Yugurish

Yugurish (sportda) — yengil atletika turi.

Yugurish barcha sport turlari musobaqalari va mashgʻulotlari tarkibiga kirgan. Olimpiada oʻyinlarida yugurish boʻyicha qisqa masofa (100, 200, 400 m), oʻrta masofa (800, 1500 m), uzoq masofa (3000, 5000, 10000 m), marafon (42 km 195 m), estafeta (4x100, 4x400 m), toʻsiqlar osha yugurish (100, 110, 400 m), gʻovlar osha yugurish (3000 m), yettikurash (100 m ga toʻsiqlar osha yugurish, 200, 800 m), oʻnkurash (100, 400, 1500 m, 110 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va zamonaviy beshkurash (4000 m)da musobaqalar oʻtkaziladi. Shuningdek, yengil atletika musobaqalarida mavqeiga qarab boshqa masofalarda ham yugurish poygalari tashkil etiladi.

Yugurish
Yugurish

Yugurish musobaqalari qadimdan Oʻzbekiston xalqi turmush tarzidan oʻrin olganini Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy rasmlarit aks ettirilgan yugurayotgan odamlar tasvirlarida koʻrish mumkin. 1916-yilda Margʻilonda yugurish yoʻlkasi qurilgandan keyin zamonaviy qoidalar asosida respublikada ommaviy musobaqalar tashkil etila boshlagan. Hozirgi vaqtda har bir yengil atletika musobaqasida yugurish turlari ham kiritiladi. Oʻzbekistonda yugurish boʻyicha Nikolay Ovsyannikov, Farida Hasanova, Mamatqul Oltiboyev, Aleksandr Chexonin, Ashur Normurodov, Roza Babich, Svetlana Oʻlmasova, Zamira Zayseva, Marina Shmonina, Anvar Koʻchmurodov, Lyudmila Perepeleva kabi taniqli sportchilar yetishib chiqqan.

Adabiyot

  • Normurodov A., Yengil atletika, T" 2002.




Tags:

EstafetaOlimpiada oʻyinlariOʻnkurashYengil atletikaYettikurashZamonaviy beshkurash

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yengil atletikaOzoda NursaidovaDunyoning ishlariOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiMoliya tizimiQon aylanishiFotosintezAdobe PhotoshopAutizmStandartParkinson kasalligiMantiq falsafasiElektromagnit induksiyaShimoliy AmerikaSintaksisXulosa chiqarishOʻpkaNanotexnologiyaOdamSellyulozaLeksikologiyaFargʻona viloyatiIchki sekretsiyaMushukAnqara jangiShanxay hamkorlik tashkilotiNurlanishFuqarolik jamiyatiOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiOsiyo davlatlari roʻyxatiMoliya bozoriFutbol maydoniMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiJismoniy tarbiyaGepatitMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliSugʻurtaAfrikaPedagogik psixologiyaKanadaHamid OlimjonXorazmTermodinamikaOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiSulfat kislotaOʻtkan kunlarMuhammadning ayollariMikroorganizmlarBuddizm tarixiNovda (film)Quyosh tizimiHadisRegiston maydoniMatematikaUchburchakOʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksiSayyoraQadimgi RimTilIchan qalʼaQon bosimiPaygʻambarTemur tuzuklariLorents kuchiIslomMetonimiyaHijriy yil hisobiAFC U-23 Osiyo kubogi 2024Yordamchi soʻzlarSWOT tahliliVirusli gepatitAxborotGoʻdakMantiqiy amallarLola (qoʻshiqchi)Kompyuter tarmogʻiMazmun va shaklRentabellikAbu Ali ibn Sino🡆 More