Homer (qadimgi yunoncha: Ὅμηρος, Hómēros) yunon shoiri, „Iloada“ va „Odisseya“ asarlari muallifidir.
Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. XII asr bilan VII asr ora-ligʻida deb koʻrsatiladi. Homerning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Homerga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin faqat 2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ Homerniki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Homer asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar).
Homer | |
---|---|
Asl ismi | Ὅμηρος |
Tavalludi | eramizdan avvalgi VIII asrdan |
Vafoti | EA 8-asr |
Kasbi | Shoir |
Ijod qilgan tillari | Qadimgi yunon tili |
Fuqaroligi | Ionian League |
Yoʻnalish | qahramonlik epos |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Homer, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.