Xalqaro Xotin-Qizlar Kuni: Ayrim mamlakatlarda 8-mart kuni nishonlanadigan xalqaro bayram

Xalqaro xotin-qizlar kuni (dastlab Xalqaro ishchi xotin qizlar kuni deb atalgan) har yili 8-martda nishonlanadi.

Turli mintaqalarda nishonlash asosi umumiy ayollarga hurmat-ehtirom, tushunish va muhabbatdan boshlab, ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy yutuqlarini nishonlashgacha turli xildadir. Aslida sotsialistlarning siyosiy harakati sifatida yuzaga kelgan boʻlsa ham bu bayram koʻp mamlakatlar madaniyatiga singib ketgan. Bu mamlakatlar asosan Sharqiy Yevropa, Rossiya va sobiq Sovet mamlakatlaridir.

Xalqaro xotin-qizlar kuni
Nishonlovchilar 1910-yil
Turi
Sana 8-mart

Baʼzi hududlarda bayram oʻzining siyosiy maʼnosini yoʻqotdi va shunchaki erkaklar uchun ayollarga boʻlgan mehrlarini izhorlash uchun fursatga aylandi. Xalqaro xotin-qizlar kuni AQShdagi Onalar kuni va Muqaddas Valentin kunining aralashganiga oʻxshaydi. Lekin boshqa hududlarda BMT aytib oʻtgan boshidagi siyosiy va inson huquqlari mavzulari hali ham kuchli. Bu mamlakatlarda ayollarning siyosiy va ijtimoiy kurashlari tilga olinadi va umid bilan oʻrganiladi.

Tarixi

Ayollar uchun maxsus bir kunni tanlash haqida ilk bor 1909-yilda soʻz yuritilgan. Bu tashabbusni AQSH sosialistik partiyasi ilgari surgan. Biroq 1910-yilda Daniya poytaxti Kopengagenda boʻlib oʻtgan sosialist ayollar konferensiyasida germaniyalik Klara Setkin ayollar uchun biror kunni belgilash tashabbusi bilan chiqadi va bu qoʻllab-quvvatlanadi. Ammo ma’lum bir sana tanlanmaydi.

Ayollar kunini belgilash birinchi marta 1911-yilning 19-martiga toʻgʻri keladi. Shu kuni Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada millionlab ayollar namoyishga chiqadi. Oʻsha yillarda ayollar kuni ishchilar va faollarining harakatlariga bogʻliq boʻlgan. 1914-yil 8-mart sanasida Berlinda ayollar saylov huquqi uchun namoyishga yigʻildi. Mazkur namoyish ushbu sanada yuz bergan ilk haqiqiy miting edi.

70 yillarning boshlarida Gʻarbdagi ayollar ushbu sanadan oʻz haq-huquqlarini talab qilishda foydalanishga qaror qildi. Ular ijtimoiy-siyosiy tenglikni talab qilib namoyishlar uyushtirishni boshladilar. 1977-yilda BMT boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni (International women’s day) deb e’lon qildi.

Nishonlanishi

Xalqaro xotin-qizlar kuni quyidagi mamlakatlarda rasmiy bayramdir: Afgʻoniston, Angola, Armeniya, Ozarbayjon, Belarus, Burkina Faso, Kambodja, Xitoy (ayollar uchun xolos), Kuba, Gruziya, Gvineya, Eritreya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Laos, Makedoniya (ayollar uchun xolos), Madagaskar (ayollar uchun xolos), Moldova, Mongolia, Montenegro, [manba kerak] Nepal (ayollar uchun xolos), Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Uganda, Ukraina, Oʻzbekiston, Vietnam, va Zambia.

Baʼzi mamlakatlarda bu kun rasmiy bayram emas, lekin shunday boʻlsa ham keng nishonlanadi. Bu mamlakatlarga Kamerun, Xorvatiya, Ruminiya, Bosniya va Gersegovina, Serbiya,[manba kerak] Bolgariya[manba kerak] va Chili kiradi.

Manbalar

Tags:

Xalqaro Xotin-Qizlar Kuni TarixiXalqaro Xotin-Qizlar Kuni NishonlanishiXalqaro Xotin-Qizlar Kuni ManbalarXalqaro Xotin-Qizlar Kuni HavolalarXalqaro Xotin-Qizlar Kuni8-martRossiyaSharqiy YevropaSotsializm

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

ToshkentGlobal muammolarNuqtali vergulQogʻozQidiruv tizimiBogʻlovchiKoʻp nuqtaShum bola (film)Anqara jangiBosh miya nervlariHarakatGandbolOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiTilSherali JoʻrayevSinonimlarLipidlarIchki yonuv dvigateliYan Amos KomenskiyElektr qarshilikFavvoraOʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiIvan PavlovOmmaviy madaniyatIslom mazhabchiligiBahorSiyosiy partiyalarUslubKislota va asoslarAvestoMuhammadning ayollariTermodinamikaning birinchi qonuniAxborotAtom yadrosiHissiyotAdaptatsiyaWolfgang Amadeus MozartMateriyaIrodaDavlatlar roʻyxatiTransformatorQuvvatTillar tasnifiOsiyoLazerAllergiyaTabiatUnli tovushlarEmotsiyaMultimediaXudoyberdi ToʻxtaboyevKorrupsiyaAl-XorazmiyToʻlepbergen QayipbergenovMurakkab efirlarGʻoʻzaAksiyaQon aylanishiAdobe PhotoshopNutq madaniyatiYevropaMirzo UlugʻbekAbulfayzxonShaharKoʻmakchiModdalar almashinuviRus tiliOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiOʻrta OsiyoYurak-tomir sistemasi kasalliklariBuxgalteriya balansiXorazm Maʼmun akademiyasiSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiQoʻshilgan qiymat soligʻiQobusnomaOʻsimliklarXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiTabiiy gazlar🡆 More