Antonimlar

Antonimlar (anti … va yun.

onoma — ism, nom) — zid maʼnoli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland — past, uzun — qisqa); 2) affik-A. (suvli — suvsiz); 3) sintaktik A. (yuz - bashara).

Antonimlar (zid maʼnoli soʻzlar) — grekcha anti — „zid“, „qarama-qarshi“ onoma yoki onyma — „nom“ degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlar, yaʼni maʼnosi bir-biriga zid boʻlgan soʻzlar antonim deyiladi.

Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha maʼno jihatdan oʻzaro qarama-qarshi boʻlishi kerak. Feʼllardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar baʼzan juft holda qoʻllanib maʼno kengaytiradi yoki maʼno ifodalaydi: tunu kun (har doim). Koʻp maʼnoli soʻz oʻzining har bir maʼnosi bilan ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi, yoki qattiq yer — yumshoq yer; baxil (xasis) odam — saxiy odam.

Bundan tashqari unga sinonim boʻlgan shod, xushvaqt kabi soʻzlarga antonim boʻla oladi. Demak, bir soʻz sinonimik qatorni tashkil etuvchi soʻzlarning har biri bilan atnonim boʻla oladi: baxil — yumshoq, saxiy; tez — sekin, ogʻir; chiroyli — xunuk, badbashara, badburush. Antonimik juftlar koʻchma maʼno ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga koʻchgan), achchiq-chuchuk (otga koʻchgan).

Antonim badiiy nutqda qoʻllanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: yaxshining ehsoniga yomonning boshi ogʻrir. Antonimlarni kel — kelma, bor — borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar feʼlning boʻlishli va boʻlishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil soʻz turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik — yomonlik (ot), uzun — qisqa (sifat), koʻp — oz (ravish), keldi — ketdi (feʼl). Nutqimizda lugʻaviy antonimlardan foydalanish fikrimizni taʼsirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid maʼnoli soʻzlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy sanʼat hosil qilinadi. Bunday sanʼatga tazod sanʼati deyiladi.

Yana qarang

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Axborot resurslari


Tags:

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Ekologik omillarMantiqiy amallarUltratovush tekshirish usuliKoʻzFuqarolarning huquq va burchlariBirinchi jahon urushiBirlashgan QirollikBogʻlovchiTemuriylar imperiyasiTurkiy davlatlar tashkilotiImmunitetGipofizKoinotNerv sistemasiSaudiya ArabistoniElektrolizTojikistonEkologiyaAleksandr PushkinMahalliy davlat hokimiyati organlariArastuHamletYogʻMetallarIshsizlikQadimgi MisrAmerika Qoʻshma ShtatlariOrol dengiziOPECTurkmanistonVolontyorSaida ZunnunovaVaboIqtisodiy islohotlarEtikaXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiGipertoniya kasalligiKoʻrish analizatoriKapitalXorazmOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiKarbon kislotalarAxborotSaturnEiffel minorasiTransportBuxoroAnemiyaLirikaKutubxonaXrom (kimyoviy element)Tahajjud namoziYouTubeIspaniyaAnton ChexovXavfsizlik texnikasiOgahiyTalab va taklifSpirtlarOʻzbekiston Mustaqilligi kuniBozor iqtisodiyoti modellariRadioaktiv parchalanishKoreya RespublikasiSWOT tahliliFargʻona viloyatiSunʼiy intellektFotosintezKoʻkyoʻtalElektron tijoratSintaksisToshkent tarixiIshlab chiqarish harajatlariLionel MessiOʻzbekiston Respublikasi davlat ramzlariYuridik shaxsOvqat hazm qilish tizimiOlimpiada oʻyinlariIjro etuvchi hokimiyat🡆 More