Doʻstlik

Doʻstlik — ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha.

Oʻzaro hurmat, yoqtirish, manfaatlarning umumiyligi, yaqinlik, bir-birini tushunishga asoslangan kishilar oʻrtasidagi munosabat shaklini ifodalaydi. Kishilarning muloqot shakli sifatidagi Do'stlik qonqardoshlik, oʻrtoqlik, birodarlik tushunchalariga yaqin, lekin psixologik nuqtai nazardan esa ulardan oʻzining alohidaligi, tanlash xususiyati, his-tuygʻu bilan farq qiladi. Axloqiy psixologik hodisa va shaxsiy xislat sifatida do'stlik odamning yoshi (bolalik, oʻsmirlikdagi do'stlik), shaxsning shakllanishi bilan (maktabdagi, talabalik yillaridagi, armiyadagi do'stlik ) oʻzgarib boradi. Ijtimoiy-axloqiy muhit, kishilarning turmush tarzi do'stlikning mazmun-mohiyatini belgilaydi. Oʻzaro manfaat (Epikur, utilitarizm namoyandalari), "tabiiy yoqtirish" hissi (A. Smit), baxtga erishishga koʻmaklashish (18-asr fransuz maʼrifatparvarlari) va boshqalar do'stlikning asosi sifatida qaralgan. Haqiqiy, mustahkam do'stlik yuksak, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan maqsad va ideallar mushtarakligini anglash asosida shakllanadi. Do'stlik millat va xalqlar oʻrtasidagi ijobiy aloqalarda ham oʻz ifodasini topadi. Hozirgi davrda koʻp millatli Oʻzbekistonning rivojlanishi uchun xalqlar oʻrtasidagi do'stlik nihoyatda muhim. Xalqlar, millat va elatlar oʻrtasidagi do'stlik Oʻzbekistonda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashning muhim shartlaridan biridir.

Adabiyot

  • OʻzME. Ikkinchi jild. Toshkent, 2022-yilyobbana shakar

Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

InvestitsiyaInternet tarixiKonfessiyaOʻlchash asboblariAllohning 99 nomiBudjetJizzax viloyatiTishEnergiyaTermodinamikaning birinchi qonuniMustaqil davlatlar hamdoʻstligiKoʻchirma gapOt (hayvon)Buyuk Ipak yoʻliTadbirkorlikRim raqamlariHajmOtamdan qolgan dalalarSamarqand viloyatiMalakaDiniy tashkilotJaloliddin ManguberdiSaida ZunnunovaOʻzbekistondagi muzeylarVitaminlarBozorIchki sekretsiyaBaqara surasiOʻrta OsiyoObligatsiyaGandbolSuvchechakIngliz tiliTurizmLionel MessiMorfemaQoʻshilgan qiymat soligʻiTohir MalikMehnat tarbiyasiJismoniy tarbiyaAutizmAsosiy vositalarGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqIzohli lugʻatJangi loyKuzatishAlzheimer kasalligiLipidlarAbdullajon (film)Tub sonlar roʻyxatiAlpinizmMagnit maydonQoʻqon xonligiKecha va kunduzParlamentKlinik qon tahliliYogʻDevonu lugʻotit turkBosh SahifaBotir ZokirovDunyoqarashXamsaMarkaziy nerv sistemasiNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi SenatiKoinotNanotexnologiyaErkak jinsiy aʼzosiQadimgi RimFoydali qazilmalarMadaniyatOʻlmas UmarbekovSurxondaryo viloyatiParonimlarQurʼonNeptunOgʻirlik oʻlchov birliklari🡆 More