Xalqaro Ona Tili Kuni

Xalqaro ona tili kuni ( BMTning boshqa rasmiy tillarida,ingl.

International Mother Language Day arab tili. ạlywm ạlʿạlmy llgẗ ạlẗm,  Ch. làngyǎyǎrì, fr. la Journee internationale de la langue maernelle) — 1999-yil noyabr oyida YuNESKO Bosh anjumani 30-sessiyasi qarori bilan tashkil yetilgan va til va madaniy turfa xillikni muhofaza qilish maqsadida 2000-yildan boshlab har yili 21-fevralda nishonlanib kelinadi.

YuNESKO yoʼqolib ketish xavfi arafasida turgan tillar holatini kuzatish va vaziyatni toʼgʼrilashga yordam beradigan profilaktik monitoring tizimini yaratishga bel bogʼlaydi.

YuNESKO qayd etishicha, dunyodagi 6 mingta tilning yarmi yoʼqolib ketish xavfi ostida turibdi . 2009-yilda YuNESKO Rossiyada 136 ta tilni yoʼq boʼlib ketish xavfi ostida deb tan oladi.

Bu sana Bangladeshda 1952-yildagi qonli voqealarni xotirlash kuni sifatida nishonlanadigan Bengal tili harakati kuniga toʼgʼri keladi - Pokiston politsiyasi Sharqiy Pokistonda (Bangladesh 1971-yili) rasman tan olish sifatida bengal tili tarafdorlarni taʼqib qilgan kun sanaladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Xalqaro ona tili kunini e'lon qilish qarorini qo'llab-quvvatladi (Rezolyutsiya № Α/RES/56/262 ) va BMTga a'zo davlatlar va BMT Kotibiyatini dunyo xalqlarining barcha tillarini muhofaza etish va saqlashga hissa qoʼshishga undadi.

Kun mavzusi

  • 2021-yil — “Inklyuziv taʼlim va ijtimoiy hamjihatlikni qoʼllab-quvvatlashda koʼp tillilikni ragʼbatlantirish”
  • 2020-yil — "Chegarasi yoʼq tillar"
  • 2019-yil — "Dunyoda tinchlik va murosa oʼrnatish va mahalliy xalq tillarini barqaror rivojlantirish zarur
  • 2018-yil — “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida lingvinistik xilma-xilligini saqlash va koʼp tillilikni ragʼbatlantirish”
  • 2017-yil — “Koʼp tilli taʼlimga asoslangan barqaror kelajak”
  • 2016-yil — “Taʼlim sifati, oʼqitish tili va taʼlim natijalari”
  • 2015-yil — “Til yaratish yoʼli va inklyuziv taʼlim. Tillar — bu muhim qurol!
  • 2014-yil — Global fuqarolikda mahalliy tillar ahamiyati: ilm-fan diqqat markazida
  • 2013-yil — “Ona tilini oʼrnanish uchun kitob”
  • 2012-yil — “ koʼp tillilikda inklyuziv taʼlim ahamiyati”
  • 2011-yil — "Lingvinistik turfa xillikni va til rivojlanishni ragʼbatlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini saqlash"

BMTda til kunlari

Xalqaro ona tili kuni bilan bir qatorda BMT tashkilotining rasmiy tillari kuni ham nishonlanadi. Ular 2010-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan koʼp tillilik va madaniy turfa xillikni qoʼllab-quvvatlash maqsadida eʼlon qilinadi . Bular BMTda ingliz tili kuni, BMTda arab tili kuni, BMTda ispan tili kuni, BMTda rus tili kuni, BMTda xitoy tili kuni, BMTda fransuz tili kuni hisoblanadi.

Shu kunlarda oʼtkazilayotgan tadbirlar rasmiy tillarning teng huquqliligini taʼminlash, BMT xodimlarining BMT tillarining tarixi va rivojlanishidan xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Til kunlari BMTning qolgan sanalari bilan birga nishonlanadi. Mazkur sanalarning har biri BMT tizimidagi saytlarga bagʼishlanadi.

Manbalar

Havolalar

Tags:

Xalqaro Ona Tili Kuni Kun mavzusiXalqaro Ona Tili Kuni BMTda til kunlariXalqaro Ona Tili Kuni ManbalarXalqaro Ona Tili Kuni HavolalarXalqaro Ona Tili Kuni199921-fevralIngliz tiliUNESCOАрабский языкИспанский языкКитайский языкФранцузский язык

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Jamiyat falsafasiQon guruhlariQuyosh energiyasidan foydalanishMikroorganizmlarTarbiyaGlobal muammolarBaqara surasiMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliUltratovush tekshirish usuliNazarmat EgamnazarovKompyuter tarmogʻiLoyihaNATOOʻzgaruvchanlikDiqqatTinish belgilariTremorSaudiya ArabistoniBuyrakMaymunjonInson tanasiLeksikaHamza Hakimzoda NiyoziyTibbiyot deontologiyasiAtrof-muhitni muhofaza qilishOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiApplikatsiyaInsonparvarlikEkologik omillarMurakkab efirlarToshkent viloyatiInternetMorfologiyaMotivatsiyaDavlatlar roʻyxatiBiznes rejaTib qonunlariAbdulla QahhorDevonu lugʻotit turkSifatRentgen nurlariOziq-ovqatReklamaMustaqil davlatlar hamdoʻstligiKasrHamid OlimjonDunyoqarashAxborot jamiyatiTexnologiyaGektarMahalliy davlat hokimiyati organlariSharq falsafasiSoliqRaqamli texnologiya asoslariOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiKuyishAlkogolizmOscarXamsaMonopoliyaTemuriylarKonsumentlarFotoeffektUndalmaTemirVeb-sahifaYusuf Xos HojibIkki eshik orasiTemuriylar tarixi davlat muzeyiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiMetodAzot oksidlariSaida ZunnunovaGeometriyaRus tiliAbu Ali ibn SinoXarakter (obraz)Qon bosimini o‘lchash🡆 More