foydalanuvchi Sahifalari

Foydalanuvchi sahifalari bu foydalanuvchilarning Vikipediyadagi ishlarini tartibga solish, shuningdek, boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish imkonini yaratuvchi sahifalardir.

Ushbu sahifalar asosan, foydalanuvchilararo munozaralar, bildirishnomalar, test sahifalar va qoralamalar (qarang: Qumloq nima?) uchun moʻljallangan. Shuningdek, foydalanuvchilar oʻz xohishlariga koʻra, cheklangan doirada, oʻz sahifalarida avtobiografik maʼlumotlarini ham ulashishlari mumkin. Foydalanuvchi: va Foydalanuvchi munozarasi: nomfazosidagi sahifalar foydalanuvchi sahifalari hisoblanadi.

Foydalanuvchi sahifalari Vikipediya loyihasiga mos va hamjamiyat uchun maqbul boʻlgan turli maqsadlar yoʻlida foydalanish uchun xizmat qiladi. Vikipediya blog, veb provayder yoki ijtimoiy tarmoq sayti emas. Vikipediya hamjamiyati tomonidan tasdiqlangan qoidalar foydalanuvchi sahifalariga nisbatan ham qoʻllaniladi hamda foydalanuvchilar ushbu qoidalarga rioya qilishlari shart. Ushbu tartib-qoidalarni buzgan deb topilgan foydalanuvchilar birinchi navbatda shaxsiy munozara sahifalarida, zudlik bilan chora koʻrish zaruriyati boʻlmagan taqdirda, ogohlantirilishlari kerak.

Ostsahifa yaratish

Vikipediya foydalanuvchilari Foydalanuvchi yoki Foydalanuvchi munozarasi nomfazolarida ham ostsahifalar yaratishlari mumkin. Ostsahifa yaratish uchun har qanday tahrirlanadigan matn maydoniga quyidagi matnni yozing:

Foydalanuvchi:Foydalanuvchi nomingiz/ostsahifa nomi 

Keyin esa ushbu matnni nusxalab olib Vikipediya qidiruv maydoniga joylashtiring va ENTER tugmasini bosing. Bu harakat sizni Foydalanuvchi:Foydalanuvchi nomingiz/ostsahifa nomi sarlavhali sahifaga olib oʻtadi. Endi Vikipediya qidiruv maydoni yonidagi YARATISH tugmasini bosing va sizning yangi ostsahifangiz siz uchun yaratiladi. MANBASINI TAHRIRLASH tugmasini bosing, bir nechta test soʻzlarini kiriting va sahifani saqlang. Sizning foydalanuvchi sahifangizdan farqli oʻlaroq, ostsahifada foydalanuvchi sahifangizga quyidagi tarzda havola borligini koʻrasiz:

ORQAGA havolasini bosish orqali siz oʻz foydalanuvchi sahifangizga qaytasiz.

Foydalanuvchi munozarasi bildirishnomalari

foydalanuvchi Sahifalari 
Bildirishnomalar roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun paydo boʻlish holati.

Biror kim sizning munozara sahifangizni tahrirlasa, Vikipediya yuqori qismida joylashgan bildirishnomalar qismi orqali sizga xabar beriladi. 2013-yil 30-apreldan boshlab roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar yangi Vikipediya:Bildirishnomalar tizimi orqali xabar almashish imkoniga ega boʻlganlar (oʻngdagi rasmga qarang).

Sizga boshqa foydalanuvchidan yangi xabar bor. (oxirgi oʻzgarish)

Maxsus:MyPage va Maxsus:MyTalk havolalari har qanday foydalanuvchini shaxsiy foydalanuvchi va foydalanuvchi munozarasi sahifalariga olib boradigan havolalar hisoblanadi. Agar kimdir sizning (yoki boshqa birovning) foydalanuvchi yoki foydalanuvchi munozarasi sahifalariga kirmoqchi boʻlsa, tegishli sahifaga havola kerak boʻladi (masalan, '''[[Foydalanuvchi munozarasi:Malikxan]]'''). Koʻpincha, foydalanuvchi va foydalanuvchi munozarasi sahifalariga munozaralarda foydalanuvchi imzolari, tahrirlar tarixi va farqlarda koʻrsatilgan havolalarni bosish orqali tashrif buyuriladi.

