Soʻz Turkumi Ot: Predmetni bildiruvchi soʻz turkumi

Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri.

U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.

Aniq, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar maʼnosiga koʻra, atoqli va turdosh otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.

Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.

Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida hosil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. Otning takroriy shakli koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor gʻalla.

Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).

Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.

Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, OʻzME kabi.

Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.


Manbalar




Tags:

EgaGapGap boʻlaklariKelishikMiqdorSonSoʻz turkumlariXususiyat

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

EstetikaBozor iqtisodiyotiga oʻtishHasharotlarPedagogikaOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiQisqartma soʻzlarOʻtkan kunlarOʻlmas UmarbekovSaraton (kasallik)VitaminlarQitʼaTishLipidlarQuyosh energiyasidan foydalanishEkosistemaErkin VohidovShum bola (film)Anton ChexovKategoriyalarXamsaMiokard infarktiBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiLolaAleksandrTerminOʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiKonfessiyaEmailIjtimoiy psixologiyaOscar WildeMuhammad Sodiq Muhammad YusufErich Maria RemarqueMehnat muhofazasiZaharlanishFan-texnika taraqqiyotiXalqaro birliklar tizimiOrol dengiziFoydaUfq (trilogiya)Bozor iqtisodiyoti modellariKoreya RespublikasiOlmoshSakrashToshkentKino sanʼatiXaritaOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiAutizmEvolutsiyaIjtimoiy tarmoqOʻzbekistondagi muzeylarUglevodlarKarbon kislotalarXrom (kimyoviy element)Xurshid DavronKahf surasiKelinlar qoʻzgʻoloni (film)Bemorni parvarish qilishAzotOsiyoJinsiy aloqaOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiJinsiy aʼzolarVaqtAbulfayzxon (drama)Toʻgʻri toʻrtburchakAntonimlarBakraTransportNatural sonAnafilaktik shokTogʻlarKarmakdoshlarDasturiy taʼminotIsitmaAbu Rayhon BeruniyBuxoro viloyatiTugʻruq🡆 More