Praga

Praga — Chexiyaning poytaxti.

Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy vamadaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0°, iyulniki 19,2°. Yillik yogʻin 500 mm. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928 yildan tilga olingan. 10-asrdan Chexiya davlatining poytaxti. P. Yevropadagi yiriksavdo shaharlaridan boʻlgan. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin P.ning mavqei pasaygan. 19-asr oʻrtalaridan yirik sanoat shaxriga aylandi. 1918-yildan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939-yilda P.ni nemis fashistlari bosib olgan. 1945-yil 9-mayda ulardan ozod qilindi. 1993-yilgacha Chexoslovakiya poytaxti.

Praga
Skyline of Praga
Praganing bayrogʻi
Bayroq
Praganing rasmiy gerbi
Gerb
50°5′15″N 14°25′17″E / 50.08750°N 14.42139°E / 50.08750; 14.42139 G O 14°25′17″E / 50.08750°N 14.42139°E / 50.08750; 14.42139 G O
Mamlakat Chexiya
Hukumat
 • starosta Pavel Bém
Praga xaritada
Praga
Praga

P. — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlikning turli sohalari: avtomobilsozlik,samoletsozlik, motorsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, Musiqa sanʼati va Tasviriy sanʼat akademiyalari, universitetlar, shu jumladan, Karl universiteti (1348), milliy muzey, milliy galereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va boshqa bor.

P.da 10—18-asrlarga oid meʼmoriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qalʼasi, gotika sobori (11 —16-asrlar), Qirol saroyi (12—18-asrlar), Belveder saroyi (16-asr) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va boshqa jamoat binolari qurilgan.

Praga

Praga (Chexcha: Praha) — Chex Respublikasining poytaxti.

Havolalar

Manbalar



Tags:

Chexiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Dunyoning yetti moʻjizasiAdabiy tilUrgʻuHomilaBrauzerJinsiy aloqaAbdulla QodiriyAdobe PhotoshopOgahiyMetodMaqolZaharlanishMahmudxoʻja BehbudiyUnli tovushlarBosimYugurishOntogenezIlhaqKartoshkaAtrof-muhitni muhofaza qilishSuvchechakInternet tarixiKvadratZokirovlar oilasiAmir TemurElektron hukumatOʻzbek tiliTabiatRovochSovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiBolalar psixologiyasiKoreya RespublikasiFransiyaAdobe Spark VideoEmotsiyaKombinatorikaQashqadaryo viloyatiHaroratVirusli gepatitInflatsiyaKalsiyInnovatsiyaOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiHissiyotSteve JobsBoburnomaIspaniyaIrsiy kasalliklarMantiqiy amallarMorfemaGalaktikaMuzeyTinish belgilariSanoatHarbiy unvonlarSharq falsafasiModdalar almashinuviDevonu lugʻotit turkParonimlarWilliam ShakespeareManipulyatsiyaBambirBirinchi yordamKurashAbdulla OripovDavlat poytaxtlari roʻyxatiXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiYevropa davlatlari roʻyxatiXrom (kimyoviy element)Hijriy yil hisobiJigar sirroziPsixologiyaUlugʻbek xazinasiTogʻ jinslariAksiyaMarketingShishaKommunikatsiyaYevrosiyo🡆 More