Vikipediyachilarning Foydalanuvchi sahifalaridagi huquqlari

Tahrirlar tarixiga oʻxshash odatiy sahifalardan olish mumkin boʻlgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda, biror foydalanuvchining shaxsiy va/yoki munozara sahifalariga tashrif buyurgan boshqa bir tahrirchi oʻsha foydalanuvchining mahalliy Vikipediyaga qoʻshgan barcha hissasini sahifaning yuqori qismida joylashgan Soʻnggi marta shuncha soat avval mana bu tahrirlarni qildi havolasini bosish orqali koʻrishlari mumkin. (Eʼtibor bering! Foydalanuvchi sahifangizni oʻchirib tashlangani bilan hissalaringiz roʻyxati oʻchirilmaydi.)

Biror foydalanuvchining shaxsiy sahifasiga tashrif buyurgan boshqa tahrirchilar, agar oʻsha foydalanuvchi MOSLAMALAR boʻlimidan elektron pochta xabarlarini yuborish va qabul qilish parametrini faollashtirgan boʻlsalar, Bu foydalanuvchiga maktub joʻnatish tugmasini bosish orqali ularning elektron pochtalariga xabar joʻnatishlari mumkin. E-pochta manzilingiz, agarda uni oʻz xohishingizga koʻra oshkor qilmasangiz, uni ochiqlash variantini (afzalliklar ichida) tanlamasangiz yoki Vikipediyadan tashqari elektron pochta tizimidan foydalanib javob bermasangiz uning maxfiyligi saqlanib qoladi.

Foydalanuvchi sahifalarida nimalarni saqlash mumkin ?

Foydalanuvchi sahifalari uchun qatʼiy tizimga solingan foydalanish qoidalari yoʻq. Odatda,, foydalanuvchilar shaxsiy sahifalarida oʻzlari va Vikipediyaga qoʻshgan hissalari haqida maʼlumotlar saqlashadi. Munozara sahifalari esa xabar almashinish jarayoni uchun xizmat qiladi. Agar boshqa foydalanuvchilar oʻzlariga kerakli sahifalarni tez va oson topishni xohlasalar, oʻz xohishlariga koʻra oʻzlarining foydalanuvchi sahifalarini erkin yaratishlari mumkin.

Shuningdek, oʻz hissalarini jamoat mulki deya eʼlon qilishlari yoki ularni turli litsenziyalar bilan chop etishlari hamda bu haqda oʻz foydalanuvchi sahifalarida yoki unga bogʻlangan ostsahifalarda bildirishnomalar orqali hamjamiyatga maʼlum qilishlari mumkin. Esda tutingki, ularni chala litsenziyash mumkin emas. Vikipediyadagi barcha tahrirlar, jumladan, foydalanuvchilar maydonidagi tahrirlar Creative Commons Attribution/Share-Alike litsenziyasi va koʻp hollarda Vikipediyaning bir qismi sifatida GNU Free Documentation License ostida foydalanish uchun litsenziyalangan.

Foydalanuvchi sahifalari boshqa saytlar tomonidan aks ettirilishi mumkin. Shu bois, nusxa koʻchirish, qayta joylashtirish yoki qayta foydalanish mumkin boʻlmagan materiallarni sahifangizda joylashtirmaslikka harakat qiling.

Shuningdek, shaxsiy sahifangizda reklama mazmunidan yiroq boʻlgan havolalardan foydalanishingiz mumkin. Biroq, foydalanuvchi sahifangizdagi havola sahifadagi yagona narsa boʻlsa, bu holat oʻz-oʻzidan reklama qilishga urinish, deya baholanishi mumkin.

Foydalanuvchi munozarasi sahifalari maʼmuriy maqsadlarda, yaʼni, foydalanuvchining chetlatilganligi, ogohlantirilganligi yoki vandalizm holatlari sodir boʻlgan vaziyatlarda qatʼiy jazo choralari haqida xabardor qilish va ular tahrirlagan maqolalar va sahifalar muammolari haqida xabar berish uchun ham xizmat qiladi. Vikipediyachilar biror foydalanuvchining faqatgina shaxsiy munozara sahifasini maʼlum maqsadlar yoʻlida, jumladan, orden, yulduz va/yoki tashakkur maʼnosidagi tabriknomalar bilan taqdirlash, turli mazmundagi eslatmalar, rasmlar va/yoki sharhlar qoldirish hamda savollar yoʻllash uchun tahrirlashlari mumkin. Foydalanuvchilar shaxsiy sahifalarini boshqa foydalanuvchilar tahrirlashi uchun ruxsat berish huquqiga egalar.

Asosiy va Foydalanuvchi nomfazolari

Oʻzingiz haqingizda maʼlumotlar odatda asosiy nomfazo maydoniga kirmasligi kerak (ushbu nomfazo faqatgina ensiklopediya maqolalari uchun ajratilgan). Shuningdek, ensiklopedik maqolalar hech qachon foydalanuvchining shaxsiy sahifasida yozilmaydi.

