muso ismi 136 marta, Iso ismi 25 marta, Nuh ismi 43 marta nozil etilgan.

Qur’onda nomi zikr etilgan paygʻambarlar:

  • 1.1 Odam آدم
  • 1.2 Idris (Enoch) ادريس
  • 1.3 Nuh (Noah) نوح
  • 1.4 Hud (Heber) هود
  • 1.5 Solih (Shelah) صالح
  • 1.6 Ibrohim (Abraham) ابراهيم
  • 1.7 Lut (Lot) لوط
  • 1.8 Ismoil (Ishmael) اسماعيل
  • 1.9 Is’hoq (Isaac) اسحاق
  • 1.10 Yaʼqub (Jacob) يعقوب
  • 1.11 Yusuf (Joseph) يوسف
  • 1.12 Ayyub (Job) أيوب
  • 1.13 Shuayb (Jethro) شعيب
  • 1.14 Muso (Moses) موسى
  • 1.15 Horun (Aaron) هارون
  • 1.16 Zulkifl (possibly Ezekiel) ذو الكفل
  • 1.17 Dovud (David) داود
  • 1.18 Sulaymon (Solomon) سليمان
  • 1.19 Ilyos (Elijah) إلياس
  • 1.20 Alyasa (Elisha) اليسع
  • 1.21 Yunus (Jonah) يونس
  • 1.22 Zakariyo (Zacharias) زكريا
  • 1.23 Yahyo (John the Baptist) يحيى
  • 1.24 Iso (Jesus) عيسى
  • 1.25 Muhammad محمد


Manbalar

Adabiyotlar

  • Paygʻambarlar qissasi, Toshkent, 1993
  • Hazrati paygʻambar hayoti, Toshkent, 1997-yil.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Tags:

AllohFarishtaForschaHadisInjilIslomJabroilQurʼonTavrotVahiyXristianlik

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

TibbiyotDavlat hokimiyati vakillik organlariBotir QodirovNafas olish tizimiMicrosoft ExcelOʻzbek tiliOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiTasviriy sanʼatKoʻchirma gapGormonlarTovush (tilshunoslik)Oscar WildeXamsaTushunchaNuklein kislotalarDavlat byudjetiGipertoniya kasalligiKlaster metodiGermaniya ta'lim tizimiRentabellikKoʻrish analizatoriFotosintezAtrof-muhitni muhofaza qilishYorugʻlik difraksiyasiMuzeyCristiano RonaldoKecha va kunduzPul-kredit siyosatiKategoriyalarOʻzbekiston tarixi davlat muzeyiRassomlik sanʼatiMoʻgʻullar davlatiYuklamaAbdulla QodiriyMineral oʻgʻitlarGapBirlashgan Millatlar TashkilotiDinHayvonlarOʻzgaruvchanlikSaudiya ArabistoniOdamSezgiToʻlqinlarIvan PavlovDramaQalqonsimon bezOʻzgaruvchan tokOngDasturiy taʼminotStatistikaSuverenitetKasbMushukRovochInterpolJanubiy OsiyoOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)Qoraxoniylar davlatiKreditMikroskopBrauzerOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiAbdullajon (film)Sunʼiy intellektTemir yoʻl transportiMustaqillikEritmalarIslom mazhabchiligiBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaMineralObligatsiyaZaharlanishBalandlikka sakrashJarrohlikMiokard infarktiAtomDunyoning yetti moʻjizasi🡆 More