Eritreya, Eritreya Davlati — Shim.Sharqiy Afrikadagi davlat, BMT aʼzosi.
Qizil dengizga tutash. Maydoni 117,6 ming km²ga yaqin. Aholisi 4,465 mln. kishi (2002). Poytaxti Asmera shahri Maʼmuriy jihatdan 8 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi.
Eritriya Davlat ሃገረ ኤርትራ (Hagere Ertra) دولة إرتريا (Dawlat Iritriyá) | |
---|---|
Shior: Y'o`q | |
Madhiya: Ertra, Ertra, Ertra (Eritriya, Eritriya, Eritriya) | |
Poytaxt | Asmera |
Rasmiy til(lar) | Y'o`q |
Hukumat | Bitta-partiyalik davlat |
• Prezident | Isaias Afeverki |
Mustaqillik (Efiopiyadan) | |
• Sana | 24-may 1993 |
Maydon | |
• Butun | 121,320 km2 (98-oʻrin) |
• Suv (%) | 0.14 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat | 4,561,599 (116-oʻrin) |
• Zichlik | 37/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun | AQSh$4,471 mil. (164-oʻrin) |
• Jon boshiga | AQSh$980 |
Pul birligi | Nakfa (ERN) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
• Yoz (DST) | UTC+3 |
Qisqartma | ER |
Telefon prefiksi | 291 |
Internet domeni | .er |
|
Eritreya — mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 24-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1993-yildan Isayyas Afevork), u Milliy assambleya tomonidan saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident boshchiligidagi Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Eritreya hududining katta kismini togʻli Eritreya platosi (eng baland joyi 2989 m, Soira togʻi) egallagan; janubi-sharqida Afar soyligi joylashgan. Iqlimi subekvatorial, choʻl iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 23° dan 37° gacha, eng yuqori temperatura 45° (Yerning eng issiq rayonlaridan biri). Yillik yogʻin 50–200 mm. Oʻsimliklari choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat.
Eritreyada tigrai, tigre, afar, saxo va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy tillar — tigrai va arab tillari. Dindorlari, asosan, xristianmonofistlar va sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 16,3%. Muhim shaharlari: Asmera, Massaua, Keren.
13—16-asrlarda hozirgi Eritreyaning katta qismi Efiopiya davlati tarkibida boʻlgan. 1882-yil Qizil dengiz sohilidagi Aseb porti, 1885-yil Massaua porti va sohil boʻyidagi aholi yashaydigan bir qancha qishloqlarni Italiya egallab oldi. 1890-yil Italiya Qizil dengiz sohilidagi oʻzining barcha mulkini Eritreya mustamlakasiga birlashtirdi (Eritreya lot. tilidagi Qizil dengiz nomidan kelib chiqqan). 1896-yilgi ItaliyaEfiopiya shartnomasiga muvofiq, E. chegaralari belgilab olindi. 1935-yil E. Efiopiya bilan birga Italiya Sharqiy Afrikasi mustamlakasi tarkibida boʻldi. 1941-yil bahorda E. inglizefiop qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi; 1952-yilgacha ingliz harbiy maʼmuriyati boshqardi. 1952-yil federatsiya aʼzosi sifatida Efiopiya tarkibiga kirdi. 1962—87 yillarda E. Efiopiya tarkibida provinsiya, soʻng maʼmuriy rayon. 1950-yillardan E. ozodlik xalq fronti boshchiligida Efiopiya markaziy hokimiyatidan ajralish uchun qurolli kurash avj oldi. 1991-yil qoʻzgʻolonchilar Asmera shahrini ozod qildilar. 1993-yil 24-mayda E. rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. E. — 1993-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 24-may — Mustaqillik kuni (1993).
Demokratiya va adolat uchun xalq fronti, 1970-yil tuzilgan. 1994-yilgacha E. ozodlik xalq fronti deb nomlangan. Kasaba uyushmalari haqida maʼlumotlar yoʻq.
Eritreya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 12,3%, qishloq xoʻjaligi 8,4% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi (dehqonchilik va chorvachilik). Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xoʻjaligida band. Asosan, bugʻdoy, arpa, tariq, makkajoʻxori, dukkaklilar, sabzavot va qovun ekiladi, kofe yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, echki, qoʻy, tuya, parranda boqiladi; baliq ovlanadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, tikuvchilik, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, sement. Oltin, neft, mis, temir rudasi, nikel, xrom, slyuda, titan konlari bor. Dengizdan tuz qazib olinadi.
Transport yoʻli uzunligi 306 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 3,9 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 21% ni tashkil etadi. Dengiz portlari: Aseb, Massaua. E. chetga tuz, teri, sement, sitrus mevalar, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, isteʼmol mollari va boshqalar oladi. Tashqi savdoda Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Sudan, Somali, Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — nakfa.
Madaniyati. E.ning Asmera shahrini italyan mustamlakachilari Italiya shaharlariga oʻxshatib barpo etishga harakat qilganlar. Asmerada unt, Katta masjid va Katoliklar sobori bor. qadimiy Massaua shahri oʻzining goʻzal plyajlariga ega boʻlgan sharq shahridir. Asmera shahridan dengiz tomon yuriladigan yoʻldagi tepaliklarda mashhur kopt (qibt) monastirlari koʻzga tashlanadi. Monastirlarning aksariyati 15-asrda qurilgan boʻlib, ularning eng mashhuri Debre Bizen monastiri (14-asr)dir. Monastirlar kunduzi ziyoratchilar uchun ochib qoʻyilgan.
Eritreyada 1991-yildan "Xades Eritra" ("Yangi Eritreya") hukumat gaz. haftada 2-marta tigrai va arab tillarida, 1994-yildan "Eritrean proufayl" ("Eritreya koʻrinishi") haftanomasi ingliz tilida nashr etiladi. "Eritreya xalqi ovozi" hukumat radiostyasi va ER1CHTV huqumat telestyasi ishlaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Eritreya, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.