Foydalanuvchilar manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha yoʻriqnomani diqqat bilan oʻqib chiqishlari va oʻzlari haqida yoki ular bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan narsalarga oid har qanday turdagi maqolani tahrirlashdan qochishlari kerak.

Shaxsiy va maxfiylikka putur yetkazuvchi materiallar

Baʼzi odamlar kontakt maʼlumotlari (elektron pochta, qaynoq xabarlar va boshqalar), fotosuratlar, haqiqiy ism, joylashuv, tajriba va qiziqish sohalari haqidagi maʼlumotlar, nimani yoqitirish va/yoki yoqtirmasliklari hamda shu kabi boshqa shaxsiy maʼlumotlarni oʻz sahifalarida ulashishadi. Bir marta qoʻshilgandan soʻng, maʼlumotning shaxsiyligi qolmaydi, maxfiyligi buziladi. Maʼlumotlar boshqa joyga koʻchirilishi yoki kelajakda sizni bezovta qilish uchun ishlatilishi mumkin.

Ushbu qoida foydalanuvchilar oʻz sahifalariga oshkor etish mumkin boʻlmagan maʼlumotlarni qoʻshishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻrishlari kerakligi haqida ogohlantiradi. Chunki keyinchalik fikringizni oʻzgartiradigan boʻlsangiz, jarayonni orqaga qaytarish imkoni mavjud emas.

Oʻzingiz yoki boshqalar tomonidan ulashilgan, maxfiylikka putur yetkazuvchi, ommaga oshkor qilish mumkin boʻlmagan materiallar administratorlar tomonidan sahifa tarixi va boshqa jurnallardan tozalash orqali istalgan sahifadan olib tashlanishi mumkin.

Foydalanuvchi qutilari / Yuzerbokslar

Yuzerbokslar — foydalanuvchilarning qiziqishlari, xarakterlari, oʻzlari haqida oshkor etishlari mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan qiziqarli „kichik qutilar“. Ular toʻrtburchak shaklida boʻlib, odatda rasm va matnni oʻz ichiga oladi. Mana bir misol:

foydalanuvchi Sahifalari  Foydalanuvchi qutilari shunday koʻrinishdagi kichik toʻrtburchak qutilar hisoblanadi.

Foydalanuvchi sahifalarida nimalarni saqlash mumkin emas?

Umuman olganda, foydalanuvchi sahifalarida Vikipediyaga aloqasi boʻlmagan kontentlar saqlashdan tiyilishingiz kerak. Vikipediya umumiy xosting xizmati, foydalanuvchhi sahifalari esa shaxsiy veb sayt emas. Foydalanuvchi sahifalari tahrirchilarning Vikipediyachi shaxsiyati haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi hamda Vikimediya loyihalariga hissa qoʻshish harakatlarining bir qismi sifatida foydalanilishi kerak.

Bundan tashqari, loyihani obroʻsizlantirishga xizmat qiluvchi yoki ommaviy va global huquqbuzarlikka olib kelishi mumkin boʻlgan materiallarni (misol uchun, pedofiliya targʻiboti) foydalanuvchi sahifangizga kiritmasligingiz haqida hamjamiyat kelishuvi mavjud. Jiddiy yoki trolling qilish maqsadida boʻlishidan qatʼi nazar, Vikipediya choyxona emas. Bu gap odatda foydalanuvchi sahifalariga, shuningdek, ensiklopediyaning oʻziga ham tegishli deya talqin qilinadi. Vikipediyada senzura yoʻq. Bu esa asosiy nomfazodagi sahifalar va rasmlarga tegishli. Boshqa nomfazolarda ham oʻziga xos, hamjamiyat uchun ahamiyatli, qimmatli va buzilmasligini taʼminlanishi kerak boʻlgan cheklov va qoidalar mavjud. Sizda boshqa nomfazolarga qaraganda foydalanuvchi nomfazosida erkinlik koʻproq. Shuningdek, eʼtibor bering: Biror foydalanuvchi oʻz sahifasida oʻta haqoratli material joylangan boʻlsa uni har qanday tahrirchi koʻrgan paytidayoq olib tashlash huquqiga ega.

Foydalanuvchi sahifalarini himoyalash

Maqola sahifalarida boʻlgani kabi, foydalanuvchi sahifalari ham vaqti-vaqti bilan vandalizm yoki kamdan-kam hollarda tahrirlar urushi nishoniga aylanadi. Tahrirlar urushi yoki vandalizm davomli boʻlsa, jabrlangan sahifa tahrirlanishdan himoyalanishi mumkin.

