Munozara sahifalarida oʻzingizning imzongizni qoldirishni unutmang.
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya maqolalari mazmunini tartibga soluvchi koʻrsatmalarning bir qismidir. Unga amal qilish tavsiya etiladi, lekin u — aqida emas; idrok bilan ish tuting. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi.
Xabar yozib boʻlganingizdan keyin, uni saqlashdan avval xabar oxiriga tilda belgilarini (~) qoʻying. Toʻrtta tilda belgisi (~~~~) foydalanuvchi ismi, uning foydalanuvchi sahifasiga ishorat va xabar yozilgan sanaga aylanadi. Uchta tilda (~~~) esa xuddi shi imzoning oʻzidir, lekin unda sana koʻrsatilmaydi. Beshta tilda (~~~~~) bilan siz faqatgina sanani koʻrsatuvchi (yaʼni, foydalanuvchi ismisiz) imzo qoldirishingiz mumkin. Yoki tahrir oynasida tepasidagi „Imzo va vaqt“ ( ) tugmasini bosishingiz mumkin.
Bunday yozasiz | Bunday saqlanadi | Bunday koʻrinadi |
---|---|---|
~~~ | [[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] | Misol |
~~~~ | [[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] 18:21, 30-Aprel 2024 (UTC) | Misol 18:21, 30-Aprel 2024 (UTC) |
~~~~~ | 18:21, 30-Aprel 2024 (UTC) | 18:21, 30-Aprel 2024 (UTC) |
Agar biror xabarni yozgan shaxs imzo qoldirmagan boʻlsa, tegishli sahifa tarixi ochilib, uni kim yozganligini aniqlasa boʻladi. Boshqalar ham tarixni ochib ovora boʻlmasin desangiz, {{imzosiz}} andozasi orqali imzo yozib qoʻyishingiz mumkin.
Imzoni asosiy maqolalarda qoʻyish mumkin emas. U faqat muloqot uchun ishlatiladi, demak imzoni munozara (jumladan, maqola munozarasi, foydalanuvchi munozarasi, Vikipediya munozarasi va h.k.) sahifalarida qoʻyish kerak.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Vikipediya:Imzo, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.