Shaxsiy munozara sahifalarida vandalizm holatlari nisbatan kamroq uchraydi. Odatda, bunday hollarda vandalizm tahriri faqatgina qaytarilishi talab etiladi. Bu kabi vaziyatlarda Vikipediya:Chetlashtirish qoidalaridan foydalanuvchi munozaralari qayta-qayta vandalizmga uchragan vaziyatda foydalanmoq kerak. Kamdan-kam hollarda sahifani himoyalash chorasidan foydalanish holatlari yuzaga keladi. Shuni yodda tutish kerakki, loyiha uchun munozara sahifalarida muhokama qilish muhimligini hisobga olgan holda chetlatish oxirgi chora hisoblanadi.

Foydalanuvchi sahifalarini oʻchirish

    Agar foydalanuvchi sahifangizni oʻchirmoqchi boʻlsangiz, sahifaning yuqori qismiga {{d|Sahifa muallifi xohishga koʻra}} andozasini joylashtiring va kuting. Maʼlum vaqtdan soʻng, administrator yoki xulosa chiqaruvchilardan biri sahifani oʻchiradi. Shuni yodda tutingki, foydalanuvchi munozarasi sahifalari tayinli sabab boʻlmasa, odatda oʻchirilmaydi.

Boshqa foydalanuvchilarning sahifalarini oʻchirish

Umuman olganda, boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy sahifalari oʻsha foydalanuvchi tomonidan boshqariladi. Ochiq yoki jiddiy masalalardan tashqari, birovning shaxsiy sahifasini oʻchirishdan oldin uning egasi bilan bogʻlanish zarurdir. Biroq, mualliflik huquqining yaqqol buzilishi, hujum sahifalari, reklama matni, maxfiylik yoki VP:TOB buzilishi holatlari, faqatgina Vikipediyaga aloqasi boʻlmagan matndan iborat boʻlgan sahifalar tezda oʻchirish mezonlarining mos talablariga koʻra oʻchirilishi mumkin. Oʻchirishga taklif qilishga moyil boʻlgan boshqa sahifalar (tuzatish choralari koʻrilmasa) oʻchirish uchun muhokamaga qoʻyilishi kerak.

Foydalanuvchiga nistaban tegishli va munozarali boʻlgan muammoni tushuntirishga alohida eʼtibor berish zarur. Shuni yodda tutish kerakki, foydalanuvchi sahifalari boshqa talablarga asosli ravishda javob bersa, ularda cheklangan miqdordagi shaxsiy maʼlumotlar (misol uchun, qisqacha tarjimai holi) va 3 tagacha (maksimal 2 ta) erkin litsenziyalangan yoki shaxsiy fotosuratdan joylashga ruxsat beriladi.

Foydalanuvchi sahifalaridan Vikipediya loyihasi bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy veb sahifa sifatida foydalanish, jumladan, sahifadan oshkora reklama va shu ohangdagi targʻibot mazmunini oʻz ichiga olgan matn joylash maqsadida foydalanilsa, sahifa tezda oʻchirish mezonlari asosida oʻchiriladi. Foydalanuvchining faqat oʻz sahifasini tahrirlashdan iborat boʻlgan hissalari, odatda, spam yoki boshqa tez oʻchiriladigan materiallardan iborat boʻlmasa, tezda oʻchirilmasligi kerak. Foydalanuvchi nomfazosida test tahrirlari va oʻchirilgan materialni qayta yaratish (cheklovlar doirasida) ruxsat etiladi.

Shaxsiy foydalanuvchi sahifasi yoki ostsahifalarini oʻchirish

Agar biror foydalanuvchi oʻz sahifasining oʻchirilishini xohlasa, {{d|Sahifa muallifi xohishiga koʻra}} andozasini qoʻyish bilan, sahifani tezda oʻchirishga taklif etishlari kerak. Bu koʻrsatma ostsahifalar va munozara sahifalari uchun ham qoʻllanishi mumkin. Biror ostsahifadan maqola yaratish uchun qumloq sifatida sifatida foydalanilgan boʻlsa va endi undan foydalanish uchun zaruriyat boʻlmasa, sahifa muallifi uni tegishli meʼzonlar boʻyicha oʻchirishga taklif etishi kerak.

Sahifani koʻchirish orqali yaratilgan foydalanuvchi munozaralariva munozara arxivlari odatda oʻchirilmaydi. Ular asosan boshqa foydalanuvchilar maʼlumot olishlari uchun kerak boʻladi. Tahrirlar tarixi, jurnal yozuvlari va boshqa foydalanuvchi maʼlumotlari maxfiylik qoidalari buzilishi, taʼqiblar, tahdidlar, qoʻpol haqoratomuz soʻzlar bilan hujum qilish va boshqa jiddiy qonunbuzarliklar tufayli oʻchirilishi yoki tahrirlanishi mumkin. Istisnolar baʼzida, yaxshi niyatda, maʼlum bir sababga tayangan holda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, foydalanuvchi munozarasi sahifalariga joylangan shaxsiy va tuhmat boʻlishi xavfi mavjud boʻlgan maʼlumotlar yuqorida aytib oʻtilganidek oʻchirilishi mumkin. Munozara sahifalaridagi matnni shunchaki oʻchirib yuborish tavsiya etilmaydi. Aksincha, ular uchun maxsus ostsahifa yaratib, oʻtgan suhbatlarni koʻchirib oʻtish orqali arxivlash kerak. Sahifadagi matnni shunchaki oʻchirib yuborish vandalizm deb baholanishi mumkin.

Foydalanuvchi sahifasiga bogʻliq Maxsus sahifalar

Maxsus nomfazo talab boʻyicha dasturiy taʼminot tomonidan yaratilgan koʻplab shaxsiy sahifalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Baʼzi maxsus sahifalarning virtual mazmuni foydalanuvchi tomonidan oʻrnatilgan afzalliklarga bogʻliq. Oxirgi oʻzgarishlar, soʻnggi oʻzgarishlardagi sarlavhalar soni, kuzatuv roʻyxati va boshqalar shular jumlasidandir.

Foydalanuvchi sahifasini qidirish

Odatda, Vikipediya qidiruv tizimi maqolalar nomfazosi bilan cheklangan. Loyiha sahifasi prefiksini kiritish, yaʼni Foydalanuvchi: (Foydalanuvchi soʻzidan keyin ikki nuqta qoʻyilgan) Foydalanuvchi nomfazosi tarkibiga kiruvchi natijalar koʻrinish beradi. Foydalanuvchi sahifalarini topish uchun quyidagi Maxsus:Search oynasidan ham foydalanishingiz mumkin.

Yana qarang

Izohlar

Tags:

foydalanuvchi Sahifalari Ostsahifa yaratishfoydalanuvchi Sahifalari Foydalanuvchi munozarasi bildirishnomalarifoydalanuvchi Sahifalari Vikipediyachilarning Foydalanuvchi sahifalaridagi huquqlarifoydalanuvchi Sahifalari Foydalanuvchi sahifalarida nimalarni saqlash mumkin ?foydalanuvchi Sahifalari Foydalanuvchi sahifalarida nimalarni saqlash mumkin emas?foydalanuvchi Sahifalari Foydalanuvchi sahifalarini himoyalashfoydalanuvchi Sahifalari Foydalanuvchi sahifalarini oʻchirishfoydalanuvchi Sahifalari Foydalanuvchi sahifasiga bogʻliq Maxsus sahifalarfoydalanuvchi Sahifalari Foydalanuvchi sahifasini qidirishfoydalanuvchi Sahifalari Yana qarangfoydalanuvchi Sahifalari Izohlarfoydalanuvchi SahifalariVikipediya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

OsiyoSifatXivaKamoliddin BehzodQalqonsimon bezUsmonlilar imperiyasiKoordinatsion birikmalarYerSuv resurslariDinshunoslikMoliya tizimiFonetik oʻzgarishlarOPECOʻpkaKoinotInnovatsiyaSaudiya ArabistoniNatural sonGoogleMangʻitlar sulolasiMonosaxaridlarHamid OlimjonTurizmMineral ozuqalarForobiyDevonu lugʻotit turkNafas olish tizimiKombinatorikaOt (soʻz turkumi)NATOOʻqituvchiVaqtTranzistorHissiyotToshkentYengil atletikaOrfoepiyaBritaniya imperiyasiYarimoʻtkazgichEmotsiyaOsiyo davlatlari roʻyxatiAllohning 99 nomiInternetBolalar adabiyotiAFC U-23 Osiyo kubogi 2024AntiseptikaMuzeySohibqiron (sheʼriy drama)TogʻlarAsrga tatigulik kunTovarSezgiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiGenlarning oʻzaro taʼsiriOʻlmas UmarbekovKelishikGermaniyaGermaniya ta'lim tizimiHajmCristiano RonaldoDramaFurqatSamarqandPedagogikaStatistikaFrilanserBemorni parvarish qilishVeb-saytQunut duosiInsoniylikBuxoro xonligiMaʼlumotlar bazasiTrombotsitlarToʻldiruvchiMagnit induksiyaOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiOʻzbekiston viloyatlariFutbolDemokratiya🡆 More